20
U yopiq tipdagi statsionar yoki RTYA-220A tipidagi ko‗chma quvurdan suv
oladi va SNP-75/100 nasos stansiyasi bilan bir komplekt holida ishlatiladi. Bu
mashina nishabligi 0,02
°
dan katta bo‗lmagan maydonlarda ishlatiladi.
U ikkita sug'orish qanotidan iborat bo'lib, ular sug'orish tarmog'ining ikkala
tomoniga joylashtiriladi. Ushbu sug'orish texnologiyasidan foydalanib ekinlar
sug'orilganda egat olib sug'orishga nisbatan suvdan 2-3 barobar unumli
foydalaniladi; ishlatilayotgan suv aniq miqdorda beriladi va avtomatlashtirish
uchun qulay sharoit yaratiladi.
Yomg'irlatib sug'orish chuchuk va kam minerallashgan, yer osti suvlari yuza
(1-2 m gacha) joylashgan, ayniqsa suv ko'tarish qobiliyati yaxshi bo'lgan
tuproqlarda ijobiy natija beradi. Bu usul toshloq, qumoq tuproqli yerlar uchun ham
istiqbolli hisoblanadi. Chunki bunday yerlarda suvning g'o'za ildiz sistemasi
joylashgan qatlamdan pastga tushib, behuda sarf bo'lishi kuzatilmaydi.
Ekinlarni yomg'irlatib sug'orishning kamchiliklari ham mavjud. Bular: issiq
havoda yomg'ir tomchilarni tez bug'lanib ketishi, shamol ko'p esadigan xududlarda
ishlatib bo'lmasligi (chunki shamol esayotgan tomonga qarab otilgan suv
mo'ljaldan uzoqqa borib tushishi natijasida maydon bir tekis sug'orilmaydi), tuproq
yuzasini qatqaloq bo'lishi, mashinaning metall hajmdorligini oshishi ishda ko'p
energiya talab etishidir.
Tomchilatib sug'orish texnologiyasi yangi suv tejamkor texnologiyalardan
biri bo'lib, suv yerga tomchilatib berilishi natijasida uning tejamkorligi ancha
oshadi. Chunki tomchi miqdori yerning namlanish qobiliyatiga qarab oldindan
belgilanadi hamda ekinlar ildizi atrofiga bevosita beriladi. Ekinlarni butun
sug'orish mavsumida maxsus tomchilatgichlar orqali suv bilan ta'minlab turiladi.
Isroilda tomchilatib sug'orish usulidan 95 foizdan ortiq maydonda foydalanib
kelinmoqda. Bu usuldan Buyuk Britaniya, Isroil, AQSH, Avstraliya mamlakat-
larida ham keng foydalanilada [4; 14-b.].
Ma'lum vaqt davomida uzluksiz tomchilab turgan suv tuproqning 1 m
chuqurlikdagi va diametri 1-2,5 m bo'lgan qismida optimal namlikni saqlab turadi.
Bevosita ekin ildizi tarqalmagan yerning tuproq quruq holatida qolaveradi. Shu
21
sababli tomchilatib sug'orishda suv sarfi 2-4 marta kamayishi mumkin. Bundan
tashqari, tomchilatib sug'orishda dalalarni tekislash talab qilinmaydi. Natijada
mahsulot tannarxi kamayadi. Bu texnologiyadan foydalanishda suv sarfi aniq
belgilanganligi hamda suv taqsimini to'g'ri va tez boshqarish imkoniyati borligi
uchun ham, sug'orishga ketayotgan suv miqdorini tejash imkoniyati yaratiladi [5;
254-255-b.].
Tomchilatib sug'orishning afzalliklari bilan bir qatorda ayrim kamchiliklari
ham mavjud. Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha, tomchilatib sug'orish usulidan
ko'p yillar davomida foydalanish yer yuzasini qotib qolishiga olib kelishi mumkin.
Bunda o'simlik ildizining oziqlanishi kamayib ketadi, zararli tuzlar yerda ko'plab
yig'ilib qoladi. Shuning uchun ham bunday holatlarda ushbu usulni bir qancha
yillar davomida ishlatib, keyin boshqa sug'orish texnologiyasini qo'llash yaxshi
natija beradi [6; 13-14-b.]. Tomchilatib sug'orish tizimidan foydalanish katta
mablag' talab qiladi.
Egatlarga qora polietilen plyonka to'shab sug'orish. Ushbu sug'orish
texnologiyasi ham sug'orishning mexanizatsiyalashgan turi hisoblanadi. Mazkur
texnologik jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: plyonka to'shagich ramasining
oldiga o'rnatilgan egat ochkich harakatlanish davomida plyonkani to'shash uchun
ariqlar ochadi. Shundan keyin ramaga o'rnatilgan sferik disklar g'o'za qatorlari
tagidan plyonka chetlarini mahkamlash uchun ariqchalar ochadi. Plyonka
kronshteynga o'rnatilgan bobinadan qator oralariga profilli katok yordamida
to'shaladi. Egatlarga to'shalgan plyonka o'rtasida joylashgan ignali g'ildirak bir
vaqtning o'zida suv chiquvchi teshik hosil qiladi. Suv anashu egatga to'shalgan
plyonka ustidan oqiziladi (1.3-rasm).