F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Ftor.   Ftorning biologik tutgan o’rni va unga bog’liq bo’lgan kasalliklar



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Ftor.

 

Ftorning biologik tutgan o’rni va unga bog’liq bo’lgan kasalliklar. 

Ftor  elementining  ichimlik  suvi  tarkibidagi  kontsentratsiyasiga  muvofiq 

uning  biologik  roli  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Ichimlik  suvi  tarkibida  ftorning 

kontsentratsiyasi  0,5  mg/l  dan  kam  bo’lgan  taqdirda  tish  kariesi  kasalligini  kelib 

chiqishi, ichimlik suvi tarkibida ftorning kontsentratsiyasi 1,5 mg/l ortib ketganda 

flyuoroz kasalligi rivojlanishi mumkin. Flyuoroz kasalligida faqatgina tishlarda oq 

dog’larning hosil bo’lishi kuzatilmay, balki u organizmga umumiy ta’sir ko’rsatib, 

suyak  sistemasiga  (osteoporoz,  osteoskleroz),  nerv  sistemasining  funksional 

o’zgarishlariga  sababchi  bo’ladi.  Suvda  ftorning  miqdoriy  o’zgarishi  karies  yoki 

flyuoroz  kasalligini  keltirib  chiqaruvchi  mutloq  sabab  bo’lolmaydi.  Bundan 

tashqari  tabiiy  iqlim  sharoitlari,  aholining  ovqatlanish  tarzi,  mehnat  va  turmush 

sharoitlarining  ahamiyati  bor,  ammo  ftor  asosiy  hal  qiluvchi  rolni  bajaradi. 

Shuning  uchun  ichimlik  suvi  tarkibida  ftor  optimal  miqdorlarda  -  0,7  -  1,2  mg/l 

atrofida bo’lishi kerak. 

Alohida  belgilab  qo’yish  kerak-ki,  agar  ftorning  etishmasligi  muayyan 

biokimyoviy  hududning  tabiiy  xususiyatlariga  muvofiq  bo’ladigan  bo’lsa,  uning 

ortiqcha  miqdorlarda  bo’lishi,  qoida  bo’yicha  antropogen  tabiatga  ega  bo’lib, 

ayrim  sanoat  korxonalarining  atrof  muhitga  chiqaradigan  chiqindilari  bilan 

bog’liqdir  (superfosfat  zavodlari,  ftorli  tuzlarni  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar, 

pestitsidlarni  ishlab  chiquvchi,  aviatsiya  yoqilg’ilarini  ishlab  chiqaruvchi 

korxonalar). 




 

484 


 

Bizning  Respublikamiz  hududida  ftorni  kam  tutuvchi  viloyatlar  talaygina  -

Andijon,  Toshkent,  Xorazm,  shunga  bog’liq  holda  bu  regionlardagi  aholining  60 

dan 90% gachasi tish kariesi bilan kasallangan. Aytish lozim-ki, Toshkent ma’dan 

suvining tarkibida ftor elementi yetarli miqdorlarda bo’lib, shu suvdan muntazam 

iste’mol  qilish  tish  kariesi  kasalligini  oldini  olishdagi  eng  natijali  tadbir  bo’lib 

hisoblanadi.  Flyuoroz  kasalligi  bizning  Respublikamizda  Farg’ona  viloyatining 

Dang’ara tumani aholi o’rtasida qayd qilingan. Buning sababi shu hududdagi aholi 

Qo’qon soyning suvidan iste’mol qilgan bo’lib, bu soy suviga Qo’qon superfosfat 

zavodining  chiqindi  suvi  oqizilar  ekan.  Tabiiy-ki,  bu  chiqindi  suv  tarkibida  ftor 

birikmalari juda yuqori kontsentratsiyalarda bo’lgan. 

Karies  kasalligini  oldini  olishdagi  eng  muhim  tadbirlardan  biri  suv 

tarkibidagi  ftorning  miqdorini  normal  holga  keltirishdan  iborat  ya’ni  ftor  ko’p 

bo’lganda deftorlash va ftor kam bo’lganda ftorlashdan iborat. 

Bizda  bunday  tadbir  o’tkazish  1945  yildan  boshlangan  bo’lib,  uning 

samarasi juda tez ko’zga tashlanadi, karies yoki flyuoroz bilan kasallanish darajasi 

tezda  kamayadi.  Endemik  flyuoroz  kasalligi  bor  bo’lgan  o’choqlarda  sanoat 

korxonalari  chiqarayotgan  chiqindi  suvini  ftorsizlantirish  muhim  aqamiyat  kasb 

etadi. 

Endemik  kasalliklardan  bizning  respublikamizda  qayd  qilinadigan  turi 

alimentar anemiya bilan aholining yuqori darajada kasallanishi hisoblanadi  -temir, 

mis,  kobalt  elementi  kam  uchraydigan  regionlar  (Qoraqalpog’iston,  Farg’ona, 

Sirdaryo viloyatlari)dagi aholining 43% gacha bo’lgan aholi. Ovqatlanish ratsioni 

tarkibidagi  fosfor  bilan  bolalardagi  raxit  kasalligining  kelib  chiqishi  o’rtasida 

bilvosita  bog’lanish  borligi  aniqlangan  (Toshkent,  Farg’ona,  Sirdaryo, 

Surxandaryo).  Alimentar  anemiya  kasalliklarining  oldini  olishdagi  asosiy 

profilaktik  tadbir  bo’lib,  atrof  muhit  ob’ektlarida  kimyoviy  elementlarning 

miqdorini  optimallash  hisoblanadi,  ayniqsa  ichimlik  suvi  va  oziq-ovqat 

mahsulotlarida.  Bundan  tashqari  O’zR  ning  bir  qator  viloyatlarida  (Xorazm, 

Surxondaryo,  Namangan,  Buxoro)  gi  tuproq  tarkibida  mikroelementlardan  rux 




 

485 


 

moddasi kam miqdorda ekanligi aniqlangan. Ana shu viloyatlardagi aholi o’rtasida 

T-limfotsitlarining defitsiti ya’ni tanqisligi yaqqol ko’zga tashlanadi, bu o’z o’rnida 

aholi  organizmida  rux  elementining  yetarlicha  tushmasligi  oqibatida  immunitet 

zvenosidagi  T  -  limfotsitlardagi  turli  parametrlarning  izdan  chiqishiga  sababchi 

bo’lishi  mumkin  (R.M.Ruzibakiev  va  b.,1995y).  Bizning  respublikamiz  uchun 

harakterli  bo’lgan  endemik  kasalliklardan  tashqari,  boshqa  biogeokimyoviy 

viloyatlarga taalluqli bo’lgan boshqa endemik kasalliklar ham ma’lum. 

Urov yoki Kashin va Bek kasalligi. 

Bundan  150  yil  avval  (1857)  N.I.Kashin  o’zining  bir  ma’ruzasida 

"Nerchinsk  okrugidagi  bo’qoq  va  kretinizm"  haqida  xabar  berib,  Urov  daryosi 

qirg’og’i  bo’ylab  yashovchi  aholi  o’rtasida  ilgari  ma’lum  bo’lmagan  kasallik 

haqida  axborot  bergan.  Keyinchalik  bu  kasallik  va  uning  tarqalganligi  haqida 

Ye.V.Bek  tomonidan  batafsil  ma’lumotlar  berilgan  (1890).  Oktyabr  inqilobidan 

so’ng  bu  o’lkadagi  kasallikni  o’rganish  maqsadida  birqancha  ekspeditsiyalar 

tashkil etilgan va Chita viloyatida maxsus ilmiy tekshirish stantsiya tashkil etilgan. 

Urov kasalligi  faqat Baykal  orti o’lkalarida  emas,  balki  Uzoq  Sharq va  Vologda, 

Pskov, Leningrad viloyatlarida ham qayd qilingan. O’zR da ham kasallik belgilari 

aniqlangan. 

Urov  kasalligi  bilan  asosan  bolalar  va  o’smirlar  kasallangan  bo’lib, 

ko’pincha 16-20  yoshli  o’smirlarda og’irroq kechgan.  Kasallikning  ilk  belgilarini 

aniqlash  juda  murakkab  bo’lgan,  chunki  kasallik  belgilari  nospetsifik  tabiatga 

egadir.  Asosiy  kasallik  belgilari  -  diqqat-e’tiborning  buzilishi,  tez  toliqish, 

xotiraning  pasayishi,  mantiqiy  fikrlash  qobiliyatining  izdan  chiqishi  kabilar. 

Kasallikning 

keyingi 


davrlarida 

suyak-bo’g’in 

apparatidagi  o’zgarishlar 

(suyaqlardagi  o’sishning  sekinlashuvi,  kalta  barmoqlik,  suyaqlar  deformatsiyasi, 

bo’g’inlarning bukilishidagi kontraktura) yuzaga keladi. 

Urov kasalligi haqida yagona bir fikrdagi sabablar keltirilmagan, vaholanki, 

ko’pgina  mutaxassilarning  fikriga  ko’ra  kasallikning  rivojlanishida  tabiiy 

muhitdagi strontsiy elementining ortiqchaligi va kaltsiy elementining etishmasligi, 




 

486 


 

ana shu regionlarga xos ekanligi ko’rsatilgan. Kaltsiyning xususiyatlariga o’xshash 

xususiyatlarni  strontsiy  namoyon  etib,  u  ossifikatsiya  jarayonini  izdan  chiqishiga 

olib  keladi.  Shuningdek,  kasallikning  kelib  chiqishida  ayrim  turdagi  mo’g’orlar-

zamburug’larning  muhim  rol  o’ynashi  mumkin  degan  ma’lumotlar  ham  bor 

(F.P.Sergievskiy), irsiy xususiyatlarning mohiyati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan 

(Yu.A.Domaev). 

Kasallikni  oldini  olish  uchun  bugungi  kunda  radikal  ko’rinishga  ega  emas, 

faqat  kasallikni  iloji  boricha  ertaroq  aniqlash  va  davolash  ishlarini  o’tkazish  deb 

qaraladi. 

Endemik  kasalliklarni  ta’riflash  bilan  bir  qatorda  biogeokimyoviy 

viloyatlardagi  antropogen  xususiyatlarga  bog’liq  bo’lgan  kasalliklarga  ta’rif 

bermasdan bo’lmaydi. Masalan, azotli mineral o’g’itlarni keng ko’lamda qo’llash, 

ko’pgina  korxonalar  tomonidan  azotli  birikmalarning  ishlab  chiqarilishi,  suv 

muhitini  organik  moddalar  bilan  ifloslanishi.  Bizning  sharoitda  suv  muhitida 

bo’ladigan organik birikmalarning nitritlargacha parchalanishi va undan nitratlarga 

o’tish natijasida sun’iy tarzda boqiladigan ko’krak yoshidagi bolalar o’rtasida suv-

nitratli  metgemoglobinemiya  kasalligini  kelib  chiqishiga  sababchi  bo’lishini 

kuzatish  mumkin.  Nitratlar  organizmda  gemoglobin  bilan  birikib,  barqaror 

xususiyatga  ega  bo’lgan  metgemoglobinni  hosil  bo’lishi  va  natijada  oksidlanish-

qaytarilish  jarayonlarining  izdan  chiqishiga  olib  keladi.  Bu  kasallikni  oldini 

olishdagi  asosiy  tadbir  hisobida  suvning  nitratlar  bilan  ifloslanishiga  yo’l 

qo’ymaslik va bu moddaga nisbatan azot bo’yicha REK -10 mg/l qilib belgilangan. 

Bundan  tashqari  suv,  tuproq,  oziq-ovqat  mahsulotlari  tarkibida  nitratlarning 

miqdori ortib ketgan sharoitda oshqozon saratoni kelib chiqishi (Chili, Kolumbiya, 

respublikamizda  va  xususan  TTA  atrof  muhit  gigiyenasi  kafedrasi  hodimlarining 

izlanish ishlari) haqidagi ma’lumotlar mavjuddir. 

Yaponiyadagi  Djinsu  daryosi  bo’ylab  yashovchi  aholi  o’rtasida  bir  qancha 

yil  davomida  (1960  yillar)  o’ziga  xos  bir  kasallik  belgilari  haqida  ma’lumotlar 

berilgan  bo’lib,  kasallik  bel  va  qov  sohasida  kuchli  og’riqning  paydo  bo’lishi, 




 

487 


 

kurak  va  bo’g’inlarda  og’riqlarning  yuzaga  kelishi  bilan  ta’riflangan.  Kasallikka 

"Itay-Itay"  (juda  kuchli  og’riq)  deb  nom  berilgan.  Kasallikning  asosiy  sababchisi 

bo’lib,  shu  daryo  yoqasidagi  tog’-kon  korxonasidan  chiqariladigan  chiqindi  suvi 

tarkibida  kadmiy  elementining  yuqori  kontsentratsiyasi  tufayli  aholida  surunkali 

zaharlanish kuzatilgan. Aytish lozim-ki, kasallikning shakllanishida suv tarkibidagi 

kadmiy  elementining  kontsentratsiyasi  0,01  mg/l  dan  ortiq  bo’lgan  va  surunkali 

ta’sir etganda shakllanishi mumkin. 

Boshqa  turdagi  endemik  kasalliklar  ham  ma’lum  bo’lib  ("Berilliyga  oid 

raxit",  "molibdenozis"),  sanoat  korxonalaridan  chiqariladigan  chiqindi  suvi 

tarkibidagi  shunga  oid  elementlar  kontsentratsiyasining  ortiqcha  miqdorlarda 

bo’lishi bilan bog’liqligi hisoblanadi. Bu kasalliklarning oldini olishdagi birdan-bir 

profilaktik chora sifatida suv havzalarining ifloslanishiga yo’l qo’ymaslikdir. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish