F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya



Download 0,68 Mb.
bet67/217
Sana17.02.2021
Hajmi0,68 Mb.
#59028
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217
Bog'liq
neeee.

identifikasiya;

  • refleksiya; '--f С stereotipizasiya.

    1. empatiya У

    71

    Identifikasiya (lotincha tenglashtirish) -u kishiga tenglashtirish, baravarlash ma'nosini anglatib, insonning o’zini xayolan suhbatdoshi o’rniga qo’yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.

    Refleksiya (lotincha aks ettirish) - insonning suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Kishini kishi tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o’xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o’zini ham aks ettiradi, agar kishi o’zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to’liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo’lsa, uiar bilan bexato aniqlikda o’zaro ta'sir o’matishi mumkin. Biroq sub'ekt hamma vaqt bunday aniq ma'lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti- harakatining sabablarini o’ylab chiqishga majbur bo’ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg’ular, intilish va fikrlashning o’ylab chiqarilishi kauzal atribusiya deb ataladi. O’qituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyin-lashtiradi.

    Stereotipizasiya - grekcha o’zgarishsiz, takrorlanish degan ma'noni bildirib, insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi yo’lida muayyan shablondan foydalanishi. Stereotipizasiya ma'lum yoki taxminan ma'lum bo’lgan voqealami tiklash, nisbat berish yo’li bilan xulk normalarini tasniflash va ulaming sabablarini izohlash demakdir. Ba'zan muomala jarayonida noto’g’ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasawurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So’ralgan 72 kishining 9 tasi agar insonning yuz tuzilishi kvadrat ko’rinishiga ega bo’lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo’ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo’yi o’rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo ahmoq yoki o’zini yaxshi ko’radigan kishilar bo’ladi deb tasdiqlagan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasawur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o’rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot bunga yaqqol misol bo’la oladi. 400 ta o’aituvchilami baholash uchun tarqatilgan ishlami ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, yoqimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta'riflash so’ralgan edi. Afsuski baholaming sub'ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog’liqdir.

    Empatiya - insoning o’zini xayolan suhbatdoshi o’miga qo’yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda insonning emosional muammolariga yondashishi tushuniiadi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo’la olishdir. Bir tomondan ob'ektni tushunishda uni o’miga o’zini qo’ya olishi muhim bo’lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo’la olish ham muhimdir.

    Insonning inson tomonidan idrok etilishida yo’naltirishning roli kattadir. Bu ayniqsa inson haqida, noma'lum inson haqida ilk fikrlami olishda muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning o’tkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb e'lon qilinib, ularga portretni

    72

    ozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya'ni o’zlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, omladan jinoyatni yakuniga yetkazish kabilar ekanligi qayd etiladi.


    Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish