Yosh kurashchilarni dastlabki o‘rgatish bosqichida o‘quv jarayoni, shug‘ullanuvchilar yoshi, guruhlar soni, shug‘ullanuvchilar soni, o‘quv mashg‘ulotlarning haftalik va yillik
HAJMI (o‘quv soati).
O‘quv yili
|
Shug‘ulla-nuvchilar yoshi
|
Soni
|
O‘quv soatlar hajmi
|
UJT, MJT va ST bo‘yicha me’yoriy talablar
|
Guruh-
lar
|
Shug‘ul-lanuvchilar
|
Hafta-lik
|
Yillik
|
1
|
10
|
5
|
20
|
6
|
312
|
Qabul qilish va ko‘chirish me’yoriy talablarini topshirish
|
2
|
11
|
5
|
18
|
6
|
312
|
3
|
12
|
4
|
16
|
8
|
416
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki 1,2 va 3 yillari shug‘ullanuvchi bolalar yoshi muvofiq ravishda 10,11,12 yoshga teng bo‘lishi kerak. 1 va 2 yil guruxlar soni 5 tadan, 3 yili esa - 4ta. SHug‘ullanuvchilar soni muvofiq tarzda 20,18,16. Haftalik o‘quv soatlari hajmi -6:6:8, yillik - esa - 312 : 312 : 416. e’tiborli joyi shundaki, o‘rgatish jarayoni chuqurlashgan sari guruhlarda shug‘ullanuvchilar kamayib boradi, haftalik va yillik o‘quv soatlarining hajmi borgan sari ortib boradi. SHu bilan bir qatorda mazkur soatlarning tayyorgarlik turlari bo‘yicha taqsimlanishida yuqorida qayd etilgan charchash, zo‘riqish holatlarini bartaraf etish, ish qobiliyatini tiklash masalalariga alohida urg‘u berilmagan (2- jadval).
2-jadval
3 bosqichli dastlabki o‘rgatish jarayonida tayyorgarlik turlarining o‘quv soatlari bo‘yicha taqsimlanishi (A.M.Dyakin, 1990 bo‘yicha).
T/R
|
Tayyorgarlik turlari
|
O‘quv soatlari
|
1yil
|
2yil
|
3yil
|
1
|
Nazariy tayyorgarlik
|
10
|
10
|
13
|
2
|
UJT
|
90
|
90
|
107
|
3
|
MJT
|
50
|
52
|
71
|
4
|
Texnik - taktik va psixologik tayyorgarlik
|
130
|
132
|
179
|
5
|
Musobaqa tayyorgarligi
|
16
|
16
|
24
|
6
|
Qabul qilish va ko‘chirish sinovlari
|
16
|
8
|
10
|
7
|
Tibbiy ko‘rik
|
-
|
8
|
12
|
JAMI:
|
312
|
312
|
416
|
Yuklama (yuklama), organizmning shu yuklamani ko‘tara olish imkoniyati, charchash, zo‘rikish, ish qobiliyati va uni tiklanish xususiyati kabi tushunchalar bir - biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan atamalar, charchash va zo‘riqish atamalarini vujudga kelish muddatini uzaytirish yoki tiklanish muddatini qisqartirish yo‘llarini izlash va amalga joriy etish ish qobiliyatini shakllanishiga olib keladi. Albatda, buning uchun qo‘llaniladigan jismoniy va texnik - taktik mashqlar hajmi hamda shiddati sportchi rganizmi shu yuklamani ko‘tara olish darajasidan hiyol yuqoriroq bo‘lib, ko‘p yillik trinirovka jarayonida yuklamani oshira borish to‘lqinsimon prinsipga asoslanishi kerak. Qanday bo‘lmasin ushbu jarayonni boshqarish muntazam nazorat qilishni va natijalarni ilmiy tahlil ostiga olishga taqozo etadi.
Ma’lumki uzoq davom etadigan harakat faoliyati sekin - asta ish qobiliyatini susayishiga olib keladi va charchash asoratlari vujudga keltiradi. Bioenergetik resurslar kamayadi, yurak - qon - tomir, nafas olish, mushaklar, MNS faoliyatlari passivlashadi. Lekin, mashqlar oralig‘ida yoki mashg‘ulotlardan so‘ng dam olish natijasida organizmning funksional faoliyati, shu bilan birga ish qobiliyati ham asta - sekin tiklana boshlaydi. Funksional imkoniyat dairasida yoki navbatma - navbat biroz ko‘p va biroz kam (hajm va shiddat jihatidan) beriladigan yuklama, organizmning shu yuklamaga moslasha borishiga olib keladi, ish qobiliyati dastlabki darajasidan orta boradi. SHu bilan bir qatorda katta hajmli va katta shiddatli mashg‘ulotlarni me’yoridan ortiq qo‘llash zo‘riqish, chuqur charchash kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Yuklama (yoki yuklama) deganda muayyan harakat faoliyatining (yoki treniroka mashg‘uloti) hajmi, shiddati, davom etishi va qaytarilish chastotasining organizmga bo‘lgan ta’siri tushiniladi. SHu ta’sir natijasida organizmda yuz beradigan funksional o‘zgarishlar esa shu yuklamaning ta’sir etish darajasini belgilab beradi. Demak yuklamanig "tashqi" ko‘rsatkichlari (hajmi, shiddati va hokozo) va "ichki" ko‘satkichlari (MNS, yurak, qon - tomir, nafas olish va hokozo) mavjud bo‘ladi.
Statik yuklama o‘zining hajmi va shiddati jihatidan organizmning funksional faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Kichik hajmli, katta shiddatga beriladigan statik yuklama, masalan, yurak faoliyatiga keskin ta’sir kiladi. YUrakning ritmik faoliyatini buzadi, uning mushaklarini zo‘riqtiradi, puls va nafas olish tezlashadi.
O‘rtacha yoki katta hajmli va kichik shiddatda ijro etiladigan statik yuklama esa yurak faoliyatini asta - sekin moslashishiga zamin yaratadi.
«Ish qobiliyati» ga shu tarzda yondashish ko‘pchilik tadqiqotchilarga uni keng mazmunli, muayyan xususiyatga ega va ko‘p qirrali tushuncha ekanligini e’tirof etishga imkon yaratdi. (M.I.Volkov, 1972; YU.A.SHpagin, 1974; V.L.Utkin. 1984; N.I.Iroshnikova, 1978; M.L Sa’vin, 1975; A.V.Radionov 1995 va boshqalar).
Sport amaliyotida «ish qobiliyati» sportchining yuksak jismoniy va texnik - taktik tayyorgarligining uyg‘unlashganligini anglatadi. Demak, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishish jismoniy sifatlar hamda texnik va taktik malakalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Har xil sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. SHu musobakalar muddatida qaysi sportchi o‘z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt sakday olsa yoki uni oshira olish «kuchi» ga ega bo‘lsa, unga muvoffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatini sifat va samaradorlik darajasini ko‘p yoki kam vaqt davomida sakdanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor - kuchga bo‘lgan chidamkorlik, sakrashga bo‘lgan chidamkorlik, «texnik - taktik chidamkorlik» va hokozolar) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki ish qobiliyati haqida ran ketganda, ayniqsa so‘z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo‘lsa, masalaning mohiyati va pirovard «magizi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. YA’ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi. Ushbu sifatlarning o‘zaro uzviy bog‘liqligi va ularning yuksak darajadaligi integral natijasi sport mahoratining muayyan takdirini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |