foydalaniladigan vosita. ish usul va metodlarini ko'rsatib, ta’lim-tarbiyaviy
ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika fani maktabgacha ta’lim muassasasi ishini
rejalashtirish mumkinligi va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsini
shakllanishida ijtimoiy o m illa r - muhit va tarbiyailing muhim ahamiyatga
egaligi haqidagi asosiy qoidalarga tayanadi. Rivcjlanishning asosiy omili
bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat
usullari, m a’naviy va estetik baholarda va shu kabilar shaklida berilgan
ijtimoiy-tarixiy tajribani bola tomonidan egallanilishi amalga oshiriladi.
Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi, demak u dastur tabiatini
kasb etadi va rejalashtirishi ham mumkin.
Tarbiyada yetakchi o*rin katta yoshli o‘qituvchiga, tarbiyachiga
tegishlidir. U bolalarning xilma xil faoliyatlarini tashkil etadi va yo‘lga
soladi, o'qitish jarayonini amalga oshiradi. Faoliyatni rejalashtirishda
pedagog bolalar rivoji va tarbiyasining umumiy qonuniyatlari hamda
tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishga tayanadi. Bolani
tarbiyalash va rivojlantirish qonunlari ob’ektivdir, ular bolalar bilan
olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ish mazmunini ham izchilligini ham
aniqlashda asos xizmatini o‘taydi.
M aktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish
mamlakat va maktabgacha pedagogikaning muhim yutug‘idir. XIX asr
o‘rtalarida rus pedagogikasining mashhur namoyondasi E.N. Vodovozova
bolalar bilan tabiat hodisalari va qishloq mehnatkashlari mehnatini
kuzatishlar mazmuniga ko‘ra izchil, murakkablashib va kengayib boradigan
tizim ini ishlab chiqdi. Bu kuzatishlar turli yoshdagi bolalar uchun ishlab
chiqilgan bo‘lib, ularning izchilligi tabiat, mehnat va kishilar turmushidagi
mavsumiy o‘zgarishlar bilan bog‘langan.
Bolalar bilan ishlashni rejalashtirish mazmun va shakllarini izlash.
uning asoslarini aniqlash mamlakatimizda ijtimoiy maktabgacha tar
biyaning butun shakllanish davrida davom etdi. E.I.
Tixeeva metodi asosida
ishlovchi nak abgacha ta’lim muassasasida pedagdglar jamoasi reja dastur
ishlab chiqadi. Unda bolalar bilan ishning asosiy yo‘nalishlari, ularning
birikmalari beriladi, har bir yo‘nalish ichidagi izchillik belgilanadi.
Maktabgacha pedagogikada pedagogik jarayon asosiy tushuncha
sifatida A.R Usova hamda N.B. Mchedlidze asarlarida ko‘rib chiqilgan.
A.R Usova maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o;qitish muammolarini
ishlab chiqar ekan, maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogik jara-
45
yonning asosiy tarkibiy qismlarini tilga oladi. Ular o‘yin, mehnat va o‘quv
faoliyatidir'.
Maktabgacha ta’lim inuassasasidagi pedagogik jarayonda o‘yinning
o‘rnini ta’riflar ekan, N.B. Mchedlidze pedagogik jarayon yaxlit, dialektik va
rivojlanuvchi hodisadir deydi. Uning rivojlanishi jarayonida asosiy tashkil
qiluvchi qismlari: tarbiya va o‘qitish, bolalarning uyushtirilgan va mustaqil
faoliyatlari, ayrim faoliyat turlari (o‘yin, o‘quv, mehnat) o‘rtasidagi nisbat
o‘zgaradi2.
Pedagogik jarayonda tadqiqotchilar maqsad va mazmunni, vosita
va metodlarni, pedagog va bolalarning o‘zaro aloqasini, natijani ajratib
ko‘rsatadilar (Yu.K. Babanskiy, V.I. Loginova, F.R.Qodirova).
Pedagogik jarayonning xususiyati uning mazmuni, tuzilishi va
shakllari rivojida namoyon boMuvchi o'zgaruvchanlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: