217
Maktab o‘quvchilarining kun tartibini tuzishdagi asosiy prinsiplar:
- turli faoliyat turlarining optimal davomiyligi (o‘quvchilarning ish
qobiliyatlarini dinamik o‘zgarishini hisobga olgan holda);
- toza havoda maksimal muddatlarda bo‘lish bilan dam olishni
tashkil etish;
- to‘g‘ri va to‘la qiymatli ovqatlanish;
- yetarlicha va to‘la qiymatli uyqu;
Bu prinsiplarga to‘liq amal qilish, albatta faqat o‘quvchilarning ota-
onalari va maktab pedagoglarining o‘zigagina bog‘liq bo‘lmay, balki
ma’lum darajada o‘quvchilarning o‘zlariga ham bog‘liqdir. Shuning
uchun maktabni tugallovchi har bir o‘quvchi sog‘lom turmush tarzi
haqidagi ma’lumotlar haqida to‘liq bilimga va tushunchalarga ega
bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, maktab yoshi davri uchun muhim bo‘lgan eng asosiy
gigiyena tadbirlari quyidagilardan iborat: oqilona
tuzilgan kun tartibiga
rioya qilish, o‘quv mashg‘ulotlarining to‘g‘ri tartibi, to‘g‘ri ovqatlanish
tartibini joriy qilish, o‘qish, jismoniy tarbiya va dam olish soatlarini
to‘g‘ri tashkil etilganligi, qaddi-qomatning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlov-
chi tadbirlar, aniq ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni to‘g‘ri tashkil
qilish, o‘g‘il va qiz bolalar uchun muvofiqlashtirilgan jismoniy tarbiya
mashqlarini tanlash, o‘quvchilarni gigiyenik tarbiyalash kabilar.
Xuddi
gigiyena fani singari, bolalar va o‘smirlar gigiyenasining
ham vazifasi pirovardida tashqi muhitni me’yorlashtirish, ya’ni me’-
yorlarning o‘rnatilishi va ularning keyinchalik amalga oshirilishidan
iborat. Muhit sharoit (omil) larini gigiyenik baholash mezoni sifatida
organizmning ushbu omillarga nisbatan javob reaksiyasi, ularning
bir maromda o‘tishiga reaksiyalarning mos yoki mos emasligi dara-
jasi xizmat qiladi. Yosh fiziologiyasi sohasidagi tadqiqotlar bolalar
va o‘smirlar gigiyenasi fanini bu moslikni aniqlovchi usul sifatida
qurollantiradi, “me’yoriylik” ni aniqlashda, me’yor
sifatida optimal
reaksiyani, shuningdek, fiziologik reaksiya me’yoriy ko‘rinishni saq-
lab qoluvchi doiradagi nazarda tutilgan cheklanishlarni tushunish
lozim. Shu sababli ham ushbu fanda fiziologik tadqiqot usullari
keng qo‘llaniladi va ular o‘sayotgan organizmning yaxshi rivojla-
nishi, sog‘lig‘ining va mustahkamlanishini ta’minlovchi
muhit shart
– sharoitlarini me’yorlashtirish, belgilashga qaratiladi.
Muhit omillarining turli yosh bosqichlaridagi ta’siri bir xil qiy-
matga ega bo‘lmaganligi tufayli ham bolalar va o‘smirlar gigiyena-
218
si fani oldida yoshni hisobga olgan holda bu omillarni differensiya-
langan gigiyenik me’yorlashtirish, ularning har biri uchun muayyan
gigiyenik normativ o‘z ahamiyatini saqlab qoluvchi doiradagi yosh
intervalini aniqlash vazifasi turadi.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasida me’yorlashtirish, bu – orga-
nizmga ijobiy yoki bexatar ta’sir o‘tkazuvchi omillarning ko‘rsat-
kichlarini (yoki qanchalik intensivligini) ilmiy asoslangan holda
aniqlashdir. Shu bilan birga omillarning bolalar va o‘smirlar sog‘-
lig‘ini saqlash, ularning o‘z mavridida va uyg‘un rivojlanishini ta’-
minlovchi ta’sir muddati va intensivligi gigiyenik me’yor deb hi-
soblanadi.
Salbiy omillarning asl “me’yori” nol qiymatiga teng, ya’ni
ularning yo‘q bo‘lishi hisoblanadi. Ijobiy omillarning ta’siri parabo-
lik bog‘liqlikka bo‘ysunib, asl “me’yor” sifatida
ular intensivligining
optimal kattaligiga ega. Yo‘l qo‘yiladigan cheklanishlar parabola-
ning har ikkala tomonida joylashadi: kattalashuvchi tomonida – eng
yuqori darajada yo‘l qo‘yiladiganlari, kamayuvchi tomonga – eng
kam darajadagi zaruriyat qo‘yiladi.
Gigiyenik me’yor va o‘rganilayotgan omillar ta’sirining yo‘l
qo‘yiladigan gradatsiyasi (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bos-
qich yoki holatga o‘tishdagi izchillik) ni belgilashda bolalar orga-
nizmining turli intensivlikda ta’sir etuvchi omillardagi funksional
holati asos qilib olinadi.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi uchun quyidagi me’yorlash tar-
tiblari mavjud:
- me’yorlarning o‘ziga xosligi. O‘sayotgan organizmning muhit-
dagi ko‘pgina omillarga sezuvchanligini o‘ziga xosligi sababli ham
bolalar va o‘smirlar uchun kattalarnikiga
nisbatan boshqacha
me’yorlar kerak;
- me’yorlarning o‘zgarib turishi. Organizm yoshiga nisbatan mu-
tanosib rivojlanish jarayonidan o‘tadiki, ularning har biriga belgi-
langan, faqat ungagina xos bo‘lgan turli omillar ta’siriga sezuv-
chanlik (ehtiyojlilik) xosdir. Shu tufayli ham o‘sish va rivojlanish
davomida gigiyenik me’yorlar nomuhimdir, ular o‘z xususiyatini fa-
qat ma’lum bir yosh intervalida saqlab qoladi va u tugaganida
yangisi bilan almashadi;
- me’yorlarning rivojlanuvchi, mashq qiluvchi yo‘nalishi.
219
Gigiyenik me’yorlashtirishda shunaqangi shart-sharoitlarni yara-
tish
lozimki, ular nafaqat organizmning ayni paytdagi tevarak-atrof
bilan maqbul o‘zaro ta’siri va uning maqbul holatini ta’minlabgina
qolmay, yanada yaxshiroq rivojlanishiga ko‘maklashuvi ham kerak.
O‘sayotgan organizmning jinsi va sog‘lig‘ini hisobga olgan hol-
da gigiyenik me’yorlarni differensiyalash.
Muhit ta’siriga reaksiyalarning ijobiy “me’yoriy” ko‘rinishi kat-
talar organizmi uchun asosiy ta’sir kuchi va inson sog‘lig‘i holati-
ga bog‘liq bo‘lsa, o‘sayotgan organizm uchun bundan tashqari yana
salmoqli darajada uning erishgan funksional
imkoniyatlari, u yoki
bu omillar ta’siriga morfofiziologik tayyorligi (yetilganligi) darajasi-
ga bog‘liq.
Har bir yosh bosqichida yetilgan organizm bu ta’sirlarning fa-
qat ma’lum bir o‘lchamlariga bo‘ladi va aynan ular shu yosh uchun
me’yoriy deb hisoblanmog‘i lozim.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fan sifatida quyidagi asosiy
bo‘limlardan iborat:
1) bolalar va o‘smirlar
salomatligi;
2) o‘quv- tarbiya jarayoni va kun tartibi gigiyenasi;
3) jismoniy tarbiya gigiyenasi;
4) o‘quvchilarning mehnat ta’limi, o‘qitish va kasb o‘rgatish
gigiyenasi;
5) bolalar va o‘smirlar ovqatlanishi gigiyenasi;
6) bolalar va o‘smirlar muassasalarini loyihalashtirish, qurish,
obodonlashtirish va jihozlashning gigiyenik asoslari;
7) gigiyenik ta’lim va tarbiya. Bolalar va o‘smirlarning sog‘lom
hayot tarzini shakllantirish asoslari;
8) bolalar va o‘smir yoshdagi aholining tibbiy va sanitariya -
epidemiologiya ta’minoti.
Do'stlaringiz bilan baham: