Fakulteti fizika yo’nalishi umumiy fizika va magnetizm kafedrasi


O’quv fanlarining funksional vazifasi va integrasiyalash



Download 150,79 Kb.
bet11/22
Sana26.02.2022
Hajmi150,79 Kb.
#468410
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
40507-converted

O’quv fanlarining funksional vazifasi va integrasiyalash


Hozirgi davrda fan va texnikaning rivojlanishi natijada fizikaviy kimyo, kimyoviy fizika, geofizika, biofizika singari o’nlab kompleks fanlar vujudga kelmoqda. Bu esa yuqori malakali kadrlarlar tayyorlash va yangi-yangi kasblar paydo bo’lishiga olib keladi. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan ilmiy bilimlar ko’lami har 10 yilda ikki martaga ko’paymoqda. Shunga monand tabiiy-ilmiy fanlar mazmuni murakkablashib, o’quvchilardan talab qilinayotgan bilimlar ko’lami yildan-yilga orta bordi. Buni ta’limda hisobga olishning birdan-bir yo’li o’quv fanlari sonini va unga hamohang dars soatlari miqdorini ko’paytirish deb bilindi. Natijada, vujudga kelgan o’rinsiz zo’riqish, toliqishdan ta’lim-tarbiya jarayoni murakkablashib o’quvchilar bilimi sifatiga salbiy ta’sir eta boshladi. Bu holatni bartaraf etish usullaridan biri ta’lim mazmunini integrasiyalash ekanligi ayon bo’lib qoldi. Bu esa turli o’quv fanlariga xos bo’lgan tushuncha va malakalarni umumlashtirish, ularni birikma holiga keltirishni talab etadi.
Ilmiy bilimlar differensiasiyasi va integrasiyasi jarayonlari birgalikda mavjud bo’lib, ular dunyoni bilishning turli shakllari hisoblanadi. Ulardan birinchisi ilmiy bilimlarni bir necha mustaqil fanlar doirasida differensiasiyalashga yo’naltirilgan bo’lsa, ikkinchisi ilmiy bilimlarni turdoshlik xususiyatlari va mohiyatlari bo’yicha bitta fanga omuxtalashtirishga, ya’ni integrasiyalashga yo’naltirilgandir. Masalan: “Geografiya o’zaro chambarchas bog’langan fanlar kompleksidir. Bu kompleks ikki katta bo’limga-tabiiy geografiya va iqtisodiy geografiyaga bo’linadi. Bu o’rganish obyekti asosida bo’linishdir: birinchisi (tabiiy geografiya) tabiatni o’rganadi va tabiiy fanlar qonuniyatlariga tayanib ish ko’radi; ikkinchisi (iqtisodiy geografiya)ning predmeti jamiyat-aholi, ijtimoiy ishlab chiqarish va ularning joylashishidir; u ijtimoiy hodisalarga xos bo’lgan va ijtimoiy-iktisodiy fanlar tekshiradigan qonuniyatlarga asoslanadi” [15].
Differensiasiya va integrasiya tushunchalari yaqin 10-15 yil oldin ilmiy doiralarda kam ishlatilgan bo’lsa-da, ular ta’lim-tarbiya jarayonida turli darajada istifoda qilinar edi.
Kundalik hayotda, xususan, tevarak-atrofimizda yuz berayotgan tabiat
hodisalarida, fan-texnika, ishlab chikarish va maishiy xizmatning barcha jabhasida integrasiyalashmagan faoliyat, jarayonni tasavvur kilish kiyin. Ular mohiyatiga ko’ra ilmiy bilimlar integrasiyasidir. Demak, integrasiya hayotiy ehtiyoj bo’lib, bu jarayonsiz o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fan-texnika, ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko’rsatish sohalari rivojlanmaydi. Shu bois «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa davlat xujjatlarida ta’lim mazmuniga integrativ yondashish alohida qayd kilindi.
30-yillarda shakllanib, hanuz amal qilinayotgan an’anaga muvofiq tabiiy-ilmiy bilimlar asosi umumta’lim maktablarida o’qitiladigan fizika, kimyo, biologiya, tabiiy geografiya, astronomiya kabi alohida o’quv fanlari zamirida o’rga-nilib kelinmokda. Ilmiy bilimlarni o’rganish endilikda 23 ta o’kuv fani orqali amalga oshirilmokda va ular soni yanada ko’paymoqsa. Tabiiy-ilmiy bilimlar asosini yuqoridagidek bir necha fanlarga taqsimlab o’kitish o’quvchilarning alohida o’quv fanlarini chuqur o’rganishiga, oliy o’quv yurtlariga kirib olishiga, bitirishiga va turli sohalarda mutaxassislar yetishib chiqishiga xizmat kildi. Lekin tabiiy-ilmiy bilimlarni differensiyalashgan holda o’rganish hayot mohiyatini anglashga, mikro va makro olamni idrok etishga, tabiatning yaxlitligi va unda insonning o’rni, insoniyat oldida turgan ulkan muammolarni tasavvur kilish hamda uning yechimiga kompleks yondashishda qiyinchilik tug’dirdi, ilmiy dunyoqarash tarkib topishini murakkablashtirdi. Bu muammolarni o’rta umumta’limda «fanlararo bog’lanish» deb ataluvchi yo’l bilan hal etishga urinish ijobiy natija bermadi. Chunki aksariyat o’qituvchilar o’z fani doirasida yetarli darajada bilimga ega bo’lsa-da, ammo fizika o’qituvchisi tarix, biologiya va geografiyani, geografiya o’qituvchisi esa fizika, kimyo, biologiya va astronomiyani yetarli darajada bilmaydi. Shu bois, har bir o’qituvchi fanlararo aloqa usulini qo’llar ekan, avvalo, u o’quv-chilarda o’z fani doirasida ko’proq tushunchalar hosil qilishga intiladi. Natijada, o’rganilishi zarur bo’lgan asosiy obyekt — inson va tabiat, xususan, ular o’rtasidagi munosabatlar yaxlit holda emas, balki turli fan nuktai nazaridan talqin qilinib, aloqadorlik xususiyatlariga kam e’tibor berildi.
Holbuki, xorijiy mamlakatlarda tabiiy-ilmiy bilimlar integrasiyalashgan, ya’ni birikma kurs tarzida o’kitiladi. Masalan, AQShda 16-17 yoshgacha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada 14-16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar tabiiy- ilmiy bilimlarni yaxlit birikma o’quv fani orqali o’rganadilar. Fizika, kimyo, biologiya, geografiya kabi tabiiy fanlarni yuqori sinflardagina alohida o’quv fani sifatida tanlab o’qiydilar.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga binoan umumiy o’rta (tayanch) ta’lim to’qkiz yil kilib belgilandi [7]. Umumiy o’rta ta’lim maqsadidan kelib chiqib, to’qqiz yillik maktabning bitiruvchilari tabiiy fanlardan ma’lum darajada tugallangan bilimga ega bo’lishlari kerak. Buni maktabning uchinchi bosqichi (10-12 sinflar)da o’qitiladigan fizika, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisod, o’quv fanlarining tuzilishi va mazmunini to’g’ridan-to’g’ri to’qkiz yillik maktabga ko’chirish, deya tushunilmaslik lozim. Aksincha, to’qqiz yillik maktabda beriladigan ta’lim mazmunining murakkab kismlari u yoki bu yo’nalishdagi kollej yoki akademik liseylarda o’rganilib, to’qkiz yillik umumiy o’rta ta’limda esa o’quvchilarning kundalik hayotiy faoliyatida zarur bo’ladigan ko’nikma va malakalarni egallash, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, xususan, akademik lisey va kollejlarda o’qishni davom ettirishlari uchun zamin bo’ladigan bilimlar beriladi. Ta’lim va tarbiya mazmunini belgilashda, xususan, o’quvchilarga o’qitiladigan tushunchalar mikdori va ularni qay darajada chuqur o’rgatilishini hamda turmushning turli jabhalarida amaliy faoliyat yuritish uchun asqotadigan bilim, ko’nikma, malakalar va ularni qanday darajada shakllanishini Davlat ta’lim standarti (DTS) me’yorlaydi.
Maktabda har bir o’quvchi muayyan tushuncha mohiyatini bir yoki bir necha fanlarni o’rganish jarayonida bilib oladi. Bu ham o’quv fanlarini integrasiyalash mumkinligini tasdiqlaydi. O’quv fanlarini integrasiyalashda ular funksional vazifalarining mushtarakligi-yaqinligi hisobga olinadi. Xorijlik mutaxassis (V.S.Setlin, S.I.Vыsoskaya)larning tadqiqotlariga ko’ra, fizika, kimyo, biologiya, iqtisod kabi o’quv fanlari o’quvchini fan asoslari bilan birmuncha mukammal
kurollantiradi. Ammo shunday o’quv fanlari ham borki, ular fanning muayyan tushunchalarinigina ifodalaydi, jumladan, chet tillar, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, shuningdek, matematika singari o’quv fanlarida fan asoslari mukammal tizim darajasida emas. Chizmachilik, mehnat ta’limi singari o’quv fanlari esa turli o’quv fanlarining “ko’makchisi”dir. Bunday turkum o’quv fanlari funksiyasida muayyan faoliyat uchun zarur ko’nikma va malakalar tarkib toptirish ustuvorlik kiladi.
Fan asoslari bilan qurollantirish funksiyasi ustuvor bo’lgan fizika, biologiya, ximiya o’quv fanlaridan farkli o’laroq, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, adabiyot, iqtisod, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, Vatan tuyg’usi singari o’quv fanlarida tarbiyaviy funksiya ustuvorlik kiladi. Bu o’quv fanlar mazmuni ko’proq o’quvchining dunyoqarashini shakllantirishga, vatanparvarlik tuyg’usini mustahkamlashga, axloqiy-estetik, siyosiy-huquqiy, iqtisodiy jihatdan tarbiyalashga yo’g’rilgan. O’quv fanlari funksiyalarini aniqlash bo’yicha izlanishlar davom etmoqda. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti” va boshqa me’yoriy xujjatlarda ta’lim mazmunini integrasiyalashga e’tibor kuchaygan [7]. Umumiy o’rta ta’limning uch bosqichli bo’lishi munosabati bilan tayanch ta’lim beruvchi II bosqich (V-IX sinflar)da integrativ kurslar joriy etish imkoniyati ko’paydi. Ammo integrativ predmetdan dars beradigan malakali o’qituvchilar tayyorlash muammosi amaliy yechimini topgunga qadar hamda II bosqichning yuqori sinflarida fizika, kimyo, geografiya, iqtisod va biologiya predmetlarida birmuncha murakkab laboratoriya ishlari yoki amaliy topshiriqlar mavjudligidan bu predmetlarning «qorishmasi»dan iborat integrativ kurslarni hozircha asosiy maktabning V-VII sinflaridagina joriy etish maqsadga muvofiqdir. Bunda qaysi fanlarni birikma kursga aylantirish, qaysi o’quv fanini qisqartirish va, nihoyat, o’quv rejani qanday o’zgartirish muammolari ilmiy yechimini topishi kerak.
Fandagi integrasiya va differensiasiya jarayonlari ta’lim tizimida biri
ikkinchisini inkor qilmaydi, balki ularning har ikkalasi ham Davlat ta’lim standartlari me’yorlari asosida o’quvchilarning o’zlashtirishlari zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar hajmini ifodalaydi.
Integrasiya tushunchasining mohiyati o’quv predmeti darsligida blokli va tadrijiy usulda o’z ifodasini toptan. Unda tabiat nafaqat insonni o’rab turgan borliq, olam sifatida, balki inson bilan uzviy bog’liq bo’lgan yashash imkoni tarzida talqin qilingan.
Umuman, ta’limni qayta qurishning shoh yo’nalishlari siralaridan hisoblanmish integrasiya talabiga aynan mos dastlabki integrativ darslik yaratilishi mamlakat uzluksiz ta’lim tizimida muhim voqyeadir. Umumiy o’rta ta’lim tizimidagi o’quv predmetlarini integrasiyalashtirish pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunida ba’zi o’zgarishlarni taqozo qiladi. Bu, avvalo, o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga taalluqli bo’lib, unga ko’ra bo’lg’usi o’qituvchi (talaba)lar birikma fanlar mohiyatini institutdayoq chuqur anglab yetmoqlari darkor. Zero, o’qituvchi tayyorlab beradigan oliy o’quv yurtlari uchun ham integrativ kurslar tuzish va o’qitish bilan bog’liq ilmiy tadqiqotlarga kirishish ayni muddao. Ayniqsa, pedagogika oliy o’kuv yurtlari bakalavriat bo’g’ini talabalariga mo’ljallangan integrasiyalashtirilgan o’quv qo’llanmalar va darsliklar yaratish lozim bo’ladi. Shu jihatdan biz tomonimizdan tayyorlangan ilmiy ishni ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisobdanadi.

Download 150,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish