254
(birinchi navbatda xloridlar). Agar shu fonda ishchilar organizmida bir
qator funksional o‘zgarishlar kelib chiqadi va u patologiya holatlari-
gacha yetib borishi mumkin. Nafas va puls urishi tezlashadi, azot alma-
shinuvi o‘zgaradi (oqsillarning juda tez parchalanishi), organizmdagi
vitaminlar miqdori kamayadi, ayniqsa “C vitamini”, suv va tuz alma-
shinuvi izdan chiqadi. Qizdiruvchi mikroiqlim uzoq muddat davomida
ta’sir etganda ishchilar organizmida mushaklarning tirishib qisqarishi
kuzatilishi mumkin –“tirishish kasalligi”, u suv va
tuz muvozanatining
buzilishiga bog‘liqdir. Ishchilar organizmga yorqin ko‘zga tashlanadigan
issiqlik ta’siri issiq urish va to‘satdan hushdan ketish holatini keltirib
chiqarib, tana haroratining ko‘tarilishi bilan boradi.
Ishchilar organizmining qizishini oldini olish tadbirlari kompleks
bo‘lishi kerak, va u
ham mikroiqlimni yaxshilashga, ham organizmga
issiqning ta’sirini yumshatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mikroiqlimni
yaxshilash uchun agar texnologiya bo‘yicha imkoniyat bo‘lsa qizigan
jihozlar yuzasini izolyatsiya qilish zarur. Ishchi xonalar havosini
aeratsiya qilish va sun’iy shamollatishning ahamiyati katta. Sex havosini
aeratsiya qilish uchun qizigan jihozlarning tepa qismidan havoni sun’iy
tarzda so‘rish va qizigan havoni tashqariga chiqarib tashlash moslama-
lari o‘rnatiladi, bunda sex ichiga tashqaridagi toza
havo eshiklar va de-
razalar orqali kirishi nazarda tutiladi. Bizning issiq iqlim sharoitimizda
yilning issiq faslida aeratsiya faqat havo harakati tezligini oshiradi xolos,
ammo havo haroratini pasaytirmaydi, chunki havo haroratining o‘zi ham
45-46 darajada bo‘ladi. Bunday sharoitda havoni sun’iy tarzda shamolla-
tish talab etilib, berilayotgan havoni salqinlashtirish maqsadga muvofiq
(konditsionerlash). Biroq katta-katta eshiklari bor bo‘lgan sexlardagi
havoni konditsionerlar yordamida muvofiqlashtirishning deyarli imko-
niyati yo‘q, shuning uchun bunday sharoitda mikroiqlim parametrlari
juda yuqori bo‘lgan ish joylari havosini havo dushlari yordamida
salqinlashtirish mumkin bo‘ladi. Issiq sexlardagi ishchilarda
tuz-suv
almashinuvining buzilishini oldini olish uchun ularni tuz qo‘shilgan
ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlash zarur. Bu yo‘nalishdagi
eng yaxshi yo‘l ana shunday issiq sexlarga gazlashtirilgan suvlarni
beruvchi saturatorlarni o‘rnatish hisoblanadi. Ishchilar organizmning
tashqi muhit bilan issiqlik almashinuviga ta’sir ko‘rsatmaydigan maxsus
kiyimlar bilan ta’minlanishi kerak. Issiq mikroiqlim sharoitida
organizmdagi oqsil va vitaminlarning parchalanishini tezlashishini
inobatga olib, ishchilarning ovqatlanishini to‘la qiymatli bo‘lishiga
255
e’tibor qaratish va ularga polivitaminlar (xamirturush ko‘rinishidagi)
berish tavsiya qilinadi.
Ko‘rish organiga infraqizil nurlanishlarning zararli ta’sirini oldini
olish uchun ishchilarning hammasi himoya ko‘zoynaklari yoki to‘siqlar
qalqon bilan ta’minlanishi kerak.
Ishlab chiqarish muhitidagi sovutuvchi mikroiqlim past harorat, havo
harakatining yuqoriligi va ko‘pincha yuqori namlik bilan ta’riflanadi.
Bizning iqlim sharoitimizda sovituvchi mikroiqlimga nisbatan
shunday
fikrlar borki, bizdagi sanoat korxonalari uchun sovituvchi mikroiqlim
juda ham xarakterli emas degan fikrlar mavjud. Ammo, juda ko‘p tek-
shirishlarning natijalari shuni ko‘rsatmoqda-ki, katta-katta sexlarga ega
bo‘lgan korxonalarda (mas., qurilish industriyasi korxonalari) gi
sexlarning darvozalarning hajmi judda katta bo‘lib, ular orqali transport
vositalarining kirib chiqishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun bunday
sexlarda qoida bo‘yicha qish kunlari havo harorati 7-13
o
C atrofida,
havoning namligi esa 85% gacha yetadi, havoning harakati tezligi
ko‘pincha 1 m/sekdan yuqori bo‘ladi. Bunday mikroiqlim sharoitlari har
qanday toifadagi ishchilar uchun nomuvofiq hisoblanadi. Bu
sharoit
og‘ir jismoniy ishlarni bajaruvchi ishchilar organizmiga sovutuvchi
ta’sir ko‘rsatadi.
Organizmni sovishining eng oxirgi
darajasi - muzlash holatlari faqat yuqori
havo harakati bilan
kuzatiladigan manfiy
haroratlardagina kuzatilishi mumkin (mas.,
ochiq havoda ishlash). Ammo, manfiy
haroratga ega bo‘lmagan sovutuvchi mik-
roiqlimning uzoq muddat davomida ta’sir
etishi ishlab chiqarish muhitining muhim
omili hisoblanib, shamollash kasalliklari
(o‘tkir respirator kasalliklar, anginalar,
radikulitlar) va ginekologik kasalliklarning kelib chiqishiga sharoit
yaratadi. Shunga bog‘liq holda keltirilgan
kasallik shakllari yilning
sovuq fasllarida ko‘pgina korxonalar uchun xarakterli hisoblanadi. Bu
kasalliklarning kelib chiqmasligini oldini olish uchun korxonalardagi
mikroiqlimni yaxshilash katta ahamiyatga ega. Agar sexlar yopiq bo‘lsa,
talab etiladigan mikroiqlim sharoitini markazlashtirilgan isitish tizimi
orqali amalga oshirish mumkin. “Ochiq” sexlarda esa (eshiklari katta
bo‘lgan sexlar) mikroiqlimni muvofiqlashtirishga issiq havo beruvchi
8.3.1-rasm. Temirni
Do'stlaringiz bilan baham: