3. Shaxsiy manbalar. Bu shaxsning qadriyatlar sistemasi
ustanovkalari g ‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki
bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning ketishiga ta’sir
etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi. V.A.Krutetskiy
o ‘spirinlarda uchraydigan motivlaming quyidagilarini alohida ifoda-
laydi:
a) Biror o ‘quv faniga qiziqish;
b) Vatanga foyda keltirish istagi;
d) Shaxsiy qobilyatini ro ‘kach qilish;
e) Oilaviy an’analarga rioya qilish;
f) D o‘st - birodarlarga ergashish;
g) Moddiy ta ’minlash va hokazolar.