248
-havoning yuqori darajada changlanganligi
-nomuvofiq mikroiqlim sharoitlari
-shovqin
-tebranish
-infra
va ultra tovushlar
-yuqori yoki past atmosfera bosimi
-havoning yuqori yoki past darajada ionlashganligi
-yuqori darajadagi ionlantiruvchi nurlanishlar
-statik elektrlanganlik
-o‘ta yuqori chastotali elektr maydoni
-yoritilganlikning yaxshi tashkil etilmaganligi
-ultrabinafsha va
infraqizil nurlar
-ish joylarining yer sathidan juda yuqori joylashganligi
2.Kimyoviy omillar
a) organizmga ta’sir etish tabiati bo‘yicha:
-umumzaharli ta’sir etuvchi moddalar
-qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
-maxsus ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
b) organizmga kirish yo‘llari bo‘yicha:
-nafas olish yo‘li orqali kiruvchi moddalar
-oshqozon-ichak yo‘li orqali kiruvchi moddalar
-badan terisi va shiliq qavatlar orqali kiruvchi moddalar
3. Biologik omillar
-mikroorganizmlar va ularning ishlab
chiqaradigan mahsulotlari
-makroorganizmlar
-biologik preparatlar, antibiotiklar, vitamin preparatlari.
4. Ruhiy-fiziologik omillar
-jismoniy zo‘riqishlar (statik va dinamik)
-asab-ruhiy zo‘riqishlar (aqliy zo‘riqish, analizatorlarning zo‘riqishi,
emotsional zo‘riqish).
Ko‘rsatib o‘tilgan omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar kasb
kasalliklari deb ataladi. Bu omillarning ishchilar organizmiga ta’siri turli
kasblarda ishlaydiganlarda va turli korxonalarda mavjuddir, ammo bu
ta’sir oqibatida barcha kasalliklar yuzaga keladi degan so‘z emas. Kasb
kasalliklari shu korxonada bor bo‘lgan qanday ishlab chiqarishga doir
omil bo‘lishidan qat’iy nazar, agar uning miqdori yoki darajasi ruxsat
etilgan qiymatlardan katta bo‘lgan taqdirdagina kuzatilishi mumkin.
Shuning uchun patologiyalarning hammasini spetsifik
va nospetsifik
249
patologiya turlariga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Spetsifik pato-
logiyalar uchun ishlab chiqarishga oid omil etiologik omil bo‘lib xizmat
qiladi (masalan, shovqin ta’sirida koxlear nevrit, changlar ta’sirida
pnevmokoniozlar va h.k.).
Nospetsifik patologiyalar uchun ishlab chiqarish omillari sharoit
yaratib beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi (masalan, bronxitlar uchun
chang, konyunktivit va yiringli teri kasalliklari uchun chang kabilar).
O‘zR SSVning 200 sonli buyrug‘iga
muvofiq kasb kasalliklari
ro‘yxatiga quyidagi kasalliklar kiritilgan:
1. Kimyoviy omillar keltirib chiqaradigan kasb kasalliklari (o‘tkir,
surunkali zaharlanishlar va ularning oqibatlari, teri kasalliklari - 7 ta
nomdagi kasalliklar, metallarga oid) – 3-guruhdagi kasalliklar.
2. Sanoat aerozollari ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar (pnevmo-
koniozlar, surunkali bronxit, surunkali rinofaringolaringit)-3 - guruhdagi
kasalliklar.
3. Fizikaviy omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar (ionlanti-
ruvchi nurlanishlar, ionlantirmaydigan nurlar, lazer nurlari, shovqin,
tebranish, ultratovush, nurlanish energiyalari - infraqizil nurlanishlar,
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonlari, ulrabinafsha nurlar,
yuqori atmosfera bosimlari nomuvofiq mikroiqlim) - 12 guruhdagi
kasalliklar.
4. Jismoniy zo‘riqishlar ya’ni og‘ir yuklarni ko‘tarish yoki ayrim or-
ganlarning zo‘riqishi - 2-3 - guruhdagi kasalliklar.
5. Biologik omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar - 2 guruh-
dagi kasalikllar
6. Allergik kasalliklar.
7. Xavfli o‘sma kasalliklari (7 ta nozologik shakldagi kasalliklar).
Bundan tashqari kasb kasalliklar ro‘yxatiga kasb
kasalliklarining
kelib chiqishida etiologik omil hisoblangan xavfli va zararli omillarning
nomlari ham kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: