ga olgan, nisbatan tarqoq joylashgan oblastdir. Uning shimoliy chega
rasi Arabiston dengizining qirg‘oqlaridan boshlanadi va Tar cho‘lini
o ‘zining tarkibiga kiritadi hamda Himolayning janubiy yon bag‘ri
bo‘ylab o ‘tadi. Janubiy chegarasi Shri-Lanka oroli va Malaya arxipe
lagini, sharqiy chegarasi esa Filippinni o‘z tarkibiga oladi (10-rasm).
Indo-Malay zoogeografik oblastini qo‘shni oblastlar bilan qat’iy
chegaralash juda qiyin. Indo-Malay,
Palearktika va Avstraliya
oblastlarining o‘tmishdagi va hozirgi o ‘zaro hududiy munosabatlari
ulaming faunistik tarkiblarida ham aks etadi. Ayniqsa, Indo-Malay
oblasti faunasining Efiopiya oblasti bilan qadimiy aloqada boiishi
juda muhim ahamiyatga ega. Mazkur oblast hududining katta qismi
tropik mintaqada joylashgan. Oblastning
geografik joylashuvi,
landshaftlarining xilma-xilligi uning faunasi tarkibida turlar soni
ko‘pligini ta’minlay olgan.
103
Faunasiga umumiy tavsif. Indo-Malay oblasti faunasi materik xu
susiyatga ega. Fauna tarkibidagi tur va avlodlaming xilma-xilligiga
qaramasdan, unda yuqori rangdagi endemik guruhlar juda kamchilik-
ni tashkil etadi. Indo-Malay oblasti sutemizuvchilari 46 ta oiladan
tashkil topgan. Sutemizuvchilardan endemik
turkum junqanotlilar
uchraydi. Mazkur turkumning 2 turi bo‘lib, ulardan biri Hindi-Xitoy,
Xitoy, Sumatra va Yava o‘rmonlarida yashasa, ikkinchisi Filippinda
uchraydi. Bu mushuk kattaligidagi, uzunligi 40 sm bo‘lgan hayvon
lar daraxtlarda yashashga moslashgan bo‘lib, meva va barglar bi
lan oziqlanishadi. Kechqurunlari daraxtdan-daraxtga
pastga tomon
sakrashadi (70 metrgacha). Buni amalga oshirish maqsadida ular
oldingi va orqa oyoqlari orasidagi teri burmalaridan foydalanishadi
(
11
-rasm).
Hasharotxo‘rlarga keng tarqalgan yerqazar va krot kabi turlar
tegishli. Oblastning sharqida tipratikanlarga mansub endemik kenja
oila - gimnurasimonlar uchraydi. Qo‘lqanotlilar juda ko‘p, ammo
tipik turlar kam. Ayrim taqaburunlar va yirik qo‘lqanotlilar
nafaqat
hasharotlar, balki sichqonlar, qushlar va boshqa umurtqalilar bilan
oziqlanishadi.
Primatlar turkumi o ‘zining endemik oilalari bilan alohida qizi-
qish uyg‘otadi. Jumladan, tupaylar oilasi (Tupaiidae)ning
turlari
(18 tur) mayda chala maymunlar bo‘lib, olmaxonlarga o ‘xshaydi.
Ular Hindi-Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya va Filippinda keng
tarqalgan.
Bulardan tashqari, Hindistonning janubida
va Shri-Lankada in
gichka lorilar (Loris), Yava, Klimantan va Shimoli-sharqiy Hindis
tonda yo‘g ‘on lorilar (Nycticebus) avlodlari tarqalgan. Maymunlar-
dan makaka, gibbon (7 tur) va orangutan (1 tur) uchraydi. Bu joyda
yashchurlar yoki pangolinlaming (Manidae) uchrashi oblastning
Efiopiya oblasti bilan aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kemiruvchi
lar juda xilma-xil. Jayralar, qumsichqonlar, olmaxonlar,
kalamush
va sichqonlar keng tarqalgan va hatto mayda orollargacha kirib bo-
rishgan.
104