F. S. Meliboyeva tabiiy geografik jarayonlar



Download 0,81 Mb.
bet48/63
Sana21.05.2023
Hajmi0,81 Mb.
#941897
TuriУчебник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Botqoqlanish. Ushbu jarayon tabiiy holda kechgani kabi, sun'iy tarzda ham amalga oshadi. Sug'orma dehqonchilikda suvni keragidan ortiqcha ravishda sarf qilish natijada grunt suvi sathining ko'tarilib, yuzaga qadar yetishi tufayli vujudga keladi. Asosan, atmosfera yog‘inlari bug‘lanishdan ustun bo‘lgan zonalarda tarqalgan. Arid zonada botqoqlanish sof holda kam uchraydi; aksariyat tuproq sho‘rlanishi bilan birga yuz beradi, natijada ekinlar yaxshi rivojlanmaydi va nobud bo‘ladi. Botqoqlanish tabiiy va sun’iy sabablarga ko‘ra yuz beradi. Tabiiy sabablar: grunt suvlarining oqib ketishini qiyinlashtiradigan relyef xususiyatlari va geologikgidrogeologik sharoitlar (mas, Farg‘ona, Surxon Sherobod vodiylaridagi quyi terrasalar, tekis hudud va botiqdardagi daryolarning qayir terrasalari); toshqinlar natijasida yerlarni suv bosishi; suvning daryo va qo‘llardan sizishi; insonning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan sun’iy sabablar — grunt suvlarining oqib ketishi tabiiy qiyin bo‘lgan yerlarni drenajlar qurmasdan sug‘orish; sugorish va sho‘r yuvishda me’yordan ortiqcha suv berish; kanal va suv omborlaridan siziladigan suvlar hisobiga yerlarni muntazam zax bosishi, yer usti suvi oqimlarining tartibga solinmaganligi; sug‘orish va kollektor drenaj tarmoqlarining qoniqarsiz holati va boshqa O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan zonal arid a yerlarning katta qismi (deyarli 35—50%) da u yoki bu darajada botqoqlanish xavfi mavjud. Yerlarni botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektordrenaj tarmog‘i quriladi. Botqoqlanishga qarshi kurashish uchun agrotexnik, meliorativ va ekspluatatsion kompleks choratadbirlar o‘tkaziladi, ya’ni daraxtzorlar barpo etiladi, ko‘p yillik o‘tlar bilan almashlab ekish joriy qilinadi; sho‘r yerlarni yuvish texnologiyasiga rioya qilinadi; drenaj va suv tashlash tarmoqlarining zichligi ta’minlanadi.
Cho'llanish-qurg'oqchil iqlimli o'lkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ularda organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga olib keluvchi tabiiy hamda antropogen jarayonlardir. Demak, ushbu jarayon tabiiy holda bo'lishi bilan birga inson omili ta'sirida ham shakllanadi. Cho'llanish jarayonida tabiiy o'simliklar turlari va miqdorining kamayishi, tuproq eroziyasi, tuproqning sho'rlanishi va unumdorligining pasayib ketishi kabilardan iborat. Cho'llanish natijasida cho'llarning maydoni ortadi va cho'l landshaftlari yuzaga keladi. Yer yuzasining 48,5 mln. km2 ga yaqin qismi cho'l va chala cho'llardan iborat bo'lib, uning 10 mln. km2 ga yaqini antropogen omillar ta'sirida yuzaga kelgan.
Cho'llanish jarayoni, ko'proq Afrika, Osiyo, Avstraliya hamda Janubiy Amerika qurg'oqchil iqlimli hududlarida shakllanmoqda. O'rta Osiyoda Orol dengizi va Orolbo'yi hududi ham murakkab ekologik muammoga aylandi.
Cho'llanishni o'rganish, oldini olish va unga qarshi kurashish chora tadbirlari bo'yicha jahon miqyosida ishlar olib boriladi. Bu mavzuda birinchi ilmiy anjuman 1977 yilda Keniyaning Nayrobi shahrida o'tkazilgan va unda cho'llanish qarshi kurash rejasi ishlab chiqilgan. Bunday ilmiy anjumanlar O'zbekistonda ham o'tkazib kelinmoqda. 1995 yil 31 oktyabrda qurg'oqchilik va cho'llanishga qarshi kurash Xalqaro konvensiyasiga qo' shilgan.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish