Ustuvor navbatlarni piramidada qurish
Piramidaning muhim ustunligidan biri undagi qiymatlardan maksimali uning uchida joylashgan bo’ladi. Piramidaning qayta tiklash up() va down() amallari ko’chishlar sonini piramidaning uchidan oshmagan holda amalga oshiradi, bu esa ustuvor navbatlarni samarali qo’llashga imkon yaratadi.
Avvalo, bu qo’llash elementning tuzilmasini (chunki element faqatgina prioritetni emas balki qiymatni ham o’zida saqlaydi) tavsiflashni va piramidani hosil qiluvchi massivni e’lon qilishni talab qiladi. Piramidani qayta tiklash amallari priority maydonini solishtirishi lozim. Navbatning elementlari sonini saqlash uchun konstruktorda 0 qiymati bilan tashkil qilinadigan alohida size o’zgaruvchisi ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |