2. Monografik usul. Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va xar tomonlama o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariya-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ruy bergan baxtsiz xodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
3. Ergonomik usul. Bu usulda mexnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning mexnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
4. Iqtisodiy usul. Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani oldini olishga ketgan xarajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bo‘lib hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori Fuqaro hayoti yoki salomatligiga etkazilgan zarar qoplovi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi tomonidan tartibga solinadi.
Jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar:
1. Ish haqi miqdorida yoki uning tegishli qismi-mehnatga layoqat yo‘qotilish darajasiga qarab pul miqdori to‘lovlari;
2. Qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyasi;
3. Bir yo‘la to‘lanadigan to‘lov puli;
4. Moddiy zarar qoplovidan iborat.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Mehnatni muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz?
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida qonunlarning qo‘llanish sohasini ayting.
Mehnatni muhofaza qilish soxasida davlat siyosati nimalardan iborat?
Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar qanday bo‘lishi kerak?
Mehnatni muhofazasini me’yoriy ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va uning moliyaviy asosini aytib bering.
Qanday usullar va choralar bilan korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash mumkin?
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari haqida nimalarni bilasiz?
Ishlovchilarning mehantni muhofaza qilishga doir huquqlarini ro‘yobga chiqarishdagi kafolatlar nimalardan iborat?
Mehnatni muhofaza qilishga doir qanday qonunlar mavjud?
Mehnatni muhofaza qilishga doir qanday me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi lozim?
Mehnatni muhofaza qilishga doir davlat va jamoatchilik nazoratlari haqida gapiring.
Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha qanday umumiy qoidalar mavjud?
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish va hisobga olishning tartibi nimalardan iborat?
Qanday baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi?
Maxsus tekshirish komissiyasining talabiga ko‘ra ish beruvchi nimalar qilishi kerak?
Baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xisobot va ularning kelib chiqishi sabablari tahlilini aytib bering.
H1 shaklidagi dalolatnomani to‘ldirishdagi bandlarni mazmunini izohlab bering.