228
yuqori qismini tutashtiruvchi chiziq kesishgan
nuqtada joylashgan
ko‘zning pastki qirg‘og‘i bilan quloqning yuqori qirg‘og‘i bir gorizontal
tekislikda yotgan holatda ensaning eng baland nuqtasi aniqlab olinadi.
Shundan keyin aniqlab olingan ikki antr-opometrik nuqtalar (glabella va
ensa nuqtasi) aro masofa boshning orqa oldi diametriga teng bo‘ladi
(7.4.5-rasm, A).
Boshning ko‘ndalang diametri o‘lchanayotganda tekshiruvchi tek-
shiriluvchining orqa tomonidan turib sirkulning oyoqchalarini simmetrik
ravishda quloq suprasidan 1,5-2 sm balandlikda qo‘yib, kattaligi aniq-
lanadi (7.4.5-rasm, B).
A)
B)
7.4.5-rasm. Sirkul yordamida bosh diametrlarini o‘lchash.
Ko‘krak diametrlari – oldi, orqa va ko‘ndalangiga o‘lchanayotganda
tekshiruvchi bolaning yonidan turib yo‘g‘on sirkul yordamida o‘l-
chanadi. Bunda sirkulning bir oyoqchasi ko‘krakning o‘rta
nuqtasiga
ko‘yiladi, ikkinchi oyoqchasi esa umurtqa pog‘onasining xuddi o‘sha
balandlikda joylashgan nuqtasiga qo‘yiladi. Ko‘krakning o‘rta nuqtasi
to‘shning o‘rta chizig‘ining IV qovurg‘a balandligida joylashgan
(7.4.6-rasm A).
Ko‘ndalang ko‘krak diametri o‘lchanganda sirkulning oyoqchalari
o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘ining o‘rta ko‘krak nuqtasi balandligiga qo‘yilib,
kattaligi aniqlanadi. Yelka diametri katta yo‘g‘on sirkul yordamida o‘l-
chanadi. Bunda tekshiruvchi bolaning old
tomonida turib sirkul oyoq-
chalarini yelka nuqtalariga qo‘yadi, kattaligini o‘lchaydi (7.4.6-rasm B).
Vertel diametri ham yo‘g‘on sirkul yordamida o‘lchanadi, bunda
sirkul oyoqchalari vertel nuqtalariga qo‘yiladi va kattaligi aniqlanadi.
229
A)
B)
7.4.6-rasm. Sirkul yordamida ko‘krak diametrlarini o‘lchash.
Aylanalarni o‘lchash. Bosh, ko‘krak, yelka, son, tizza aylanalari
temir ruletka (1m) yoki rezinali santimetrli lenta (1,5m) bilan o‘lcha-
nadi. Ruletka prujinali mexanizm bilan ensa nuqtasi ustidan o‘tadi.
Ko‘krak aylanasi kattaligi jismoniy rivojlanishning asosiy ko‘rsat-
kichlaridan biri hisoblanadi. U tana hamma ko‘krak, bel mushaklari
rivojlanganligi, shuningdek nafas olish tizimi holatiga bog‘liq. Ko‘krak
aylanasi yengil nafas, chuqur nafas olishda va nafas chiqarishda
o‘lchanadi. Lenta orqadan kurakning pastki burchagi (qo‘llar cho‘zilgan
holatda, keyin qo‘llar tushiriladi, lenta ko‘krak burchagi sohasida
yotadi). Oldinda lenta o‘rta ko‘krak nuqtasi orqali yotadi. Lenta
qimirlamasligi, ko‘krak qafasida yaxshi harakat kilishi kerak.
Ko‘krak aylanasi birinchi tinch holatda o‘lchanadi. Bu
paytda bola
e’tiborini har xil gaplar bilan chalg‘itish kerak.
7.4.7-rasm. Bosh aylanasini o‘lchashda lentani to‘g‘ri qo‘yish tartibi.
230
7.4.8-rasm. Ko‘krak qafasi aylanasi uzunligini o‘lchash.
Keyinchalik ko‘krak aylanasi chuqur nafas olganda va chuqur nafas
chiqarganda aniqlanadi. Uchta aniqlash usuli ham bitta lenta qo‘yilgan
paytda ketma-ket o‘tkaziladi. O‘lchash aniqligi 0,5 sm. Ko‘krak ayla-
nasining chuqur nafas olgandagi va chuqur nafas chiqargandagi farqi
ko‘krak qafasi ekskursiyasini bildiradi (7.4.8-rasm).
Yelka aylanasi mushaklar bo‘shashganda va mushaklarning maksi-
mal yuklama paytida o‘lchanadi. Lenta o‘ng qo‘lining ikkiboshli musha-
gining kengaygan qismiga qo‘yiladi. Oldin mushaklar bo‘shashgan va
qo‘l tushirgan holda o‘lchanadi, keyin tirsak suyagining egilgan va
mushaklarning maksimal yuklama berilganda o‘lchanadi. Ikki o‘lcham
farqi mushaklarning rivojlanganligini bildiradi.
Son aylanasi – eng katta joyidan o‘lchanadi. Buni o‘lchash boldirni
o‘lchash bilan bir xil.
Tana og‘irligi suyak va mushak apparatlarining
rivojlanganligi bilan
tavsiflanadi. O‘lchash tibbiy tarozida olib boriladi. O‘lchashdan oldin
tarozi to‘g‘rilanadi. O‘lchashda tekshirilayotgan odam tarozining o‘rta-
sida erkin holda turadi. Tarozining o‘lchash toshini siljitish natijasida
muvozanat hosil qilinadi. O‘lchash aniqligi 50g. Yosh bolalar o‘tirgan
yoki yotgan holda o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: