F. O‟. Jo‟rayev, G‟. X. Karimov qishloq xo‟jalik ekinlarini sug‟orishda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish


-rasm.  60  sm  kenglikdagi  egatlarni  navbatlab  sug'organda  ishchi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/72
Sana01.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#285696
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
QISHLOQ XO‟JALIK EKINLARINI SUG‟ORISHDA SUV ўқув қўлланма 1 04 2020

 

1.5-rasm.  60  sm  kenglikdagi  egatlarni  navbatlab  sug'organda  ishchi 

organlarning kultivatorda joylashuv sxemasi 

Tuproq ostidan sug'orish texnologiyasi ham suv tejamkor texnologiyalardan 

biri bo'lib, bunda  g'o'za tuproq ostiga ko'milgan quvurlar orqali sug'oriladi. Buning 

uchun plastmassadan tayyorlangan quvurlar yerga 40-45 sm chuqurlikda ko'miladi 

va  quvurlarning  bosh    qismi  taqsimlagich  quvurlarga,  quyi  qismi  esa  tashlama 



25 

 

quvurlarga  yoki  ochiq  transheyalarga  ulanadi.  Quvurlarning  diametri  15-30  mm, 



ular  orasidagi  masofa  90-150  sm  bo'ladi.  Ushbu  sug'orish  texnologiyasida  suv 

o'simlik  ildiziga  tezda  etib  boradi,  ammo  suv  bilan  birga  oqib  kelayotgan 

quyqalarning quvurga tiqilib qolishi natijasida quvur ichida loyqa to'planib qoladi. 

Plastmassa quvurlarning qimmatligi xarajatlarning oshishiga olib keladi [8; 234-b]. 

Shuning uchun ushbu texnologiya paxtachilikda keng joriy etilmagan.  

Qator  orasi  egatlar  o'rtasida  tuproq  ostida  hosil  qilingan  sun'iy  quvurlar 

orqali  sug'orish  tuproq  ostidan  sug'orishning  yana  bir  usuli  bo'lib,  buning 

samarasini  o'rganish  bo'yicha  Respublikamizda  1985  yildan  boshlab  tajribalar 

o'tkazilgan.  Yuqori  nishablikka  ega  bo'lgan  tipik  bo'z  tuproqli  yerlarda  bu  usul 

yaxshi  samara  bergan,  tuproq  yaxshi  namlanishi  bilan  birga  ko'p  miqdorda 

sug'orish suvi tejalgan [9; 18-b.]. 

Sun'iy  quvur  hosil  qiladigan  ish  organi  yasama  holatda  tayyorlangan  yoriq 

hosil  qiluvchi  pichoq  va  uning  orqa  tomoniga  o'rnatilgan  o'g'itlarni  suvda  eritib 

berish uchun trubka, ulagich va quvur hosil qilgichdan tashkil topgan. 

Tajribalarda sun'iy quvurlar orqali g'o'za sug'orilganda egat olib sug'orishga 

nisbatan tuproqning hajm og'irligi kamayishi, uning suv o'tkazuvchanlik xossasini 

oshishi  kuzatilgan,  tuproqda  namlik  ko'proq  saqlangan.  Shu  bilan  birga  qator 

oralariga ishlov berish hamda g'o'zani sug'orish bittaga kamaygan, o'g'itlarni suvda 

eritib berish hisobiga hosildorlik 3,7 sentnerga oshgan [9; 85-b.]. 

  

Ammo,  Paxtachilik  ilmiy-tadqiqot  instituti  olimlari  tomonidan  qator  orasi 



tuproq  ostida  sun'iy  quvur  hosil  qiladigan  ish  organining  parametrlarini  asoslash 

bo'yicha  ilmiy-tadqiqot  va  konstruktorlik  ishlari  yetarlicha  olib  borilmagan. 

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, taklif etilgan suv tejamkor texnologiyalarning 

ayrimlarini  qo'llash  katta  mablag'  talab  qilsa,  ayrimlari  qo'l  mehnatini  oshishiga 

olib  keladi.  Shularni  inobatga  olgan  holda    mazkur  ish  qator  orasi  60  sm  bo'lgan 

g'o'zalarni  sug'orishda  kam  mablag'  sarflagan  holda  suvtejamkorlikka  erishish 

hamda sug'orishga ketgan vaqtni kamaytirish uchun egatlar o'rtasida tuproq ostida 

sun'iy  quvur  hosil  qiladigan  ish  organining  ish  sifatini  oshirishni  va  minimal 

energiya sarfini ta'minlaydigan parametrlarini asoslashga qaratilgan.  



26 

 


Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish