Tropik mintaqa.
Tropik mintaqaning asosiy tipik biotoplari gile-
ya yoki nam tropik o‘rmonlardir. Bu biotoplaming o'simliklar dun
yosining tur soni juda ko‘p bo‘lib, vegetatsiyasi yil bo‘yi davom
etadi. Gileyalar boshqa yashash muhitlaridan o‘zining ekologik joy
lari (nishalari), hayvonlar uchun qulay boshpanalari, hayvonlaming
hayotiy shakllari va xilma-xilligi buyicha ustun turadi. Nam tropik
o‘rmonlarda termofil va gigrofil hayvon turlari keng tarqalgan. Havoda
suv bug‘lari miqdorining doimo yuqori darajada bo‘lishi, odatda, suv
da yashaydigan ayrim turlaming quruqlik yuzasida yashashiga imkon
beradi (planariya, zuluklar, daraxt baqasi). Daraxt va butalaming zich
bo‘lishi va yuqori pog‘onalarida oziqaning mavjudligi ko‘pgina tur-
laming daraxtlarda yashashga moslanishiga olib kelgan. Ko‘pchilik
fitofag turlar daraxtlaming barglari va mevalari bilan oziqlanadi.
Tropik mintaqada umurtqasizlar biomassasi bo‘yicha birinchi o‘rinni
egallaydi (P.P. Vtorov, N.N.Drozdov, 1974). Bu o‘rinda ayniqsa, ter
mitlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, Afrika gileyalarida ulaming
500 turi uchraydi. Suvaraklar, yirik qo‘ng‘izlar (goliaf, gerkules,
titan) kabi turlar ham mazkur hudud tabiatiga xos turlardir. Tropik
o‘rmonlarda shamol bo‘lmasligi sababli, o‘simliklaming changlani-
shi asosan asalarilar, kapalaklar, chivinlar, qushlar va qo‘lqanotlilar
ishtirokida yuz beradi. Yirik yirtqichlar kam, Afrika va Osiyoda leo
pard, Janubiy Amerikada yaguarlar uchraydi.
Tropik o‘rmonlar va cho‘llar oralig‘ini savannalar egallaydi. Sa
vannalaming faunasi tarkibida turlar soni ko‘p va u yerdagi o‘simliklar
formatsiyasi issiq iqlim sharoitida shakllangan. Savannalar asosan
Afrika uchun xos bo‘lib, ular Hindiston yarim orolida va Janubiy
22
Amerikada ham uchraydi. Bu yerda yashovchi hayvonlar issiqsevar
va mavsumiy qurg‘oqchilikka moslashgan bo‘lib, ularda yozgi uyqu
ga ketish kuzatiladi. 0 ‘simliklar mahsuldorligining yuqoriligi tuyoqli
hayvonlar yashashi uchun qulay sharoit yaratadi. Jumladan, antilo
palar, zebra va jirafaning juda yirik podalari yer yuzida faqat Afrika
savannalaridagina uchraydi. Savannada yirtqich sutemizuvchilardan
sherlar, leopardlar, yowoyi mushuklar, viveralar, sirtlonlar va chiya
bo'rilar, “yugurib” hayot kechiruvchi hayvonlar guruhiga mansub
bo‘lgan qush turlaridan strauslar, kotiba qush, marabu, tuvaloq va
bulduruqlar uchraydi. Uya qazib yashovchi turlar asosan sichqonlar
va olmaxonlar oilasiga mansubdir. Savannada uchrovchi termitlar
o‘simlik va hayvon qoldiqlarini parchalashda muhim o‘rin tutadi.
Mazkur hududda juda ko‘p ilonlar hamda qurg‘oqchilik davrida uy
quga ketuvchi kam sonli amfibiyalar ham tarqalgan.
Tropik va mo‘tadil mintaqa chegarasida qit’alaming 23% may-
donini tashkil etuvchi cho‘llar shakllangan. Namlikning yetarli dara-
jada bo'lmasligi - cho‘llar uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyat bo‘lib,
uning yillik miqdori 100-200 mm dan oshmaydi. 0 ‘rta Osiyo va
Qozog‘iston cho‘llarida namlik 55-180 mm atrofida tebranadi.
Namlikning yetishmasligi biologik xilma-xillikning kam bo‘lishiga,
o‘simlik qoplamlarining siyrakligiga va hayvonlaming yashashi
uchun noqulay sharoitlar shakllanishiga sabab bo‘ladi. Shunday
bo‘lishiga qaramasdan, hayvonlardagi turli moslanishlar ulaming
cho‘l sharoitida yashashini ta’minlay olgan.
- Cho‘l faunasi tarkibida turlar soni boshqa biotsenozlarga qara
ganda ancha kam bo‘ladi va undagi hayvonlaming aksariyati kserofil
hamda evriterm bo‘lib, haroratga nisbatan turlicha moslanishlar hosil
qilgan (yozgi uyqu, suvni tejab sarflash, metabolitik suv hosil qilish
va boshqa ekologik va etologik moslanishlar). Yirtqichlar soni kam
va odatda, ular nisbatan mayda bo‘lgan fenek, qorsoq, barxan mushu
gi, manul va bo‘ri kabi turlardan tashkil topadi.
Substratning xususiyatlariga ko‘ra, cho‘llaming o‘zi ham qumli,
toshloq, gilli, sho‘rxok va boshqa turlarga bo‘linadi. 0 ‘zbekiston
23
hududidagi biotoplar orasida cho‘liar eng ko‘p maydonni egallagan-
ligini inobatga olgan holda, cho‘l mintaqasining ekologik tavsifi va
funasi haqida navbatdagi bobda batafsil to‘xtalishni lozim topdik.
Mo ‘tadil mintaqa.
Mazkur mintaqada yil davomida issiq va sovuq
mavsumlar davriy ravishda almashinib turadi. Mo‘tadil mintaqada
bir tomondan cho‘l va ikkinchi tomondan o‘rmon biotoplari chega
rasida dashtlar shakllanadi. Dashtlar Shimoliy Amerikada preriya,
Janubiy Amerikada esa pampas deb yuritiladi. Dashtlaming iqlimi
mo‘tadil bo‘lib, hayvonot dunyosi tarkibida fitofaglar ko‘pchilikni
tashkil etadi (yumronqoziqlar, sug‘urlar, dala sichqonlari, sayg‘oqlar
va boshq.). Kemiruvchilarning xilma-xilligi va zichligining yuqoriligi
yirtqichlaming oziqlanishi uchun qulaylik yaratadi. Yirtqich turlardan
tulki, bo‘ri, burgutlar, bo‘ktargilar va mayda lochinlar asosan kemiruv-
chilar bilan oziqlanadi. Yuqori zichlikka ega bo‘lgan hasharotlardan
chumolilar, bargxo‘r qo‘ng‘izlar va chigirtkalar dasht mintaqasida
keng tarqalgan. Dasht mintaqasi ayni paytda inson tomonidan deyarli
to‘liq o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu holat mazkur hududning hayvonot
dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Dashtlaming janubida chala cho‘llar, shimolida esa o‘rmondasht
biotoplari shakllangan bo‘lib, bular oraliq xarakterdagi biotoplardir.
Dashtlarga nisbatan o‘rmondashtlar faunasining tur soni ancha ko‘p
bo‘ladi.
0 ‘rmonlar mo‘tadil mintaqaning yillik yog‘in miqdori 300 mm
dan oshadigan oblastlarida shakllangan. Ushbu mintaqada 3 ta asosiy
o‘rmon tiplari, ya’ni subtropik doimiy yashil o‘rmonlar, keng bargli
o‘rmonlar va nina bargli o‘rmonlar farq qilinadi.
Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar quruq yoki nam bo‘lishi mum
kin. Mazkur o‘rmonlarda hasharotlar, amfibiyalar, asosan kaltakesak-
lardan iborat reptiliyalar, dehqonchumchuqlar, moyqutlar, qarqunoq-
lar, tasqaralar, yowoyi quyon, muflon va boshqalar uchraydi. Nam
o‘rmonlar faunasi tarkibida esa turlar soni nisbatan kam bo‘ladi.
Keng bargli o‘rmonlar mo‘tadil haroratli, o‘rtacha yillik yog‘in
miqdori 500 mm ni tashkil etadigan oblastlarda shakllangan bo‘lib,
24
ulardagi yumshoq iqlim va о‘simliklar dunyosining xilma-xilligi
hayvonlaming yashashi uchun qulay muhitning shakllanishiga olib
kelgan. Bu kabi o‘rmonlarda faunaning tarkibi va ekologik qiyofasi
o‘xshash bo‘lib, qish mavsumining sovuq bo‘lishi ayrim turlaming
migratsiya qilishiga yoki uyquga ketishiga sabab bo‘ladi. Fauna tarki
bidabug‘u, yovvoyi echki, sema, yovvoyi cho‘chqa, olmaxonlar, bul
bullar, zarg‘aldoqlar, shaq-shaqlar va boshqalar uchraydi.
Nina bargli o‘rmonlar (tayga) o‘rmonlar orasidagi eng yirik tip
sanaladi. Iqlimi sovuq, o‘rtacha yillik harorat +5-0°C. 0 ‘simlik va
hayvonot dunyosining tarkibida turlar soni kam bo‘lib, tipik hayvon
turlariga karqur, yapaloqqushlar, kedrovka, qaychi tumshuq, qora
qizilishton, suvsar, o‘rmon lemmingi, qizil dala sichqoni, bumnduq,
ayiq, bug‘u, olmaxon va boshqalami misol qilish mumkin. Tayganing
shimoliy qismida o‘rmon tundra va butazorli tundra joylashgan.
Qutb mintaqasi.
Shimoliy Muz okeanining qirg‘oqlari va uning
orollari qutb mintaqasiga yoki tipik tundraga tegishli. Tundra Shi
moliy Amerika va Yevrosiyoning butun shimolini egallaydi.
Tundra faunasi tarkibida turlar soni kam va bu holat iqlimiy omil
lar bilan bog‘liq. Bu yerda umurtqasizlar faunasi zoomassaning 90%
ini tashkil etadi va ular orasida tuban hasharotlar, pashshalar, kanalar
va nematodalar keng tarqalgan. Yozda tundra faunasining tur soni
ko‘p sonda uchrovchi g‘ozlar, o‘rdaklar, oqqushlar, balchiqchilar kabi
qush turlari hisobiga ancha ko‘payadi. AsQsiy oziqa manbai qushlar
va lemminglardan iborat bo‘lgan oq yapaloqqushlar hamda lochinlar
yirtqichlik bilan hayot kechiradi.
Yer yuzasining qumqlik qismida yuqorida qayd etilgan mintaqa-
lardan tashqari yana bir nechta mintaqalar (Antarktika quruqliklari,
baland tog‘lar, g‘orlar va boshqalar) mavjud. Ulaming faunasi ham
yashash muhitiga mos holda shakllangan.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |