2-jadval
Yer yuzasida ayrim hayvon guruhlarining
tarqalish muddatlari
Hayvon guruhlari
Yer yuzini to‘liq egallashi uchun
zarur bo‘lgan muddat
Infuzoriyalar
10-143 kun
Hasharotlar
203-392 kun
Baliqlar
4-12-yil
Qushlar (tovuqsimonlar)
15-18-yil
Sutemizuvchilar
Kalamushlar
8 yil
Xonaki cho‘chqa *
8 yil
Yowoyi cho‘chqa
56-yil
Hind fili
1000-yil
Ko‘pgina omillar hayvonot dunyosining yer yuzini to‘liq egal
lashiga, ya’ni tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Organizmga ta’sir etishi
ga ko‘ra, barcha ekologik omillar cheklovchi xususiyatga ega. Bun
da omil yoki uning ta’sir etish miqdori organizmning tarqalishiga
to‘sqinlik qiladi. Dengiz suvida tuz miqdorining ortiqcha bo‘lishi bu
yerda chuchuk suv baliqlari, suvda hamda quruqlikda yashovchilar
va boshqa ayrim turlaming tarqalishini cheklaydi. Se-se pashshasi
tomonidan yuqtiriladigan triponosomalar keltirib chiqaradigan uyqu
kasalligi Afrikaning ekvatorial qismida yirik shoxli mollaming, ot
laming, tuyalaming va boshqa ayrim hayvon turlarining tarqalishiga
13
to‘sqinlik qiladi. Bu kabi misollami tabiatda ko‘plab uchratish mum
kin. Xuddi shunday cheklovchi xususiyatga ega bo‘lgan turli abiotik
va biotik omillar organizmlarning tarqalishiga u yoki bu ko‘rinishda
ta’sir etadi.
1.2. Dengiz va okeanlarda hayvonlaming tarqalishi
Dengiz va okeanlar yer yuzasining 71% maydonini egallaydi. Ha
sharotlarni hisobga olmaganda, 160 ming turdagi hayvonlar dengiz va
okeanlarda yashasa, 90 ming turdagi hayvonlar quruqlikda yashaydi.
Dengiz va okeanlarda million yillardan buyon yashayotgan va
morfologik xususiyatlari nisbatan juda kam o‘zgargan hayvon turlari
uchraydi. Bu holat suv muhitida quruqlikka nisbatan evolutsion ja
rayonlaming juda sekin kechganligidan dalolat beradi.
Dengiz va okeanlarda organizmlarning tarqalishi, xilma-xilligi
hamda maydon birligidagi soni qator ekologik omillarga bog‘liq.
Bunday omillar jumlasiga suvning chuqurligi, oqim, bosim, quyosh
nurlarining suv qatlamlariga yetib borishi, suvning harorati, gaz ham
da erigan tuzlar tarkibi va miqdori kabilami kiritish mumkin.
Dengiz va okeanlami klassifikatsiyalashga turli olimlar turlicha
yondashadi. Suvning substrat (suv tubi yoki qirg‘oq) bilan bog‘liq
yoki bog‘liq emasligiga ko‘ra, dengiz va okeanlarda ikkita asosiy bio
toplar guruhi farq qilinadi. Suvning substrat bilan bog‘liq boimagan
ochiq qismi pelagial deb yuritilsa, uning substrat bilan bog‘liq bo igan
qirg‘oq qismi yoki tubi bental deb ataladi.
Pelagial vertikal bo‘ylab yuqoridan pastga tomon epipelagial,
batipelagial va abissopelagial biotoplariga bo‘linadi. Pelagialda ya
shovchi organizmlar hayot siklining barcha davrlarida passiv yoki
aktiv harakatlanish xususiyatiga ega bo'ladi. Maxsus harakatlanish
organlariga ega bo‘lgan va aktiv harakatlanuvchi organizmlar nek
ton deyiladi (baliqlar, kitsimonlar, yirik boshoyoqli mollyuskalar
va boshqalar) va ular juda keng tarqaladi. Passiv harakatlanish xu
susiyatiga ega bo‘lgan organizmlar plankton deyiladi va ulaming
14
ko‘pchiligi asosan vertikal holda juda sekin harakatlanish xususiyati
ga ega bo‘ladi. Plankton organizmlaming harakati to‘liq suv oqimiga
bog'liq bo‘ladi (qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar). Pleystonlar esa
o‘rtacha va yirik o‘lchamga ega bo‘lgan, suvning yuzasida suzib yura
digan (sifonoforalar) organizmlar bo‘lib, ulaming tanasi bir vaqtning
o‘zida ham suv, ham havo muhitida joylashadi. Neystonlar mayda
va o‘rtacha kattalikdagi organizmlar bo‘lib, suvning yuzidagi parda
ga ustki va ostki tomondan yopishib olgan holda yashaydi. Shunga
ko‘ra, ular epineyston va giponeystonlargabo‘linadi. Epineystonlarga
infuzoriyalar, dengiz suv kesarlari, giponeystonlarga esa qisqichbaqa
simonlar, ayrim mollyuskalar va chuvalchanglar, ninatanlilar, ba’zi
baliqlaming tuxumlari, lichinkalari hamda yosh individlarini misol
qilish mumkin. Giponeyston dunyo okeani hayotida muhim ahami
yatga ega bo‘lib, gidrobiolog olim YU.P.Zaysev (1970) giponeyston-
lami “dengiz inkubatorlari” deb atagan. Ular suv yuzasining 0-5 sm
qalinlikdagi qatlamida joylashadi. Neystonning turlar xilma-xilligi
tropik hudud suvlarida juda yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi.
Bental vertikal yo‘nalishda yuqoridan pastga tomon litoral, batial
va abissal biotoplarga bo‘linadi. Litoral va abissal orasida deyarli
chegara yo‘q va bu oraliq o‘tkinchi mintaqa batial deb yuritiladi.
Litoral havzaning qirg‘oq qismini egallaydi va qirg‘oq yonbag‘rining
tuzilishiga ko‘ra uning chuqurligi turli havzalarda turlicha bo‘ladi.
Dengiz va okeanlaming litoral qismi dunyo okeanining atigi 7,5% ini
tashkil qilishiga qaramasdan, bu mintaqada hayvonot dunyosining tur
soni juda ко ‘p bo ‘ladi. Bunday holat yashash muhitining turli-tuman-
ligi (tuproq tarkibi, suvosti o‘simliklarining xilma-xilligi va boshqa
lar) bilan tushuntiriladi. Abissal suv havzasining ostki qismini va
unga tegishli bo‘lgan suvlikni o‘z ichiga oladi. Abissal biotop doimiy
qorong‘ilik, o‘zgarmas past harorat, kuchsiz oqim, yuqori darajadagi
sho‘rlanish, yumshoq grant, yuqori bosim kabi qator xususiyatlari bi
lan ajralib turadi. Bu yerda shakllangan o‘ziga xos deyarli o‘zgarmas
muhit, hayvonlaming oziqlanishi uchun noqulaylik yaratadi. Oziqa
manbai sifatida asosan detrit, ya’ni suv tubiga tushadigan organizm
15
qoldiqlaridan foydalaniladi. Shu sababli abissalning hayvonot dun
yosi tarkibida turlar soni kam bo‘ladi. Bu mintaqada asosan ninatan
lilar, aktiniyalar, chuvalchanglar, mollyuskalar, bulutlar, krablar va
dengiz o‘rgimchaklari, ya’ni pantopodlar keng tarqalgan. Ulaming
ko‘pchiligi doimiy qorong‘ilikda yashaganligi tufayli ko‘rish qobili
yatini yo‘qotgan, boshqalari esa juda kuchsiz yomg‘likni ham sezuv-
chi yirik ko‘zlarga yoki maxsus yorug‘likni sezuvchi a’zolarga ega.
Muhit sharoitining deyarli o‘zgarmasligi bu joyda qadimiy turlar-
ning saqlanib qolishiga ham sabab boigan. Bunday turlarga dengiz
nilufarlari, ximer balig‘i va boshqalami kiritish mumkin. Abissaldagi
hayot bentos organizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Dengiz va okeanlarda 16000 turdagi baliqlar, 80000 tur mollyus
kalar, 20000 tur qisqichbaqasimonlar, 9000 tur bo‘shliqichlilar, aso
san radiolyariya va foraminiferalardan iborat 15000 turdagi bir hujay
ralilar va boshqa qator turlar uchraydi. Umurtqalilardan baliqlar bilan
bir qatorda toshbaqalar, ilonlar, kitsimonlar va kurakoyoqlilardan
iborat yuzdan ortiq sutemizuvchilaming turlari yashaydi. Pingvinlar,
bo‘ronqushlar va baliqchilar kabi 241 turdagi suv qushlarining hayoti
dengiz va okeanlar bilan bog ‘ liq.
Dengiz va okeanlarda biomassaning taqsimlanishi qit’alarga qara
ganda bir qadar tekis kechadi va asosiy biomassa subarktika va shi
moliy mo‘tadil mintaqaga to‘g‘ri keladi. Mazkur mintaqalar dunyoda
ovlanadigan baliqlaming 2/3 qismini yetkazib beradi. Nisbatan kam
biomassa esa shimoliy va janubiy yarim shaming tropik mintaqasida
qayd etiladi. Antarktikaning yuza suvlarida qisqichbaqasimonlaming
(krill ar) biomassasi lm 2 da 10-15 kg ni tashkil etadi.
Shimoliy va janubiy yarim sharlarda joylashgan barcha geografik
mintaqalar bir-biriga mos keladi hamda barcha dengiz va okeanlar
uchun xosdir. Mintaqalarga ajratishda issiqlik miqdori, bug‘lanish,
sho‘rlanish, shamol va dengiz oqimlari, suvning biologik va geokim-
yoviy xususiyatlari e’tiborga olinadi va shunga mos ravishda hayvo
not dunyosining tur tarkibi va biomassasi har bir mintaqada o‘ziga
xosdir.
16
Ayni vaqtda okeanlaming biologik resurslari taxminan 100-150
mln. tonnaga teng deb baholanmoqda. Ushbu resurslar orasida bio
massasi bo‘yicha baliqlar birinchi o‘rinni egallaydi (85%), kitlar va
kurakoyoqlilar 6% ni, qisqichbaqalar, suvo‘tlari va boshqalar birga
likda 9% ni tashkil etadi. Baliqlardan ayniqsa, anchouslar, seldsi
monlar, treskasimonlar, skumbriyasimonlar, kambalalar, stavridalar
va tuneslar mahsuldor sanaladi. Baliqlaming 86%i qirg‘oq mintaqasi-
dan ovlanadi. Atlantika okeani baliq mahsuldorligi bo‘yicha birinchi
o‘rinni egallaydi.
Dunyo okeanini o‘zlashtirish va uning biologik resurslarini boyi-
tish yangi hamda istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, bu yo‘nalish marikultura
deb yuritiladi. Marikultura ov ahamiyatiga ega bo‘lgan dengiz orga
nizmlarini o‘stirish va ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |