Amaliyot 14. Axborotni maxfiylik darajasiga qarab toifalash.
Axborotni turli belgilarga qarab tasniflanishi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma`lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko’zda tutadi. Axborot tanlash ancha Mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat turadigan jarayon. Shuning uchun uni tasniflash zarur.
Tasnif tizimini axborotga qullash uchun quyidagicha yondashish zarur:
1) axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo’lishi kerak;
tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari quyilishi lozim;
ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur;
tahlilning moxiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va xajmiga bog’liq.
Axborotni turli belgilarga qarab tasniflash mumkin.
1. Axborot olish usuli bo’yicha quyidagilarga ko’ra tasniflanadi:
a) tadqiqot davomida bevosita so’rov varaqalari yordamida, telefon suzlashuvlari va shaxsiy suhbat yo’li bilan olib borilishi mumkin;
b) davriy va maxsus adabiyotlarni o’rganish orqali;
v) ma`lumotlarni telefaks yoki tayyorlangan magnitli tashuvchilar vositasida uzatish. Odatda u axborot maxsus axborot agentliklari so’rovi bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday axborot u yoki bu muammo yoki muhitga muvofiqligi, shuningdek tulaqonligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Ma`lumot va xabarlarni optik disklar (kompakt disklar)da uzatish so’ngi yillarda keng ommalashdi. Ularda nafaqat matn, balki istalgan boshqa video va audio axborot yozuv ham olib boriladi.
2. Qayta ishlash usuliga ko’ra ma`lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy hulosa va yakunlarga bo’linadi. Jumladan boshlangich axborot odatda voqelikda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi axborot uz asosiga ko’ra birlamchi ma`lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir. Shu bilan birga, tadqiqotlarda boshlangich axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma`lumotlar kiritiladi. Shu munosabat bilan boshlang’ich va hosila axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko’rib chiqish lozim.
3.Tadqiqot ob`yekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi makromuhit ta`sirini hisobga olgan holda ma`lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha asoslangan yunalishni tanlash maqsadida bozor extieji va talablarini o’rganishga yunaltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |