So’z - mantiqiy tafakkur - tafakkur turlaridan, bu mantiqiy operasiyalar, omillar yordamida tushunchalar orqali ifodalanadi.
Taqqoslash - narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlami aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasawurlar orqali bevosita bilib bo’lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli ravishda aks etadi.
Tahlil - tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob'ektlar qismlarga bo’lib o’rganiladi.
Tushuncha - voqelikdagi narsa va hodisalaming muhim belgi va xususiyatlarini bitta so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkuming mantiqiy shakli.
Umumlashtirish - voqelikdagi narsa va hodisalami umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |