Ijodiy fikrlashni ta'minlovchi omillar:
SP Fikr yuritish faoliyatida eng awal hal qilinishi zarur bo’lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak.
*¥ Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo’lgan barcha bilimlami tadbiq qilish uchun intilish.
Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg’a suriladi, bosqichlar taxmin qilinadi, yechim to’g’risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda variasiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o’zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo.
4х Muammo oldiga qo’yilgan farazni tekshirish zamrati tug’iladi. Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza adekvat emasligi, noto’g’ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob'ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o’ylar taxmin qilinadi yoki o’ylab topiladi.
4* Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalami to’g’riligiga qanoat hosil qilish uchun echuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi.
Psixolog V.A.Kruteskjy ijodiy tafakkumi taraqqiy ettirish maqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o’quvchilar o’quv faoliyatida sinab ko’rgan. Tipologiyaga kiritilgan masalalami V.A.Kruteskiy turlicha nom bilan ataydi:
Savol aniq qilib qo’yilmagan masalalar.
Berilganlari yetishmaydigan masalalar.
Ortiqcha ma'lumotlari bo’lgan masalalar.
Bir necha yo’l bilan yechiladigan masalalar.
Mazmuni o’zgarib turadigan masalalar.
Isbotlashga doir masalalar.
204
Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar.
Ijodiy tafakkur turi o’zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muanimolarni o’ylab chiqish jarayoni bo’lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o’ynaydi.
Psixologiya fanida tafakkumi realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in'ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo'lgan tafakkur harakatlari o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir.
Masala yechimini qabul qilishga va informasion tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operasiyalar, chunonchi obrazlar manipulyasiyasi va transformasiyasi yordami bilan amalga osliiriladi va "aqliy anglanish"dan namoyon bo’ladi.
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o’z tadqiqotlarida tafakkumi produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o’rgangan edi. qisqa vaqt birligi ichida yangi orginal fikrlar yararish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalami hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalami o’zlashtirib olishga va "tayyor holda" undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko’rinishidir.
Fazoviy tafakkur muammosi atoqii rus psixologi B.G.Ananev va uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo’lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o’quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalaming fazoda rasional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog’lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasawurlar, xotira va xayol tasawurlari bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Tafakkur sifatlari
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operasiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkuming individual xususiyat-lari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikming kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |