1.2.Movanounnahr miniaturasi san’ati tarixi
Movarounnahr (arabcha-daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (XI asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, XI asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. XI asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.
Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan O’rta Osiyo hududlari, yaʼni, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’iston janubiy qismi tushuniladi. Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy VI asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan.
Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (VII asrning 2-yarmi VIII asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "daryoning pastki tomoni" va "ma varo-annahr" - "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. IX-X asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).XI asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.
Oʻrta asrlarda Sharkda miniaturaning oʻziga xos maktablari shakllangan. Arab miniaturasida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Buxoro, Hindiston qoʻlyozma kitoblarining barcha bezaklari oʻzaro uygʻunlikda bogʻlangan; chiziqli ritm, manzara, ranglarning nozik uygʻunligi ularning bezak tuzilishini belgiladi. Miniatura qoʻlyozma kitoblarning mo’jaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida XII-XIX asrlarda Sharkda keng tarqalgan. Buyuk musavvir sifatida Sharkda Moniydan soʻng Bagʻdodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhur. Shayboniylar va Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatura ishlash va ulardan muraqqa tuzish anʼanaga aylangan, alohida shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga koʻtarilgan. VIII asr boshlarida Buxoroda miniatyura maktabi shakklangan VIII-X asrda ishlangan Buxoro miniatyura maktabiga oid miniatyura asarlari xozrda dunyo muzeylarida saqlanib kelmoqda jumladan Fransyaning Louvre muzeyi da Hamda Amerikaning metropolitan Rossiyaning Ermitaj muzeyida.keyinchalik XIV asr oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura maktabinmng shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan; Amir Temur qurgan bogʻlardagi koʻshklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |