Bog'liq Kurs ishi Kimyo o’qitishning tarbiyaviy masalalarini slaydlarda bayon etish
II. Microsoft power point dasturini qo’llagan holda kimyo bo’yicha dars mashg’ulotlarini o’tkazishga oid metodik tavsiyalar 2.1. Microsoft Power Point dasturini qo’llash imkoniyatlari. Berilgan ishda Microsoft Power Point (M.P.P) dasturini kimyo darslarida qo’llash mumkinligi o’rganilgan. Kimyo xonasida an’anaviy darslarni o’tkazish uchun o’qituvchi o’quv materialini doskada bayon qilishi kerak. Ammo o’quv taxtasidagi joy chegaralangan. Maktablarda dars jadvali qoida bo’yicha shunday tuzulganki, ketma - ket turli sinf o’quvchilariga mashg’ulot qo’yilgan. Shuning uchun o’qituvchini ko’p vaqti keyingi darsga o’quv taxtasini tayyorlash uchun ketadi.
Bu qiyinchiliklarni yengishda kompyuterni imkoniyatlari yordam beradi. Darsga M.P.P dasturida taqdimot tayyorlanadi. Darsning asosiy tayanch tushunchalari ekranda multimediaproyektor yordamida paydo bo’ladi. Bu o’quvchining o’quv qobiliyatini, idrokini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Natijada material, tez o’zlashtiriladi, chunki yozuvlar aniq mantiqan to’g’ri, rangli rasmlar, sxemalar, tablitsalar, kimyoviy reaksiyalar tenglamasi bilan berilgan. Ularni o’quvchilar daftariga yozishi lozim. Bu yozuvlarga xohlagan vaqtda qaytish mumkin, bir necha marta takrorlash uchun multimediya - taqdimot diqqatni uzoq vaqt jalb qilish va tutib turishga imkon beradi va bir nechta hissiyot a’zolariga ta’sir qiladi. O’quv materialini multimedia taqdimotida yetkazish ta’lim vaqtini qisqartiradi, bolalar sog’ligini tejaydi. Bundan tashqari maxsus effektlarga erishish uchun tovush va videoni monipulyatsiya qilish mumkin, animatsiya va integratsiyani yagona multimedia taqdimotga birlashtirib, tovush va videoni ajratish mumkin. Taqdimotga kimyoviy eksperiment video fragmentlarini kirgizish mumkin. Bunda eksperiment tabiiyligi yo’qoladi, ammo uni takrorlash va o’rganilayotgan ma’lumotni umumlashtirganda namoyish qilish qulay, yoki davomiy tajriba o’tkazish holatida (masalan metallar korroziyasi bo’yicha) - shuningdek zararli moddalar o’rganilganda virtual dunyo kimyoviy eksperimentni o’quvchilar sog’ligiga ziyon yetkazmay o’tkazishga imkon beradi. Agar xonada amaliy ish uchun zarur jihozlar bo’lmaganda, kompyuterdan foydalanish bu ishni o’tkazishga yordam beradi.
Shunday qilib kompyuter texnologiyalaridan foydalanish kimyo kursini eksperiment bilan boyitadi. Bunday taqdimotdan kassalligi tufayli dars qoldirgan o’quvchi ham foydalanishi mumkin. Multimediali taqdimotlardan mavzuni o’rganishni xohlagan etapida foydalanish maqsadga muvofiq.
Bunday darslar quyidagi ta’limiy vazifalarni yechishda yordam beradi .
1. Fan bo’yicha to’liq bilimlarni o’zlashtirish
2. Olingan bilimlarni sistemalashtirish
3. O’z - o’zini nazorat qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
4. O’rganilayotgan predmetdagi motivatsiyani shakllantirish, shuningdek butun ta’limga nisbatan
5. O’quvchiga mustaqil ish uchun o’quv metodik yordam ko’rsatishgacha