Tafakkuming kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalaming eng muhim belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va tushunchalami qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilami aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkuming mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo. aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shulaming barchasini amalga oshirishda, nihovasiga yetkazishda yechinini qidirishda usul va vositalami shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlami kiritishdan iborat bosqichlaming namoyon bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalami tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalami o’z o’mida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan foriq bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining o’zgalaming mulohazalarini, bu mulohazalaming chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. Tafakkuming tanqidiyligi ob'ektiv va sub'ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkuming individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba'zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob'ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkuming tanqidiyligi sub'ektiv xatolarga, umuman sub'ektivizmga oqib ketsa, bunday holda sub'ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub'ektiv tanqidiylik saibiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkuming tanqidiyligi oqilona rasional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilaming bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurii kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan
206
orqada qolish xavfi tug’iiadi. Natijada aqi-zakovatli inson bo’lish o’miga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga yetadi. Demak, tafakkuming nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikming mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma'ium soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajariJgan ish ko’lami va silatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |