1-bob bo’yicha xulosa
Umumta’lim maktablarida fizikaning iqtisod fani bilan integrasiyasining ilmiy- nazariy jihatlari o’rganildi. Bunda:
integrallashgan bilimlarni shakllantirish tamoyillari;
-o’quv jarayoniga olib kirilishi lozim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar;
-ilmiy bilimlarni bir necha mustaqil fanlar doirasida differensiasiyalashga yo’naltirish;
ilmiy bilimlarni turdoshlik xususiyatlari va mohiyatlari bo’yicha bitta fanga omuxtalashtirish;
moddiy olam, tabiat dialektikasi asosida fizikadan o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish kabi masalalarning mazmuni va ularning o’quv jarayonida ifodalanish yo’llari aniqlandi.
Umumta’lim maktablarida fizikaning iqtisod fani bilan integrasiyasining mazmuni va o’quv jarayonida foydalanishning hozirgi ahvoli tahlil qilindi.
BOB UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA VA IQTISOD FANLARINI O’QITIShDA INTEGRATIV METODDAN FOYDALANISh USULI
Fizika va iqtisod fanlarini o’qitishda integrativ yondashuv
Turli sohalarga oid zamonaviy bilim va tajribani o’quvchilarga yetkazib berishda ilg’or innovasion texnologiyalar, fandagi erishilgan yutuklar va yangiliklardan unumli foydalanish, pirovardida malakali yetuk kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi. 2011 yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” munosabati bilan fidoyi mualliflarimiz — fizika-matematika fanlari doktori, professor O. Quvondiqov, iktisod fanlari nomzodi, dosent Sh. Quvondiqov fizika va iktisodiyot mavzusini yoritish asnosida kator takliflarni o’rtaga tashlagan. Nima uchun bugungi kunda fiziklar iqtisodiyot bilan shug’ullanmoqda? Sirasini aytganda, so’nggi yillarda ro’y berayotgan voqyealar juda ko’p professional iktisodchilar uchun kutilmagan natijalarni olib keldi. Buning sababi jamiyat va iktisodiyotda ro’y berayotgan murakkab jarayonlarning kelib chiqishini tushuntirish tabiiy fanlar tilida amalga oshirilmokda. Quvonarlisi, hozirgi kunda barcha olimlar ko’plab fan vakillari bilan muloqot qilishga uringan holda turli xil fanlar chegarasida yotuvchi umumiylikni izlamokda. Masalan, qiymat nazariyasini olaylik: aslida bu nazariyaning asosida kapital energiya yotadi. Tanikli fizik J. Bernal energiyaning mohiyatini kuyidagicha tushuntirgan edi: "U juda ko’p fanlarni birlashtiradi. Butun insoniyatning faoliyati - sanoat, transport, yoritish, ovqatlanish va nihoyat, hayotning o’zi ham bitta yagona termin — energiya bilan bog’liq. Energiya valyuta fizikasida ham o’zining ifodasini topgan. “Termodinamik va iktisodiy sistemalar o’rtasidagi o’xshashlik (1-jadval), “Fizika va iqtisodiy tushunchalar o’rtasidagi o’xshashlik” (2-jadval), “Moliya bozori bilan qattiq jism obyektlari va subyektlari o’rtasidagi o’xshashlik” (3-jadval) lar jadvallarda keltirilgan
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |