F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya



Download 0,68 Mb.
bet182/217
Sana17.02.2021
Hajmi0,68 Mb.
#59028
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   217
Bog'liq
neeee.

Tafakkuming tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to’iiq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlaming tezligi, turli hislaming mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkuming tezligi boshqa shartlarga - insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlaming ma'lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.

Fikrlaming tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba hayajonlanib, egallagan biHmlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz salbiy emosiyafar uning tafakkurini tonnozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib keladi, ya'ni fikmi bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba'zi talabalar aksincha, imrihonda hayajonlanib fikrlari ravshanlashadi. qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta'sir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg’onib, funksiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi mumkin. Shuning uchun o’qiiish jarayonida talaba va o’quvchilaming aqliy faoliyatini to’g’ri baholashda ulaming individual tipologik xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ulaming asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. Tafakkuming asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlami ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalami keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ulaming tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohivatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri

207

hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql- zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan bog’liqdir.

Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar

Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirasi to’plangan. Aynan keltirilgan ma'lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.

Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealaming mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi.

Xaydegeming fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasawurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasawur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi.

K.R.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushimtirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas.

Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir.

Insoniar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo’lida harakatlanadi. Insonning fikrlash usuli awalo ijtimoiy hodisadir. Fikr hech qachon o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo’lishi mumkin. Predmetsiz fikming bo’lishi mumkin emas. Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub'ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi:


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish