Muammoli savollari :
Axborot tushunchasi va uning mohiyatini tushuntiring.
Axborotni turlanishlarini tushuntiring.
Axborotlarni urni va ahamiyatini ayting.
Axborot zahiralari deb nimaga aytiladi ?
Axborotlar texnologiyasi deganda nimani tushunasiz ?
1. Tasnif tizimini axborotga qullash uchun quyidagicha yondashish zarur:
axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo’lishi kerak;
tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari quyilishi lozim;
ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan
aniqbir bozor va tovarlarni bilish zarur;
tahlilning moxiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va xajmiga bog’liq.
2. a) tadqiqot davomida bevosita so’rov varaqalari yordamida, telefon suzlashuvlari va shaxsiy suhbat yo’li bilan olib borilishi mumkin;
b) davriy va maxsus adabiyotlarni o’rganish orqali;
v) ma`lumotlarni telefaks yoki tayyorlangan magnitli tashuvchilar vositasida uzatish. Odatda u axborot maxsus axborot agentliklari so’rovi bo’yicha amalga oshiriladi.
3. Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.
Inson sezish a’zolari, texnikada turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa axborotga aylanadi.
Axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sezgi a’zolarimiz (ko‘z, quloq, burun, og‘iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz
4.Axborot zaxiralari alohida hujjat va alohida hujjat to`plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma`lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjatlar) to`plamidir. Boshqaruv karorlarini qabul qilish jarayoni ma`lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko`rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko`zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qiymati yuqori jarayon. SHuning uchun uni tasniflash zarur. (2.1- rasm).
Tasnif tizimini axborotga qo`llash uchun quyidagicha yondashish zarur:
1) Axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo`lishi kerak.
2) Tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari qo`yilishi lozim.
3) Ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur.
5. Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |