Fakulteti o‘zbek tili



Download 456,86 Kb.
bet26/35
Sana01.01.2022
Hajmi456,86 Kb.
#290363
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

2.2. Topishmoq va tez aytishlarni

o'rganish yo‘llari

Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-

harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga

asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq

turmushi bilan chambarchas bog'liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy

e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo'lgan intilishlari yotadi.

Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. To-pishmoqning javobini

topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o'qish, nimaga ishora qilinayotganligini

fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin

qi-lish bilan ham topishga harakat qilish kerak.

Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og'zaki

ijodining bu janridan darsliklafda ham keng qo'llanilgan. 1—2-sinf „O'qish kitobi" da

topishmoqlar ko'proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad matn

mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf „O'qish

kitobi" da „Kitobga mehr" matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo'lsa tashlama" topishmog'i

keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda

ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o'qish darsliklarida „Topishmoqlar" mavzusi ostida har

xil topishmoqlar ham berilgan bo'lib, ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi,

tafakkurini o'stiradi. 2-sinf “O‘qish”darsligida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib

qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan.

 Osti tosh, usti tosh

O‘rtasida jonli bosh. (Toshbaqa)

 Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,

Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir. (O‘rgimchak)

 To‘rttir uning oyog‘I,

Temir mixli tuyog‘i.

Manzilga yetishtirar,

Toshdan qattiq tuyog‘i. (ot)

 Yorug‘i bor, dovrug‘i bor,

O‘zi yo‘q, ovozi bor. (Momaqaldiroq)

3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib

o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko'nikmalarini hosil qilgan bo'ladi.

Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday

topishmoqlar sho'x, qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi" da „Buni toping,

qizlarim" (G'. G'ulom) topishmoqlari keltirilgan.

O‘tda yonmaydi,

Suvda botmaydi.

Ayoz bobo novvot sotdi,

Olgan edim qo‘lim qotdi.

Osmondan par tushadi,

Par emas zar tushadi.

Eritadi muzni

Qamashtirar ko‘zni.

“Chiq-chiq” ishlab tolmaydi,

Tunda uxlab qolmaydi.

Pichoq kessa qon chiqar,

Po‘choq ketsa don chiqar.

Bolalarni nutqini o‘rgatishda topishmoqlar alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki,

topishmoqlar narsa yoki hodisalarning qisqacha ta’rifi bo‘lib hisoblanadi. "Topishmoq, — deb

yozadi adabiyotshunos M. Abdurahmonov, — narsa yoki voqelik tushunchasini ongli

ravishda yashirishga, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir."

Topishmoqlarda insonning turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning tevarak-atrofdagi narsa va

hodisalar, buyumlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilar ta’riflanadi. Ko‘pincha topish-

moqlarda narsa va hodisalarning hajmi, shakli, rangi, tovushi, mazasi, harakati kabi belgilari

beriladi.

Topishmoq bolalarni obrazli va aniq so‘zlashga o‘rgatishni osonlashtiradi. Topqirlik, aqliy

faollik kabi holatlarini rivojlantirish imkonini beradi.

Maktab yoshidagi bolalar uchun tanlangan topishmoqlar sodda, qisqa va tushunarli bo‘lishi

kerak. Shu bois topishmoqlarni tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, ayniqsa, o‘zga

tilni o‘zlashtirish imkonini hisobga olishi lozim.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan topishmoqlarda narsa va hodisalarning eng

muhim belgilari ifodalanishidan unumli foydalanish zarur. Masalan, hayvonlar haqidagi

topishmoqlarda bunday belgi ularning ovozi hisoblanadi:

Vov-vov deydi, baqiradi,

Tug‘ishganin chaqiradi. (It)

Topishmoqlarni tanlashda, albatta, bolaning tarbiyasi va yoshi hisobga olinishi kerak.

Chunki umrida eshitmagan yoki ko‘rmagan narsasi haqida aytilgan topishmoqni bola hech

qachon topa olmaydi. Shuning uchun ham topishmoqlar asosan, nomi o‘zlashtirib olingan

narsa va hodisalar haqida boradi. Topishmoqlar orqali bolalarning mavjud bilimlari

mustahkamlanadi.

—Topishmoqlar o‘qish darsi mashg‘ulotida o‘tilayotgan mavzuga ham muvofiq bo‘lishi

kerak. Aks holda bolaning diqqati chalg‘iydi va ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi.

Topishmoqlar ustida quyidagi tarzda ish olib borgan ma’qul: topishmoqda ko‘rsatilgan narsa

va hodisa belgilarini tushunib olish, ya’ni tahlil qilish;

—bu belgilarni bir-biriga taqqoslash va umumlashtirish;

- aniqlangan belgilar asosida xulosa chiqarish, ya’ni topishmoqning javobini topish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari topishmoq matni ustida ishlashda quyidagilarga e’tibor

berishi lozim:

1. Ko‘pincha bolalar javob berishga shoshilib, topishmoqni oxirigacha eshitmaydi, uni har

tomonlama batafsil tushunib yetmaydi. Ularning diqqati matndagi birorta belgiga bog‘lanib

qoladi. Xulosani ular faqat shu yagona belgi asosida, qolganlarini e’tiborga olmagan holda

chiqaradilar. Topishmoqni topish uchun muhim bo‘lgan belgi esa e’tiborga olinmaydi. Bunday

vaqtda topishmoqni topish qiyinlashadi.

2. Topishmoq yechishda uning ma’nosini bolalarning yaxshi tushunib olishiga, izchillik va

tartib bilan fikr yuritishiga harakat qilish kerak. Bunda fikr yuritish tartibi quyidagicha bo‘lishi

mumkin:

—umumiy ko‘rinishda nimani qidirishni aniqlash;


—qolgan hamma belgilarni aniqlash;

—taxmin qilinayotgan yechimni keltirish;

—aniqlangan belgilarni birlashtirish;

—xulosa chiqarish.

O‘qituvchi topishmoqlarni ifodali tarzda bayon etadi, bolalar aytilayotgan narsa-

buyumning hamma belgilarini eslab qolishlari uchun matnni qaytaradi. Savollar yordamida

bolalarning e’tiborini belgilarga va ular orasidagi aloqaga qaratish kerak.

Bir narsa haqida turli topishmoqlar aytilishi bolalar lug‘atini boyitish imkonini beradi.

Topishmoq topishni yengillashtirish uchun o‘qituvchi bolalarga topishmoq yuzasidan

quyidagicha savoilar berishi mumkin:

"Topinglar-chi, bu mevami yoki sabzavotmi?

U qaerda o‘sadi?

Bu qanday faslda bo‘ladi?

Bu qaysi hayvon ekan?" kabi. So‘ng topishmoqni ifodali o‘qib, rasmga qarab uning

javobini topishni taklif qiladi. Masalan, "Stolni bezatish" o‘yinida stol tasvirlangan rasm

tanlab olinadi, idishlar hamda oziq-ovqat rasmlari va ular haqida topishmoqlar tayyorlanadi.

Topishmoqqa javob bo‘lgan rasmni bolalarning o‘zlari tanlaydilar. Topishmoqni rasmga qarab

topish uni topishda yordamchi savoilar berish yaxshi samara beradsh Ba’zan fasllarga bog‘liq

she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham o‘rgatib borish kerak. Yuqorida aytilganidek,

bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talafruz qilishga, topishmoqlar orqali ularning fikrlash

qobiliyatini o‘stirishga erishiladi. O‘quvchilarga:

Qishin-yozin bir xil kiyimda (Archa);

U tushganda dala-qir,

Kuladi qiqir-qiqir (Yomg‘ir) —

kabi kichik va qiziq topishmoqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.


Download 456,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish