Fakulteti Tarix yo‘nalishi 16. 34 gurux talabasi Qodirov X. ning Muzeyshunoslik fanidan Muzey fondi haqida tushuncha



Download 42,51 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi42,51 Kb.
#68268
Bog'liq
Qodirov X muzeyshunoslik


FARG‘ONA DAVLAT UNIVESITETI
Tarix fakulteti
Tarix yo‘nalishi
16.34 gurux talabasi Qodirov X.ning Muzeyshunoslik fanidan Muzey fondi haqida tushuncha mavzusida

Mustaqil ishi
Qabul qildi Raxmatillaev X

Farg‘ona 2020

Mavzu : Muzey fondi haqida tushuncha



Reja:

  1. Muzey fonditushunchasi

  2. Muzey fondlariniilmiyasosdatashkillashshtirish

  3. Fond ishlariningasosiyyo‘nalishlari

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey funksiyasi bajarilishining muvafaqiyatli bo‘lishi, muzey kadrlarining bilim manbalari va emotsional va madaniy qadriyatlarni, yaxshi bilishga va tashkil etishga bog‘liq ya’ni muzey predmetlarining o‘ziga xosliga va ularning tarixiy jarayonlarni aks etshrishini to‘g‘ri tushuna olish va tashkillashtira olishga bog‘liq. Muzey fondlarini saqlash, tadqiq etish va ilmiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan tug‘ri foydalanish kerak bo‘ladi. Fondlar orqali o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lash mumkin.

Fond ishlarida boshqa yirik davlatlarda bo‘lgani kabi tarixiylik, ilmiylik, xolislik uslubiyatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Tarixiylik prinsipi orqali muzey ashyolari yasamiyatning tarixiy rivojlanishining jonsiz guvohi va natijasi sifatida o‘rganiladi. Tarixiy qonuniyatlarga alohida e’tibor beriladi.

Tarix yo‘nalishidagi muzeylar fondlariga muzey ashyolari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning hujjatlari, ichki va tashqi siyosat, madaniyat tarixiga oid materiallar kiradi.

Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy jarayonlarni kompleks hujjatlashtiradi.1) Moddiy. 2) Tasviriy. 3) Yozma. 4) Fonoyozuv,kinofilm (manbalar).

Muzey uchun nafaqat semantik informatsiya, balki e’tibor jalb qilish, ya’ni attraktiv jihati hamda to‘lqinlantira olish (hayajonlantirish) — ya’ni ekspressiv jihati ham bo‘lishi kerak. Muzey fondlarini ilmiy tashkillashtirish. Muzey fondlari predmetlarning murakkab kompleksi bo‘lib ularning ijtimoiy ahamiyati bir-biridan farqlanadi. Muzey faoliyatida ham ularning roli bir-biridan farqlanadi Muzey fondlarini ilmiy asosda tartibga solish kerak bo‘ladi. Ularning: 1-dan muzey ashyosi ekanligiga; 2-dan ilmiy yordamchi ashyo ekanligiga e’tibor berkladi.

Fondlarni ilmiy tashkillashtirish boshqa tomondan ham katta ax.amiyatga egadir.

Fond predmetlari o‘zaro qarindoshlik belgilari bilan farqlanadi. Ular materiallar turi, tuzilishi, mavzusi, syujeti (yozma, tasviriy manbalar, kinohujjat va fonoyozuvlar) joyi, vujudga kelgan vaqti, avtori alohida shaxsga tegishliligi bilan bir-biriga yaqin bo‘ladi. Fondlarni ilmiy tashkillashtirishda informatsiya qimmati (uning sifati, hajmi) ga ham e’tibor beriladi.

Bir yoki bir necha belgisining o‘xshashligi, ilmiyligi, badiiyligining bir-biriga yaqinligidan tashkil topgan predmetlar muzey kolleksiyalari deyiladi. Masalan ularga o‘zbek va G‘arbiy Yevropa matolari, sharq qurollari, qishloq xo‘jalik qurollari va boshqalar misol bo‘la oladi. Kolleksiyaning muzeyga xosligi uni son va sifatdan to‘laliga bog‘liq. Kolleksiya shuningdek o‘zaro tarixiy jarayonlarning u yoki bu jihatini hujjatlashtirishga ham bog‘liq. Masalan g‘arbiy Yevropa matolari va sharq qurollari O‘zbekistonning chet el bilan olib boradigan alozalarini aks etgarishi kerak. Bir kolleksiyadagi jarayonlar boshqa kolleksiyadagi mazmunni to‘ldirishi kerak.

Fondlarni ilmiy tashkillashtirish ikkita masalani yechadi. Birinchidan, predmetlarning fan va madaniyat uchun ahamiyatini ko‘rsatadi, alohida muzey ishini yuritishda va predmetlarning yuridik jihatlarini tashkillantirishda kerak bo‘ladi;

Ikkinchidan, predmetlarni saqlash, tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabi jihatlarini o‘rganadi.

Muzey fondlari: muzey predmetlari fondi va ilmiy yordam fondiga bo‘linadi. Muzeyda saqlanadigan barcha predmetlar asosiy fond deyiladi.

Muzey fondlari 2 ga bo‘linadi:


  1. Muzey ashyolarifondi;

  2. Ilmiy-yordamfondlari.

Muzey ashyolarifondi.

Asosiy fond vaalmashuvfondigabo‘linadi:



    1. Asosiy fond: kolleksion va dublet fondiga bo‘linadi; Kolleksion fond: yirik va tipik predmetlariga bo‘linadi. Dublet fondigayirikva tipik predmetlarkiradi.

    2. Almashuvfondiga: noyo‘nalishpredmetlarivaortiqcha dublet nusxafondlarikiradi. Noyo‘nalishfondidahamyirikva tipik predmetlarfondikiradiO‘zarobir — birigayaqinpredmetlarvaularnichuquro‘rganishgamaksimalyo‘nalishberaolish, o‘rganish, to‘ldirish, saqlash, foydalanish muzey fondlaristrukturasideyiladi.

  1. Aniqasosdabo‘linadi. Masalan: shisha predmetlarnibirvaqtagingo‘zidahammateriali, hamrangagaqarabbo‘libbo‘lmaydi.

  2. Manbalarniturigaqarabbo‘libbo‘lmaydi.

  3. Fondlargabo‘lishda ular bir-biridanfarqqilishikerak. Misoluchunrasmsolinganpiyolabirvaqtdahammoddiy, hamtasviriymanbagakirmasligikerak.

  4. Misoluchunqurollarsovuqvaportlovchiqurollargabo‘libuninganiqtiplaribo‘linmaydi.

Moddiy, tasviriy, yozmamanbalargafonoyozuvvakinohujjatlargaqarabbo‘linadi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston muzeylarida to‘xtovsiz davom etgan yig‘uv faoliyati tufayli numizmatik, harbiy-tarixiy, etnografik, zoologik, botanika va badiiy xarakterga ega bo‘lgan katta miqdordagi asl muzey ashyolari to‘plandi. Yig‘ilgan muzey materiallaridan fanda foydalanish uchun dastavval ularni muzey xodimlarining o‘zlari o‘rganib chiqishlari taqozo qilinadi, chunki har bir yodgorlikning haqiqiyligi va ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini belgilovchi aniq ilmiy pasporti bo‘lishi lozim.

Barcha mamlakatlarda bo‘lgani singari, O‘zbekistonda ham muzey fondlarini to‘ldirish va ularning ilmiy bo‘lishiga katga e’tibor beriladi.

To‘ldirishning xususiyatlari uning rejali va maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lishida ko‘rinadi. Ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish tabiat va turmushni rejali ilmiy tekshirishning yagona yo‘lidir. Ekspeditsiyalar to‘xtovsiz ravishda yangi materiallar topib turmasa, muzeylarning ilmiy faoliyatini zarur darajaga ko‘tarish qiyin. Kam o‘rganilgan nohiyalarda ish yuritadigan va malakali ilmiy mutaxassislarga ega bo‘lgan ekspeditsiyalar ayniqsa yaxshi samaraga erishadilar. Bunday ekspeditsiyalar o‘tkazishdan oldin muzey fondlaridagi materiallar bilan batafsil tanishilib, adabiyotlar o‘rganiladi, boshqa muassasalar: fanlar akademiyasi, qo‘shni respublikalar akademiyalari ilmiy-tadqiqot institutlariga o‘xshash obro‘li muassasalar bilan zarur koordinatsiyalar amalga oshiriladi. Ekspeditsiyalar institut va muzey xodimlarining byrgalikda ishtirok etishi uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantiradi, eksponatlarni puxta tanlash va ularga ilmiy yondoshishni o‘rgatadi, o‘zaro hamkorlik tajribasini hosil qiladi.

Ekspeditsiya – yig‘uv ishi muzey tomonidan bir necha yilga mo‘ljallab oldindan puxta rejalashtiriladi. Bunday ish rejalari ko‘rgazma vazifalari, ilmiy tadqiqot va eng avvalo, fondlar ahvolini hisobga olish bilan uzviy bog‘liq holda tuziladi. Har bir ekspeditsiya oldidan u bajarishi lozim bo‘lgan ishlarning ilmiy rejasini aks ettiruvchi yig‘uv ro‘yxat-jadvali tuziladi. Etnografiya kolleksiyalarini komplektlashda har bir eksponat ro‘yxatdan o‘tkazilib tekshirilayotgan xalq yoki elat tarixi hamda turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq holda, muayyan vaziyatda o‘rganiladi. Har bir etaografik mavzu yoki hodisa (turar joy, kiyim-kechak, kasbkor, oila va boshqalar) dala sharoiti jarayonida tarixan o‘rganiladi.

Materialni qa’tiy ilmiy asosda tanlash yig‘uv-to‘plov ishining majburiy shartidir. Dala sharoitida eksponat haqida: predmet va uning ayrim qismlari nomlari (tayyorlagan odam tilidagi mahalliy nomi), nima uchun tayyorlanganligi va foydalanganligi, joylashgan rayoni, tayyorlangan vaqti singari barcha ma’lumotlar to‘planadi. Demak, dala sharoitida kolleksiya to‘plash ilmiy-tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Dala sharoitida yig‘uv ishining asosiy shakli bevosita kuzatish, axborot beruvchilar bilan suxbatlar o‘tkazish va materialni ekspeditsion lavha, kundalik fotosurat sifatida ro‘yxatga olishdan iborat. Axborot beruvchi yoki uning joylardagi yordamchilari tomonidan to‘ldirilgan anketadan yordamchi usul sifatida foydalaniladi.

Muzey kolleksiyalarinito‘plashilmiyizlanishsamarasidir. Buyumnimajmuagaqo‘yishuchuninventarkitobigayozishkerak. Ammooldinuningnimaliginianiqlash, mazmuninibilish, haqiqiyligigaishonchhosilqilish, ungato‘liq nom berishlozim. Muzey fondlaridashundaybuyumlarborki, ularnianiqlashvao‘rganishuchunyillabvaqtsarflanadi. Shuninguchunko‘pincha muzey buyumlarshgao‘rganuvchifanni «buyumshunoslik» debataydilar. Buyumniinventarkitobigayozishdanoldinuningmuallifini, materialivatexnikasini, mazmuni, axvolivaqaerdankelganliginibilishlozim.

Navbatdagi bosqich — ilmiy pasportlarni to‘ldirishdir. Bunda buyumlar haqidagi ma’lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharhlar beriladi. Namuna uchun bir necha ilmiy pasportni keltiramiz.

Buyumning nomi — chopon. Inventar nomeri 322, qayd qilish kitobi nomeri 3—1. Bo‘lim nomeri 111. Saqlanadigan joyi - 34-yashik.

Tasviri. Qumrang ip gazlamali erkaklar to‘ni, hunarmandchilik maxsuloti. Asosi va arqog‘i ikki ipdan eshilgan gazlamadan iborat. Choponning etagi, bari va yenglari yo‘l—yo‘l qizil matodan, yoqalari oq xoshiyali havorang chitdan tikilgan. Yoqasining cheti, etaklarivaengining uchi binafsharangipakjiyakdaniborat. Yeng ichiga hamanashundayjiyakningparchasitikilgan. Orqaetagi, barivaengqaytarmasibinafsharangipakhamdaqoraipbilanbaxyalangan. Baxyayirikyirikqavilgan. ChoponQo‘ldatikilgan. Yoqasi mashina usulida fabrika ipidabaxyalangan.

O‘lchami: uzunligi 1,38, yengi — 0,72, qayirmasi — 0,32, etagi - 1,95 sm. Saqlanish darajasi: yangi.

Olingan joyi va vaqti: O‘rta Osiyo muzeyi topshirig‘iga muvofiq M.F.Gavrilov tomonidan tuzilgan predmetlar ro‘yxati. To‘ldirilgan vaqti: 8.11.31 y. Tuzuvchii: M.Bekjonova.

Buyumning nomi — chinni tovoq.

Tasviri: shakli silindirsimon, qirrasi yuqoriga qarab bo‘rttan. Oqfongarangliemalbilan gul solingan. Yuqoriqismizayagorinaqshlarbilanbezatilgan. Ikkiyonidaushlagichuchunikkio‘yiq bor. Satxiqovoqhosiliyig‘ishmanzarasiniaksettiruvchibezaklarbilanqoplangan; birinchimanzarada 3, boshqasida 4 dehqonshakli, ular ustidauchayotgankapalaklar. Quyiqirrasidazangorishakllarmavjud. Tovoqqopqog‘iningustidaitshakliva janr manzarasiaksetgan. Ikkinchitovoqhamhuddibirinchisigao‘xshaydi, lekinundagi janr manzaralariyaltiroqtasvirdaberilgan.

Har ikkala tovoq ham bir xil hajmda: balandligi 143, diametri 165, chuqurlik diametri 130 mm.

Qopqoqlar hajmi har xil: birinchisining diametri 183 mm, balandligi 50 mm; ikkinchisiniki esa 180 mm, balandligi 50 mm. Tagida sulolaning qizil markalari (Daouguan 1821 — 1851 yillar). Saqlanish darajasi: yaxshi.

Olingan joyi va vaqti: Toshkent, Murodovdan 40 so‘mga sotib olingan. Ma’lumotlar manbai: adabiyot materiallari va ko‘p yillik shaxsiy kuzatuvlar. Eslatma: Yevropa bozorlariga chiqariladigan mahsulotlarning xarakterli namunasi.

To‘ldirilgan vaqti: 10.03.1973 y. Tuzuvchi prof.G.N.Chabrov.

Ilmiy pasportlar yozish — ilmiy kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy zaminidir. Bu — muzey ko‘rgazmasida predmetlarni ilmiy asosda namoyish qilish hamda etnografiya, san’atshunoslik, arxeologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilar uchun izoh xizmatini o‘taydi.

Umuman muzey fondlarini komplektlash muzey faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bu ish tez yoki sust sur’atlarda butun muzey faoliyati jarayonida davom etadi.

Zamonaviy muzeyshunoslikda fondlarni komplekt —lashga muzeyning funksiyasi bo‘lgan sotsial axborotlarni to‘plash, jamiyat taraqqiyotini hujjatlashtirishning usuli sifatida qaraladi. Bu amal qilayotgan sotsial muhitdan turli davrga oid va turli maqsadlarga qaratilgan predmetlarni tanlab va ajratib, ularni muzey predmeti sifatida muzey to‘plamiga kiritish yo‘li bilan olib boriladi.

Topib olingan muzey predmetlari muzey to‘plamining yadrosini — muzey fondi predmetini hosil qiladi, va muzeyning butun faoliyatining fundamentiga aylanadi. Bu fondning asosiy qismi mangu saqlashga mo‘ljallab tuziladi.

Komplektlash jarayonida predmetlarning muzey uchun qimmati aniqlana boshlaydi. Buning uchun predmetlarning o‘z axborotlari va predmet amal qilgan muhitdan predmet haqida olingan yordamchi axborotlar o‘rganiladi. Bu predmetlar, yo‘ldosh, davrdosh axborotlar, ularning hayotiy aloqalarini, ular ortida turgan insonlarning o‘zaro munosabatlarini to‘laroq ochishga yordam beradi.

Masalan, kumush samovar o‘zining ko‘rinishi bilan uning nima maqsadga mo‘ljallanganligi, yasalgan vaqti va joyi haqida guvoxlik beradi, lekin uning amal qilish tarixi haqida, uning aynan qaysi oilaga tegashli ekanligi haqida maxsus jalb qilingan qo‘shimcha manbalar ma’lumot beradi.

Yo‘ldosh axborotlar avvaldan qayd qilingan bo‘lishi mumkin (biografik ma’lumotnoma, gazeta qirqimi); shuningdek, komplektlash paytida olinishi mumkin (tanlab olingan milliy kiyimning kiyilish usulini qayd qilish maqsadida suratga olish); yoki olingan materialni o‘rganish jarayonida qayd qilinishi mumkin (tanlab olingan predmetning an’anaviy joylashishi haqida hikoya qiluvchi dexqon chaylasi intererining maketi).

Yo‘ldosh axborotlarni tashib yuruvchi va muzey predmeti kimmatiga ega bo‘lmagan predmetlar, yordamchi — ilmiy materiallar Aondiyai to‘ldiradi. Yo‘ldosh axborotlarning bir qismi og‘zaki formada tushadi (predmetlar egalarining, guvohlarning, avlodlarning ma’lumotlari va u kechiktarmasdan maxsus formadagi hujjatda yozma ravishda qayd qilinadi).

Aytilganlardan xulosa qilib muzey fondlarini komyalektlashga quyidagicha ta’rif berish mumkin.



Fondlarni komplektlash — muzey faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri, jamiyat rivojini hujjatlashtirish jarayonining muxim zvenosidir. U o‘tmishga va hozirgi kunga tegishli bo‘lgan haqqoniy predmetlarni ajratib olish, ularni muzey predmetaga, davrining hujjatiga, mangu asrashga mo‘ljallangan muzey yodgorligiga aylantirish orqali amalga oshiriladi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  • Muzey o‘lkashunoslik praktikasi. T. 1978 yil.

  • Nauchnie ekspozitsionnogo rabota muzeya. M. 1973.

  • Instruksiya po uchyotu I xraneniya muzeyney tsennosti v muzeyney sistemi.

  • Zernova A.B. Organizatsii va sisteme xroneniya muzeynix predmetov pamyatnikov materialnoy i duxovnoy kulturi. Aktualnie problemi fondovoy raboti muzeya. M. 1978. vipusk I. str-108-111.

  • Muzeyning harorat namlik va yorug‘lik tizimi. M. 1971.

  • Klinks K.R. Xudojestvennoe proektirovanie ekspozitsii. M. 1979.

  • Xudojestvennoe oformlenie muzeya. M. 1982.

  • Muzeevednie. Muzei istoricheskogo profilya. M., 1988.

  • Obshestveshshe muzei Uzbekistana. T., 1988.

Download 42,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish