birinchi bo‘lib Volt aniqlagan. Shuning uchun Voltning birinchi qonuni deb
xiltemperaturadagi bir necha metall bir – biriga ketma – ket ulansa, bunday
zanjirning eng chetki nuqtalarida vujudga keladigan potensiallar farqi faqat chetki
metallarning, ya’ni birinchi va oxirgi metallarning bir – biriga tekkizilishi
vujudga keladi va natijada elektr tok paydo bo‘ladi. Bu hodisa birinchi marta
metallardan tuzilgan zanjirning bir kontakti temperaturasi aniq va o‘zgarmas
434
rasm) zanjirdagi galvanametr 1 va 2 kontaktlari orasidagi temperaturalar farqiga
moslab darajalanadi. Bunday qurilma (termopara) yordamida jo‘da past va yuqori
temperaturalarni aniq o‘lchash mumkin. (0, 01 gradusgacha).
2.
Termobatareyalarda issiqlik energiyani to’g’ridan - to’g’ri elektr
energiyaga
aylantirish
mumkin.
Hozirgi
vaqtda
yarim
o‘tkazgichli
termoelektrogeneratorlarning foydali shi koeffitsinti 15% ga yetadi.
Peltye hodisasi Zeebek hodisasiga teskari bo‘lib, uning mohiyati quydagicha:
kontaklardagi temperaturalari bir xil bo‘lgan turli metallardan tashkil topgan zanjir
orqali elektr tok o‘tkazaylik. Bo‘nday zanjirda Joul- Lents qonuniga asosan
ajraladigan issiqlikdan tashqari, kontaktlar birida qo‘shimcha issiqlik ajralib
chiqadi. Bu issiqlik miqdori zanjirdan o‘tayotgan tok kuchiga va tokning o‘tish
vaqtiga proporsional. Ikkinchi kontaktda esa, aksincha, issiqlik yutiladi. Bu issiqlik
miqdori birinchi kontaktda ajralib chiqqan issiqlikga teng.
Pelte hodisisi sovitkich mashinalar (holodilniklarda) foydalaniladi.
Tomson hodisasi esa quyidagidan iborat: bir jinsli o‘tkazgich bo‘ylab
temperaturalar farqi mavjud bo‘lsin. Bo‘nday o‘tkazgich orqali elektr tok o‘tish
jarayonida, Joul issiqligidan tashqari, tokning yo‘nalishiga bog’liq ravishda
qo‘shimcha issiqlik miqdori ajraladi yoki yutildi.
Tomson hodisasini Pelte hodisasining xususiy holi deb qarash mumkin: Pelte
hodisasida zanjirdagi bir jinslimaslik ikki bir biri bilan kontaktda bo‘lgan
o‘tkazgichlarning ximiyaviy tarkibidagi farq tufayli vujudga keladi. Tomson
hodisasi esa zanjirdagi o‘tkazgich barcha qismlarining ximiyaviy tarkiblari bir xil,
lekin temperaturalari farq qiladi. Shuning uchun o‘tkazgichning issiqroq qismidagi
elektronlarning energiyasi sovuqroq qismidagi elektronlarning energiyasidan
kattaroq bo‘ladi. Demak, bir jinsli o‘tkazgichni notkis qizdirganda bu o‘tkazgichda
bir jinslimaslik vujudga keladi. Bu bir jinslimaslik yuqorida bayon qilingan
effektni vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: