F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Harbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

10.2.Harbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat 

mahsulotlarining me’yori 

Harbiy  xizmatchilarni  yuqori  darajadagi  jangovorlik  holatini  belgilab 

beruvchi  asosiy  omillarga,  ularning  oqilona  ovqatlanishi  kiradi.  Oqilona 

ovqatlanishni  tashkil  qilishning  asosiy  mezoni  sifatida  quyidagilarni  keltirish 

mumkin:  

1.Harbiy  xizmatchilar  organizmining  fiziologik  ehtiyojiga  muvofiq  ovqat 

mahsulotlarini iste’mol qilishi; 

2.Ozuqli moddalarning o’zaro muvozanatlashganligi 

3.Tinchlik  va  harbiy  harakatlar  sharoitiga  muvofiq  ovqat  iste’moli  me’yorlari 

bo’yicha taqsimlanishi. 

Harbiy  xizmatchilarning  ovqatlanishi  tashkil  qilishdagi  o’ziga  xos  xususiyati 

shundan  iboratki,  ularni  ovqatlantirish  kunlik  ta’minot  me’yori  asosida  amalga 

oshiriladi (MV-ning №288- buyrug’i) va bunda belgilangan ovqat mahsulotlarining 



 

586 


 

energetik  qiymatliligi  harbiy  qismlarning  tarkibiga  va  qo’shin  turlariga  bog’liq 

holda o’zgarib boradi. 

Kunlik  ta’minot  me’yorlari  deb  -  1  askar  uchun  1  kecha-kunduzga 

mo’ljallangan  ovqat  mahsulotlarining  miqdori  va  sifat  tarkibiga  aytiladi.  Buni 

oddiy ko’rinishda askar payogi deb nomlanadi. Payoklar har xil turga bo’linadi:  

-qozonga doir payoklar ya’ni issiq ovqatlar 

-quruq  payoklar  –issiq  ovqat  tayyorlash  sharoiti  bo’lmaganda  beriladigan  ovqat 

mahsulotlari 

-qo’shimcha  payoklar  –havo  desant  qo’shinlari,  yuqori  tog’li  tumanlarda  xizmat 

qiluvchilar, uchuvchilar tarkibi, zobitlar tarkibi, suv ostida xizmat qiluvchilar kabi. 

Umuman 


olganda 

MDH 


mamlakatlaridagi 

harbiy 


xizmatchilarni 

ovqatlantirish  uchun 40  ga  yaqin payoklardan  foydalaniladi,  shu  jumladan 11 tasi 

asosiy  ovqatlar  (qozon  ovqatlari),  8  ta  qo’shimcha  va  19  turdagi  quruq  payoklar. 

Bular  ichida  eng  asosiysi,  asosiy  payok  hisoblanadi.  Bu  payoklarni  ishlab 

chiqishda quyidagi asosiy tavsiyanomalar inobatga olingan: 

-kunlik ratsionning energetik qiymati - 4112 kkal; 

-oqsillar -106 g; 

-yog’lar -93 g; 

-karbonsuvlar -687 g; 

-vitaminlar - "C" -70 mgdan kam bo’lmasligi, "A"  -1,5 mg, "V1" va "V2" -2 mg, 

"RR"-15mg,  fosforlar  -2525  mg,  kalsiy  -  670mg,  temir-28mg  (MV  1990  yildagi 

№445  Buyrug’i).  O’zR  QK  -da  MV-ning  №288-buyrug’iga  muvofiq  quyidagi 

soldat  payoklari  mavjud:  umumqo’shinlar  payogi  (№1-me’yor),  uchuvchilar 

payogi (№2-me’yor), davolovchi payok-(№5- me’yor), umumqo’shinlarning quruq 

payoklari  -  (№9-me’yor).  Shu  buyruqqa  muvofiq  harbiy  dala  sharoiti  va  ayrim 

vaziyatlarda ayrim ovqat mahsulotlarini tarkibi va energetik qiymati mos keladigan 

boshqa mahsulotlar bilan almashtirish mumkinligi ham ko’rsatilgan. 

Umumqo’shinlar  payogidagi  mahsulotlar  ro’yxatiga  quyidagilar  kiritilgan 

bo’lib,  ularning  asosiylari  20  mahsulotdir,  shu  jumladan:  non  -750  g,  yormalar  - 



 

587 


 

120 g, go’sht -175 g, baliq -100g, qand - 70 g, tuxum -haftasiga 4 dona, mevalar -

900 g v.b. 

Harbiy  xizmatchilarning  ovqatlanishini  tashkil  qilishning  o’ziga  xos 

xususiyatlari  shundan  iboratki,  u  ommaviy  xarakterga  ega  bo’lib,  ovqat 

mahsulotlari  bilan  ta’minlash,  issiq  ovqatlarni  tayyorlash  va  tarqatish 

markazlashgan holda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilarning ovqatlantirilishini 

sanitar  nazoratdan  o’tkazish,  shu  ovqat  qanday  sharoitda  tayyorlanganligi  ya’ni 

tinchlik yoki harbiy dala sharoitida tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish