Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport


-10 yoshlilarda tezkor - kuch sifatlari va ularning fiziologik qiymati (p =20)



Download 390,5 Kb.
bet14/22
Sana20.06.2022
Hajmi390,5 Kb.
#685726
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida tezkorlikni tarbiyalash

9-10 yoshlilarda tezkor - kuch sifatlari va ularning fiziologik qiymati (p =20)

TESTLAR

Natija

Fiziologik qiymati

NOCH min

YUQCH min

UTS ml

30 mga yugurish

6,7 ±1,9

17.2 ±2.3

78.6 ±3,2

1218,6 ±26.7




31,1 ±4,1

144,0 ±6,1

1342,3 ±29,3

Joydan turib uzunlikka sakrash

145, 2 ±4,6

18.3 ±3.4

77, 4 ± 4.2

1132.0 ±19.3

19,7 ±3,7

86,3 ± 5,1

1149,0 ±17, 7

"Qo‘g‘irchoq" kurashchini 30 sekund davomida "qoqib" tashlash.

4,9 ± 0,8

18.7 ±4.1

79,7 ±5.1

1153.2 ±21.5

34,5 ± 4,7

152,0 ±6,3

1467,3 ± 23,0

Izoh: maxraj - testdan oldin
nisbat - testdan so‘ng
Jadvalda qayd etilgan ko‘rsatkichlardan shuni kuzatish mumkinki, kurash bilan shug‘ullunishni endi boshlagan 9-10 yoshli bolalarda tezkor -kuch sifatlari shu yoshdagi boshqa sport turi bilan shug‘ullunishni boshlagan bolalarnikiga nisbatan ancha sust rivojlanganligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, agar 30 m ga yugurish bizning natijalarimiz bo‘yicha 6,7 s ga teng bo‘lsa, voleybolchi bolalarda - 5,4 -5,6s (Yu.D.Jeleznyak, 1977), gandbolchi bolalarda - 5,6s (V.Ya.Ignat’eva, i soavt., 1983) ga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Joydan turib uzunlikka sakrash ham 9 - 10 yoshli tekshiriluvchilarimizda boshqa yosh sportchilarnikiga qaraganda etarli emas. Buning birdan - bir sababi, fikrimizcha, bolalarni kurash tugaragiga saralab olinayotganda tanlov sinovlarida shugullanish istagini bildirgan bolalar soni ko‘p bo‘lmagan. Demak, tanlab olishga raqobat bo‘lmagan. Shu bilan bir qatorda tanlovda ishtirok etayotgan bolalarga tanlov shartlarini yaxshi tushuntirmaslik yoki testlarni o‘tkazish qoidalarga (sekundomerdan foydalanish, sakrash oralig‘ini aniq o‘lchamaslik, sekundomerni standartga javob bermasligi va hokazo) amal qilmaslik ham ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri olinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, qanday bo‘lganda ham mahalliy mutaxasislar va murabbiylarning fikriga ko‘ra, sport to‘garaklariga bolalar deyarli tanlovsiz to‘g‘ridan - to‘g‘ri qabul qilinaverar ekanlar. Har holda tekshiriluvdan o‘tkazilgan 20 nafar bolalardan olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha statistik qiymati shu bolalarning jismoniy imkoniyatiga hos xususiyatni belgilab beradi deb faraz qilish mumkin Tezkor ~ kuch sifatlarni baholash maqsadida olingan ko‘rsatkichlarning fiziologik qiymatini aniqlash va uni tahlil qilish qayd etilgan faraz taqsiriga oydinlik kiritishi extimoldan holi emas. Kuzatilgan raqamlar talqini shuni ko‘rsatadiki, bolalarni 30 metrga yugurish natijasi 6,7 1,9 s ga teng bo‘lib, bu tezkorlik sifatining fiziologik qiymati o‘ziga hos ko‘rinishga ega bo‘ldi. Chunonchi 30 metrga yugurishdan avvap nafas olish chastotasi bir daqiqada 17,2 martaga teng bo‘lsa, yugurishdan so‘ng so‘ng bu ko‘rsatkich 31,1 martagacha ortdi (farq - 13,9 marta). Demak, bolalar 30 metrga chopish uchun o‘rtacha 13,9 marta, ya’ni sal kam ikki barobar ko‘p 02 qabul qilinib, taxminan shuncha GOg chiqarishgan. O‘pkaning ventilyasion faolligi sezilarli darajada ortgan.
Yurakning qisqarish chastotasi nisbiy tinch holatda 78,6 marta/ daqiqaga teng bo‘lsa, 30 metrga yugurishdan so‘ng yurakni ritmik faoliyati 144,0 martaga faollashdi. Binobarin, 30 metrga yugurishning o‘rtacha pulsometrik qiymati 65,4 martaga teng ekan.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi yugurishdan avval o‘rtacha 1218,6 ml.ni tashkil etgan bo‘lsa, yugurish yakunida bu ko‘rsatkich 1342,3 ml.ga ko‘paydi. Ko‘rinib turibdiki, 30 metrga yugurish natijasi bolalarning tezkorlik sifati yuqori emasligidan darak bersa ham, olingan fiziologik ko‘rsatkichlar shu qisqa yuklamaga organizm keskin aks javob (reaksiya) qaytarganligini isbotladi. Organizmning bunday reaksiyasi shu bolalarda anaerob ish qobiliyatining hali yaxshi shakllanmaganligidan dalolat beradi.
Joydan turib uzunlikka sakrash o‘rtacha 145,2 ± 4,6 sm ni tashkil etdi. SHu testni bajarishdan oldin NOCH 3 marta / daqiqaga teng bo‘lsa, testdan so‘ng 19,7 martaga tezlashdi holos. YUQCH 77,3 martadan 86,3 marta/ daqiqagacha tezlashdi. UTS deyarli o‘zgarmadi (1132,0 - 1149,0ml).
"Qo‘g‘irchoq" kurashchini 30 sekund davomida "qoqib" tashlash testi tekshiriluvchi bolalar uchun maxsus sinov bo‘lib, ularni bu boradagi tabiiy tajribasizligini ko‘rsatdi. Testni bajarish texnikasi talabdan yiroq, tezlik ham ko‘ngildagidek bo‘lmadi. To‘g‘ri, ayrim bolalarda (Asriev, Qo‘ziev, Bobrov) "qo‘g‘irchoq"ni 30 sekund davomida "qoqib" tashlash 7-9 martagacha bo‘ldi. Lekin, o‘rtacha statistik ko‘rsatkich - 4,9 ± 0,8 marta - ushbu malaka hali bolalar tomonidan umuman o‘zlashtirilmaganidan darak beradi. SHunday bo‘lsada bu test - malaka o‘z strukturasi bo‘yicha murakkab koordinatsiyali harakat malakalari tarkibiga mansub bo‘lib, uni tez va samarali ijro etish hatto 3-4 yil shug‘ullangan sportchilarni ham xar doim qo‘lidan kelavermaydi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, 30 sekund davomida 4,9 marta ijro etilgan ushbu malaka - test bolalar organizmiga keskin ta’sir etib, tekshirilgan funksional sistemalar o‘ta faolashishiga sabab bo‘ldi.
Boshqacha qilib aytganda kam hajmli (marta) va past sifatli ish bajarilgan bo‘lsada, uning fiziologik qiymati ancha katta mikdorda ekanligi ko‘zga tashlanadi. Jumladan, NOCH testdan avval 18,7 marta/daqiqa, testdan so‘ng 34,5 marta. Demak, bajarilgan ishning respirator qiymati 15,8 marta/daqiqaga teng bo‘layapti. YuQCH 79,7 - 152,0 marta/daqiqa,O‘TS esa 1153,2 ml - 1467,3 ml. E’tirof etish mumkinki, eng katta fiziologik qiymatga ega ko‘rsatkich maxsus tezkorlikni belgilovchi test-malaka "qo‘g‘irchoq" kurashchini 30 sekund davomida qoqib tashlash mashqiga to‘g‘ri kelayapti.
Fiziologik ma’lumotlardan shu narsa ma’lumki, inson organizmining funksional tayyorgarligi uning jismoniy imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Organizmda qanchalik funksional zahira (yoki bioenergetik potensial) ortiq bo‘lsa, shunchalik ish yuklamasini ko‘tara olish imkoniyati keng bo‘ladi. Lekin, funksional zahira o‘z - o‘zidan vujudga kelmaydi. Aksincha, nasliy mavjud jismoniy sifatlar darajasini imkondan yuqori yuklamalar evaziga muntazam shakllantirish zarur bo‘ladi. SHundagina kutilgan funksional zahira jamgarmasi to‘planadi. Binobarin, bizning tekshiruvimizda ishtirok etgan bolalarning dastlabki jismoniy va funksional potensiali o‘ziga xos darajaga ega. Biz quyida shu jismoniy va funksional imkoniyatni standart (an’anaviy) va maxsus ixtisoslashtirilgan mashqlar yordamida qanday shakllanishi mumkinligini pedagogik tadqiqot natijalari asosida ko‘rishimiz mumkin.

Download 390,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish