F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini tekshirish va baholash



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

2.7. Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini tekshirish va baholash 

Umumiy  amaliyot  shifokorining  muhim  vazifalaridan  biri  aholida  oqilona 

(to’g’ri)  ovqatlanish  ko’nikmalarini  shakllantirish  bo’yicha  bajariladigan  ish 

hisoblanadi. 

Oqilona  yoki  to’g’ri  ovqatlanish  deb  –  organizmning  jinsi  yoshi  va  mehnat 

faoliyatining  turiga  muvofiq  fiziologik  ovqatlanish  ehtiyojlarini  qondira  oladigan, 

yuqori  mehnat  qobiliyatini  yarata  oladigan,  atrof  muhit  omillarining  nomuvofiq 

ta’sirlariga  qarshi  organizmning  kurashish  qobiliyatini  oshiradigan,  insonning 

faollik yillari va uzoq umr ko’rish yillarini uzaytiradigan ovqatlanishga aytiladi. 

Oqilona  ovqatlanishga  bir  qator  aniq  gigiyenik  talablar  qo’yilib,  ularning 

asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 

1.  Kunlik  ratsion  organizmning  yoshi  jinsi,  mehnat  faoliyatining  turiga  muvofiq 

oziqaviy  moddalar  va  zaruriy  energiyaga  bo’lgan  fiziologik  ehtiyojini,  hamda 

ayollarning homiladorlik va bolalarini boqish bilan bog’liq bo’lgan talabni qondira 




 

58 


 

olishi kerak.  

2. Ratsiondagi ozuqli moddalar bir-biri bilan o’zaro nisbatda bo’lishi lozim. Mas., 

asosiy ozuqli moddalar- oqsillar, yog’lar va uglevodlar o’rtacha 1 : 1,2 : 4,6 yoki 1: 

1: 4 bo’lishi kerak. 

3.  Ovqat  yil  fasllarini  hisobga  olgan  holda  kun  davomida  to’g’ri  taqsimlangan 

bo’lishi  kerak.  Mas.,  yilning  sovuq  faslida  ratsionning  kaloriyaliligi  bo’yicha 

nonushta 30-35%, tushlik 35-45% va kechki ovqat  – 25-30% tashkil  etishi kerak. 

Yilning  issiq  fasllarida  tushlikning  kaloriya  qiymatini  kamaytirib, uyqudan  2  soat 

oldin  iste`mol  qilinadigan  kechki  ovqatning  kaloriyalik  qiymatini  oshirish  tavsiya 

etiladi. 

4.  Kunlik  ratsiondagi  taomlar  to’plami  turli  xil  bo’lmog’i  darkor,  shu  bilan  birga 

ovqat  ratsioniga  albatta  yil  faslini  hisobga  olib  sabzavot  va  mevalarni  qo’shish 

tavsiya etiladi. 

5.  Mahsulotlar  to’plamini  tanlashda  organizmning  fermentlarga  doir  holatini, 

ovqatlanishdagi milliy an’analar inobatga olinishi kerak. 

6.  Ratsionga  kiritiladigan  ovqat  mahsulotlari  sifatli  bo’lishi  kerak  ya’ni  o’z 

tarkibida organizmga zarar keltiradigan moddalarni tutmasligi lozim. 

Barcha  gigiyenik  talablarga  muvofiq  keladigan  amaldagi  ovqatlanish,  va 

birinchi navbatda organizmning fiziologik ehtiyojiga mos keladigan ovqatlanishga 

adekvat ovqatlanish deyiladi. 

Shaxsiy  ovqatlanishning  adekvatligini  baholash  uchun  ko’pincha  so’rov 

usulidan  foydalaniladi  va  keyinchalik  o’rtacha  kunlik  ratsionning  oziqali  qiymati 

va kaloriyaliligi hisoblab topiladi. Bu usulning mohiyati shundan iborat-ki, patsient 

(yoki  bir  guruh  aholi)  dan  so’rash  orqali  o’rtacha  kunlik  ovqat  ratsionining 

to’plami  va  iste’mol  qilingan  ovqatlarning  miqdori  aniqlanadi  va  taomnoma 

tuziladi.  So’nga  ovqat  mahsulotlarining  kimyoviy  tarkibini  ifodalovchi  maxsus 

jadval  yordamida  ratsiondagi  oqsillar,  yog’lar,  uglevodlar,  vitaminlar,  mineral 

moddalar miqdori topiladi, keyin olingan ma’lumotlarni ovqatlanishning fiziologik 

me’yorlariga  taqqoslanadi.  Shunday  qilib,  shaxsiy  ovqatlanishning  fiziologik 




 

59 


 

ovqatlanish  me’yorlariga  muvofiqligini  baholash  quyidagi  bosqichlar  bo’yicha 

amalga oshiriladi: 

1.  Hafta  kunlari  bo’yicha  iste’mol  qilingan  ovqatlanishning  harakteri  haqidagi 

ma’lumotlarni  to’plash,  o’rtacha  kunlik  ovqat  mahsulotlarining  to’plami  va 

miqdorini hisoblash. 

2.  Kunlik  ovqat  ratsionidagi  ozuqli  moddalar  va  ratsionning  energetik  qiymatini 

inobatga olib, mahsulotlar ko`rsatilgan taomnoma tuziladi (2.6.1-jadval). 

3. Olingan ma’lumotlar ovqatlanishning fiziologik me’yorlari bilan taqqoslanadi. 

Ovqatlanishdagi milliy urf-odatlar, yilning fasli va boshqalarni hisobga olib, 

ovqatlanish  tartibi  bo’yicha  ovqat  mahsulotlarining  oqilona  taqsimlanganligi 

haqida  fikr  yuritish  uchun  1-3  kun  ichidagi  amaldagi  ovqatlanish  sifatini  tahlil 

qilish mumkin. Buning uchun quyidagi shaklda taomnoma tuziladi: 

2.6.1-jadval 

Taomlar 

nomi 


Mahsulot 

nomlari 


Mah

su



mi

q

d



o

ri

 



O

q

si



ll

ar

 



Y

og

’l



ar

  

U



g

le

v



o

d

lar



 

V

it



am

in

 



 

Mi

n



er

al

 



mo

d

al



ar

 

K



al

o

ri



y

Nonushta: 



-guruchli 

kasha 


 

sut 


guruch 

qant 


saryog’ 

 

200 



30 

10 


 

4,2 



3,8 



 

6,4 


0,5 

4,6 



 

6,3 


19,2 

0,2 



 

 

 



 

 

 



Ratsiondagi  ovqat  moddalarining  miqdori  va  energetik  qiymati  ovqat 

mahsulotlarining kimyoviy tarkibi ifodalangan jadval yordamida hisoblanadi. Kun 

davomida  iste’mol  qilingan  mahsulotlar  yig’indisi,  kunlik  ratsionning  energetik 

qiymati va ularning iste’mol qilinish tartibi bo’yicha taqsimlanganligi hisoblanadi. 

Oqsillar, yog’lar, uglevodlarning o’zoro nisbati aniqlanadi. Ovqatlanishning xilma-

xilligi,  yil  fasllarining  inobatga  olinishi,  ovqatlanishdagi  milliy  urf-odatlarni 

hisobga olinganligi baholanadi. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish