F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Oqsil, yog‘, uglevodlarning 1 kunlik ehtiyoji qancha?



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

9. Oqsil, yog‘, uglevodlarning 1 kunlik ehtiyoji qancha? 
A. Oqsil 93g, yog‘ 120g, uglevod 440g 
B. Oqsil 120g, yog‘ 50g, uglevod 200g 
D. Oqsil 85g, yog‘ 150g, uglevod 150g 
E. Oqsil 100g, yog‘90g, uglevod 419g 
10. Katta yoshdagilar mehnat qobiliyatiga ko‘ra necha guruhga bo‘-
linadilar? 
A. 5ta 
B. 3ta 
D. 2ta 
E. 6ta. 
 
 
 


211 
 
 
 
7. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fani haqida tushuncha 
 
7.1. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limining tekshiruv obyektlari 
haqida tushuncha 
        
   
Bizning respublikamizda bolalar va o‘smirlar kontingenti aholining 
asosiy qismini tashkil etadi. Masalan, O‘zbekistonning qishloq aholi 
yashash joylarida bolalar va o‘smirlar kontingenti butun aholining 37-
40% ni tashkil qilsa, tug‘ilish darajasi har 1000 aholiga 34-37% ni tash-
kil etadi. Aholining bu kategoriyasiga kiruvchilarining salomatlik holati 
va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini qoniqarli deb bo‘lmaydi, chunki 
ularning bu ko‘rsatkichlari boshqa davlatlardagi ko‘rsatkichlardan sezi-
larli darajada yomonroqdir. Bundan tashqari, bolalar kattalarga qaragan-
da yuqumsiz tabiatga ega bo‘lgan kasalliklar bilan deyarli 1,5 marta 
ko‘proq kasallanadi. Buning asosiy sabablaridan biri nomuvofiq ijti-
moiy-gigiyenik sharoit hisoblanadi. Masalan, respublikamizda maktab 
yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun xizmat ko‘rsatadaigan muassasalar 
30% dan kamni tashkil qiladi, bor bo‘lganlari esa, qoida bo‘yicha sa-
nitar-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Agar boshqa regionlarda bo-
lalar va o‘smirlar  o‘rtasida uchraydigan kasalliklarning tarkibini asosan 
nafas olish organlari kasalliklari, turli tabiatga ega bo‘lgan jarohatla-
nishlar, ovqat hazm qilish organlari kasalliklari tashkil etadigan bo‘lsa, 
O‘zbekistonda esa, nafas olish organlaridan keyin ikkinchi  o‘rinda 
yuqumli kasalliklar egallaydi, shu bilan birga buning asosiy sabablaridan 
biri aholi yashash joylaridagi kommunal obodonlashtirilganlikning past 
darajada ekanligi, shu jumladan maktabgacha va maktab muassasalari-
dagi nomuvofiq gigiyenik sharoitlar hisoblanadi. Erta bolalikdagi o‘lim 
darajasi (1 yoshgacha bo‘lgan bolalar) respublikamizdagi bolalar o‘rtasi-
da har 100 nafar  tirik tug‘ilgan bolaga 33 nafarni tashkil qiladi (Sh.T. 
Iskandarova, 1996-y) va bu ko‘rsatkich eng yomon ko‘rsatkichdir 
(Belorusiya va Boltiq bo‘yi respublikalarida bu ko‘rsatkich 10-11 nafar-
ni tashkil qiladi, Yaponiyada esa har 1000 nafar  tug‘ilgan bolaga 4 na-
farni tashkil etadi). Bu holatda ham eng muhim sabalardan biri qoniqar-
siz ijtimoiy-gigiyenik sharoit hisoblanadi, shu jumladan, tibbiy xizmat 
ko‘rsatishning past darajada ekanligi, maktab va maktabgacha bolalar 
muassasalarining kamligi va gigiyenik talablarga muvofiq kelmasligi


212 
 
bolalar kasalxonalari, ayniqsa onalik va bolalikni muhofaza qilish muas-
sasalari va uy-joy hamda yashash sharoitlarining gigiyenik talablar dara-
jasida emasligi hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘suvchi bolalar organizmi-
ning o‘ziga xos xususiyatlari, zararli ta’surotlarga juda tez beriluvchan-
ligi va sezgirligi, turmush sharoitlarining gigiyenik talablarga yuqori da-
rajada javob berishi lozimligini taqozo etadi. Ko‘rsatib  o‘tilganlarning 
hammasini qo‘shib baholaganda bu talablarni ta’minlash bolalar va 
o‘smirlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilashda, kasal-
lanish darajasini pasaytirish uchun zarur bo‘lgan muhim omillar hisob-
lanadi.  Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun bevosita faoliyat 
ko‘rsatadigan tibbiyot fanlaridan biri bolalar va o‘smirlar gigiyenasi 
fanidir. Gigiyena fanining bu bo‘limi o‘suvchi organizmga atrof-muhit-
da bor bo‘lgan turli omillarning ta’sirini o‘rganish va olingan 
ma’lumotlar asosida bolalar va o‘smirlar organizmiga moslashtirilgan 
holda ilmiy asoslangan gigiyenik normativlarni, tavsiyalarni ishlab chi-
qish va shunga muvofiq sog‘lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqib 
hayotga  tatbiq  qilish vazifasini bajarishi  lozim. Bolalar va o‘smirlar 
gigiyenasi fanining asosiy vazifalari qatoriga: 
1. O‘suvchi organizmning o‘ziga xos morfologik va funksional xu-
susiyatlarini hisobga olib gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va bunda 
har bir yosh davrlarini inobatga olish vazifalari: 
- bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini ratsional 
(oqilona) tashkil qilish va muvofiqlashtirish; 
- bolalar va o‘smirlar faoliyatini reglamentlash; 
- bolalar va o‘smirlarning ovqatlanishini takomillashtirish; 
- bolalar va o‘smirlarning shaxsiy gigiyenasi
2.  Bolalar va o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillash-
tirish, jumladan: 
-  bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini sifatli nazorat 
qilishni ta’minlash; 
-  bolalar va o‘smirlarning salomatlik holatlarini nazorat qilish va 
dispanserizatsiyani amalga oshirish; 
- sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish