Misol uchun, muassasaning tozalash vaqti uning maydoni kattaligiga chiziqli ravishta bog’liq (Θ(S)), ya’ni maydon kattaligining n marta ortishi bilan uni tozalash vaqti ham n marta ortadi. Telefon daftarchasidan ismni qidirishda agar chiziqli qidirish algoritmidan foydalanilsa, O(n) chiziqli vaqtni talab etadi. Agar ikkilik qidiruvdan foydalanilsa, u holda (Ο(log2(n))) yozuvlar soniga logarifmik bog’liq bo’ladi.
Biz O – funksiya bilan ko’proq kuzatuvlar olib boramiz. Keyingi kuzatishlarda algoritmlarning murakkabligi yuqori asimptotik chegara bilan beriladi.
Asimptotik tahlilning muhim qoidalari:
O(k*f) = O(f) – doimiy ko’payuvchi k (konstanta) tashlab yuboriladi, chunki doimiy kirish ma’lumotlarining ortishi bilan uning ahamiyati yo’qoladi, masalan:
O(9,1n) = O(n)
O(f*g) = O(f)*O(g) – ikkita funksiya ko’paytmasining murakkabligini baholash ularning murakkabliklari ko’paytmasiga teng, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: