Termodinamik va iqtisodiy kattaliklar o’rtasidagi o’xshashlik
Fizik kattalik nomi
|
Belgisi
|
O’lcham i
|
Iqtisodiy kattalik nomi
|
Belgisi
|
O’lcham i
|
|
|
Mexanik ish
|
A
|
Joul
|
Asosiy resurs
|
M
|
Pul
|
Energiya
|
Ye
|
Joul
|
Resurs zahirasi
|
N,M
|
Pul
|
Temperatura
|
T
|
Gradus
|
Resursni baholash
|
R
|
Pul/don a
|
2-jadval
Belgi- lar
|
Fizik kattalik
|
Iqtisodiy kattalik
|
Ne
|
Spini "past"ga yo’nalgan elektronlar
|
Pul
|
Ne
|
Spini "yuqori"ga yo’nalgan elektronlar
|
Tovar (aksiya yoki valyuta)
|
N
|
Spini "past"ga yo’nalgan atomlar
|
Xaridorlar
|
N
|
Spini "yuqori"ga yo’nalgan atomlar
|
Sotuvchilar
|
J
|
Almashish
|
Likvidlik (tovar almashish)
|
W
|
Tartibsizlik
|
Volatillik (xaos)
|
|
Teshiklar konsentrasiyasi
|
Bozorning siyraklanishi
|
p
|
Elektronlar konsentrasiyasi
|
Bozor resurslarining konsentrasiyasi
|
A
|
Antiferromagnetik
|
Turg’un (stabil) bozor
|
F
|
To’yingan ferromagnetik
|
Turg’un bo’lmagan bozor
|
SF
|
To’yingan ferrimagnetik
|
Real bozorning bo’lmasligi
|
Fizika va iqtisodiy tushunchalar o’rtasidagi o’xshashlik
3-
jadval
Moliya bozori bilan qattiq jism obyektlari va subyektlari o’rtasidagi o’xshashlik
Ma’lumki, iqtisodiyot ham, jamiyat ham rivojlanuvchi dinamik sistemadir. Jamiyat iktisodiyotining rivojlanishi — bu konuniy yo’naltirilgan, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi bilan munosabatlarning sifat jihatdan o’zgarish formasidir.
Rivojlanish nazariyasi iktisodiyotning o’zgarish sifatini hisobga oladi.
Iqtisodiyot, jumladan, tovar-pul xo’jaligi dinamik sistema hisoblanadi. Dinamik sistemalar holat tenglamalar orkali xarakterlanadi. Tovar pul xo’jaligining asosiy xarakteristikalari eng sodda holda molekulyar fizikada va termodinamikadagi Mendeleyev-Klapeyron tenglamasiga aynan o’xshash bo’ladi:
PV=MT (1)
Bu yerda R — tovar baxosining da-rajasi; V— sotishga chiqarilgan tovar xajmi; M
— muomalada pul mikdori (massa); T — pulning aylanish tezligi. Bu tengamani real xo’jalikka to’la qo’llab bo’lmaydi. Bu holda real gaz uchun Van der Vaals tenglamasiga o’xshash tengama paydo bo’ladi:
V 2
Bu yerda
a - tovar birligi bahosining to’lanmagan qismi, a va b real tovar
V 2
pul xo’jaligiga tegishli bo’lgan tuzatmalardir.
Bunday misollarni juda ko’plab keltirish mumkin.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda fizika qonunlarini iqtisodiyotda ko’llashga bag’ishlangan yangi yo’nalish — fizik-iktisodiyot paydo bo’ldi. Lin-den Larush "Fizicheskaya ekonomika kak platonovskaya epistemologicheskaya osnova otrasley chelovecheskogo znaniya" (Moskva, 1997 g.), D.S.Kontorov, N. Mixaylov "Osnovы fizicheskoy ekonomiki" (Moskva, 1999 g.) kitoblarini chop etdi. Bu kitoblarda fizikaning iqtisodiyotda qo’llanilishi bo’yicha juda ko’p materiallar bor. Bu fan bilan shug’ullanuvchilar yildan-yilga ortib, internet saytida "Bozor fizikasi" bo’yicha minglab ishlar berilgan. Moskvada chikadigan Rossiya fanlar akademiyasining "Voprosы ekonomiki" jurnali tabiiy-ilmiy fanlarning iktisodiyotda qo’llanilishi bo’yicha maxsus bo’lim tashkil qildi. 2008 yili Polsha (Poznan shaxri)da fizik iqtisod bo’yicha xalqaro konferensiya o’tkazildi.
AQShda chiqadigan "Physics today" («Bugungi fizika»)ning 1997 yil yanvar sonidagi "Fiziklarni bozor iktisodiyoti yutmokda" maqolasida fiziklarning juda ko’pchiligi birjalarda, brokerlik firmalarida va boshka turli xil ofislarda
ishlayotganligi haqida ma’lumot keltirilgan. Unda ta’kidlanishicha, fiziklar matematiklardan farqli o’laroq, bunday fond birjalariga o’tib ketishi fiziklarga xos bo’lgan real jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishi, fizika qonunlarining universal ekanligini namoyish qilishi tufaylidir.
Bundan tashqari, fiziklar opsion bahosining vaqt bo’yicha o’zgarishining ehtimol zichligini hisoblaydigan Blek-Shames tenglamasi, Braun harakati uchun chiqarilgan Eynshteyn-Smoluxovsiy tenglamasi yoki fazoviy o’tish atrofidagi fluktuasiyani aniqlaydigan Landau-Ginzburg tenglamasi bilan umumiy ekanligi, bu-keyingi ikki tenglamadan birinchi tenglama kelib chiqishini ko’rsatib berdi. Bu esa iqtisodiyotni ko’tarishga yordam beradi.
E’tiborlisi, fiziklardan Andre Duka "Evolyusiyaning umumiy nazariyasi yoki Bozor fizikasi" (2004 yil) kitobida bozorni fizik obyekt, birjani esa bu obyektning parametrini o’lchaydigan asbob, deb qaraydi. Shuningdek, bu kitobda har qanday jamoat parametri, shu jumladan, fond bozorini ham fizika qonunlari asosida tushuntirib beradi. Bahoni moddiy nuqtaning koordinatasi, bahoning o’zgarishini esa zarrachaning harakati deb qarab, klassik va kvant mexanika qonunlarini qo’llash orqali turg’un va dinamik iqtisodiyot qonunlarini keltirib chiqaradi. Baho va boshqa parametrlarni ilmiy bashorat qilish mumkin deb, investisiya va texnik analizni amaliy fizikaning yangi sohasi deb hisoblaydi. U o’z natijalarini umumlashtirib materiya hosil bo’lishining evolyusiya qonunlarini yangicha tushuntirishga urindi. Evolyusiya jarayoni fakat biologiyaga tegishli bo’lmasdan, iktisodiyot va boshka fanlarga xam taallukli ekanligini ko’rsatib berdi. Misol sifatida Ch.Darvinning turlarning hosil bo’lishi nazariyasi bilan lazer nurining hosil bo’lishi, moddaning va hayotning paydo bo’lishi bitta qonun — evolyusiya qonuniga bo’ysinishini isbotladi. Bu esa bozor fizikasini asoslab berdi.
Nobel mukofoti sovrindori Marris Alle Jenevadagi Xalqaro iqtisodiy taraqqiyotlar institutida o’qigan ma’ruzasida "Iqtisodiyot o’zining uslublariga matematika, fizika va kompyuter metodlarini tatbiq etgani tufayli haqiqiy fanga aylanganligini aytib o’tadi. Bunday integrasiyalashuv ijobiy jarayonlarni yuzaga
keltirdi.
Hozir jahonning yetakchi universitetlari fizik-iktisodiyot bo’yicha mu-taxassislar tayyorlamokda. Bitiruvchilarga va ularga bo’lgan extiyoj, iktisodiyot va bank akademiyalari bitiruvchilariga bo’lgan talabdan yuqori darajada oshib ketayotganligi kuzatilmoqda. Bundan o’zaro uyg’unlashib borayotgan bir davrda iqgisodchi-mutaxassislar uchun fizika qanchalik zarur ekanligini anglash mumkin. Shu o’rinda marketingda tovar strategiyasiga bog’liq fizikaviy tushunchalarni keltiramiz. Marketingda tovar strategiyasi-iste’mol qiymatiga ega va ma’lum ehtiyojni qondirishga xizmat qilagan hamda bozorda sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli sifatida o’rganiladi. Marketing tovarlarni eng avvalo ikki guruhga bo’ladi:
Yakka tartibda insonning shaxsiy iste’mol uchun foydalaniladigan tovarlar.
Ishlab chiqarishga oid tovarlar.
Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlarni esa o’z navbatida quyidagilarga ajratish mumkin: uzoq foydaniladigan tovarlar, qisqa muddatlarda foydaniladigan tovarlar, turli xizmatlar, esklyuziv xilli tovarlar.
Uzoq foydaniladigan tovarlarga inson ihtiyoji uchui ahyon-ahyonda xard qilinadigan tovarlar:muzlatgich, televizor, mebel, avtomobil va boshqalar kiradi. Bularni iqtisodiy jihatdan narx-navosini, fizikaviy jihatdan esa ularning tuzilishi va sifatini bilish fizika va iqtisod fanlarini o’qitishda integrativ yondoshuvni talab etadi.
Eng ko’p manzur bo’ladigan ishlab chiqarishga oid tovarlar jahon bozorlarida quyidagi xillarga bo’linadi:
Biotibbiyot uskunalari;
Kompyuterlar va periferik qurilmalar;
EHM dastur ta’minoti;
Qurilmalarni sinab ko’rish uchun elektron uskunalar va qurilmalarning o’zi;
Poligrafiya texnikasi;
Radioelektronika apparati tarkibiy qismlari;
Yuqori aniqlikdagi metallni qayta ishlash uskunalari;
Oziq-ovqat mahsulotlari uchun uskunalar;
Upakovka mashinalari;
Texnologik havo va suyuqlikni tozalaydigan qurilmalar;
Atrof-muhitni himoyalash uchun uskunalar;
Tajribaxona (laboratoriya) uskunalari;
Aloqa apparatlari (yo’ldoshlar, antennalar);
Qurilish materiallari;
Qurilish uskunalari;
Qishloq xo’jalik mashinalari.
Standartlarda har bir turdagi tovarning xususiyatlarini miqdor jihatdan ifodalaydigan sifat ko’rsatkichlari beriladi. Miqdor va sifat atamalari fizika va iqtisod fanlariga birday tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |