Chizmada kesimlarning joylanishi.
Chizmada kesimlar strelka yo’nalishiga muvofiq ravishda joylashtiriladi.
Kesimlar “chetga chiqaril-gan”, “ustiga qo’yilgan” yoki “qirqim orasida
joylashtirilgan” bo’lishi mumkin.
11.10-chizma
Tasvirdan chetga chiqarilgan kesimlar. 11.9-chizma, a+b da tasvirni
konturdan tashqariga olib chiqilgan qirqim ko’rsatilgan. Chetga chiqarib
tasvirlangan kesim konturi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Kesimi
o’zgarmaydigan uzun buyumning profil kesimida 11.10-chizma v, g dagidek
ko’rsatilishi mumkin. Ya’ni buyumning o’rtarog’i to’lqinsimon ingichka chiziq
bilan ikkiga ajratiladi va ularni orasiga kesim joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |