Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo'lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo'lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo'naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib ishlab chiqarish sohalariga ustunlik beriladi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlaiishida ularni tarkibiy jihatdan qayta qurish ham ko'zda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo'lgan, butun xalq xo'jaligining rivojlanish tamoyillari belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ro`y berayotgan tub o`zgarishlar moliyaviy siyosatni, jumladan fiskal siyosatni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirmoqda. Chunki, davlat fiskal siyosati davlat byudjet siyosatini bir qismi bo`lib hisoblanadi va soliq siyosati bilan chambarchas bog`liqdir. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta`kidlaganidek, “Iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlangan hamda iqtisodiy barqarorlikka erishgan islohotlarni hozirgi davrda davlat moliyasi va ayniqsa byudjet tizimi barqarorligini mustahkamlash muhim strategik vazifa hisoblanadi” . Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash bo`yicha har tomonlama chuqur o`ylangan, uzoq istiqbolga mo`ljallangan iqtisodiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishi, aholining turmush darajasi izchil oshib borishi uchun mustahkam hamda ishonchli poydevor yaratilganligini ta`kidlash lozim. Respublikamizda bozor munosabatlariga o`tishning ilk bosqichida ishlab chiqarishning qisqarishi, aholi turmush darajasining pasayishi, pulning qadrsizlanishi va boshqa qator ziddiyatli xususiyatlarga ega bo`lgan ijtimoiyiqtisodiy inqiroz davriga to`g`ri keldi.Ma`lumki, bunday sharoitda asosiy og`irlik davlat byudjeti zimmasiga tushadi. Shu sababli fiskal siyosatni amalga oshirishda mohirlik talab qilinadi. O`sha davrlarda amalga oshirila boshlangan oqilona fiskal siyosat natijasida bugungi kunga kelib bir qator yutuqlarga erishdikki, shulardan biri mamlakatimizda byudjet ijrosini profitsit bilan ijro etilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |