F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

8.2. Aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash. 

Zamonaviy shaharlar, shahar turkumiga kiruvchi tuman markazlari va aholi 

yashash  poselkalarining  qurilishi  aholi  sonining  ortib  borishi  bilan  bog’liq  holda 

aholi  yashash  joylarini  turli  hildagi  sanoat  va  xo’jalik  chiqindilaridan  tozalash 

muammosining  gigiyenik  ahamiyati  kundan-kunga  ortib  bormoqda.  Insonlarning 

hayoti  va  mehnat  faoliyatlari  juda  katta  miqdordagi  chiqindilarni  hosil  bo’lishi 

bilan bog’liq bo’lib, ular 2 guruhga bo’linadi:  

1.Suyuq  chiqindilar  (ifloslangan  suvlar,  kir  yuvishdag  hosil  bo’ladigan  suvlar, 

umumiy  ovqatlanish  muassasalaridan  chiqariladigan  suvlar,  kundalik  turmushdan 

va sanoat korxonalaridan chiqariladigan suyuq chiqindilar; 

2.Qattiq  chiqindilar  (oshxona  chiqindilari,  ahlat  va  ko’cha  sipirindilari,  sanoat 

korxonalarida  hosil  bo’ladigan  qattiq  chiqindilar).  Kilingan  hisob-kitoblarga 

qaraganda  1  odam  1  yil  davomida  o’rtacha  160  kg  dag  360  kg  gacha  qattiq 

chiqindilarni  va  3250  l  gacha  suyuq  chiqindilarni  chiqarar  ekan.  Har  yili 

Respublikamizdagi  kanalizatsiyasi  bo’lmagan  aholi  turur-joylaridan  o’n  ming 

tonnalab  chiqindilarni,  kanalizatsiyasi  bor  bo’lgan  shaharlardan  esa  o’n  minglab 

quruq chiqindi va million kub metrlab suyuq chiqindilar tashib chiqiriladi. Bunday 

katta  miqdorlardagi  chiqindilarni  nima  qilish  kerak  va  ularni  qanday 

zararsizlantirish  mumkin  degan  muammoning  yuzaga  kelishi  tabiiy  bir  hol.  Axir 

bu  chiqindilar  o’z  tarkibida  juda  katta  miqdordagi  mikroorganizmlarni  tutadi, 

gelmintlar  va  ularning  tuxumlarini,  shuningdek,  metall  va  shisha  chiqindilari, 

plastik  materiallarning  qoldiqlari  va  turli  tabiatga  ega  bo’lgan  kimyoviy 




 

478 


 

birikmalarni  ushlaydi.  Chiqindilarni  o’z  holicha  tashlab  quyilishi  esa,  ularning 

parchalanishi  va  chirishi  oqibatida  o’zidan  turli  hildagi  qo’lonsa  hid  tarqatuvchi 

kimyoviy  gazlarni  hosil  qilib  tabiiy  muhitning  tozaligiga  putur  yetkazadi;  sasib  - 

chiriyotgan  chiqindi  pashshalar,  suvaraqlar,  kemiruvchi  hayvonlar  va  boshqa 

turdagi zararkunandalarni ommaviy tarzda ko’payib ketishiga sharoit yaratadi. 

Aholi  yashash  joylarida  hosil  bo’ladigan  va  chiqarib  tashlanadigan 

chiqindilarni  tashkiliy  tarzda  to’plash,  uzoqlashtirish  va  zararsizlantirish  tizimi 

tashkil  etilmagan  taqdirda  ana  shu  joylarning  sanitar  tartibini  keskin 

yomonlashishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun aholi yashash joylarini ahlatlar 

va  chiqindilardan  o’z  vaqtida  tozalash  va  zararsizlantirish  muhim  gigiyenik 

ahamiyatga egadir. 

Aholi yashash joylarini qanday usulda bo’lmasin tozalashda quyidagi asosiy 

prinsipga amal qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar 

bilan  kamroq  aloqada  bo’lishi  va  atrof  muhitga  imkon  qadar  zarar  keltirmasligi 

ya’ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Bu prinsipga 

aholi  yashash  joylarida  to’planadigan  ahlatlar  va  chiqindilarni  muntazam,  o’z 

vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni 

zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilishi sharoitidagina amal 

qilinishi mumkin. 

Aholi  yashash  joylarini  suyuq  chiqindilardan  tozalash  quyidagi  tarzda 

amalga oshiriladi: 

1. Tashib chiqarish tizimi orqali; 

2. Aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali (oqizish tizimi).  

Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo’ladigan 

suyuq  chiqindilar  avval  to’planishi  va  vaqtincha  saqlanishi  (xojatxonalarda, 

lyuftklozetlarda,  kir  o’ralarida)  lozim;  bu  tizimni  qo’llashda  quyidagi  holatlarga 

e’tiborni qaratish kerak - chiqindilar to’planadigan o’ralar va xandaqlar izolyatsiya 

qilingan bo’lishi kerak, tuproq orqali sizilib o’tib, shu tuproqni va yer osti suvlarini 

ifloslamasligi  lozim.  Ahlat  idishlari  va  o’ralarning  to’lishi  bilan  tezlikda  maxsus 




 

479 


 

transport  vositalari  yordamida  ularni  aholi  yashash  joylaridan  chetga  chiqarilishi 

va  zararsizlantirilishi  kerak.  Suyuq  chiqindilarni  zararsizlantirish  assenizatsiya 

maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi, Bunday tozalash va 

zararsizlantirish  usuli  shu  maydonlardagi  tuproqning  o’z-o’zidan  tozalanish 

xususiyatiga asoslangan holda bajariladi. 

Kanalizatsiya  tizimi  aholi  yashash  joylarini  suyuq  chiqindilardan 

tozalashdagi  eng  yaxshi  variant  hisoblanadi.  Jumladan,  kanalizatsiyali  shahar  va 

ishchi  posyolkalarida  oqizish  tizimidan  to’g’ri  va  unumli  foydalanilganda  aholi 

yashash  joylari  doim  toza  bo’lib,  aholi  o’rtasida  yuqumli  kasalliklar  darajasi 

keskin    pasayadi.  Afsus  bilan  ta’kidlash  lozim-ki,  O’zR  dagi  600  dan  ortiq 

kanalizatsiya  inshootlarining  50%  da  tozalash  texnologiyasi  qoidalariga  to’liq 

rioya qilinmaydi yoki gigiyenik talablarga javob bermaydi. Kanalizatsiya deganda 

- turar-joy binolari ichidagi har bir xonadonda hosil bo’ladigan suyuq chiqindilarni 

qabul  qilish  vositalari,  oqizish  shahobchalari,  chiqindi  suvlarni  tozalash 

inshootlarini tushuniladi. Chiqindi suvlarini zararsizlantirish sug’orish va boyitish 

maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida 

amalga oshiriladi. 

Umumiy  kanalizatsiya  tizimi  bo’lmagan  hollarda  ayrim  ob’ektlardan  hosil 

bo’ladigan  suyuq  chiqindilar,  agar  ularning  umumiy  hajmi  kuniga  500  m

3

 

bo’ladigan bo’lsa, kichik kanalizatsiya tizimi tashkillashtirilishi mumkin. Bunday 



tozalash  va  zararsizlantirish  turi  hosil  bo’ladigan  suyuq  chiqindilarni  ob’ektdan 

uzoqroqda maxsus tashkil etilgan maydonlarda tuproq orqali tozalash yoki kichik 

tozalash  moslamalari  (BIO,  KU)  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin,  bu 

inshootlarning qudrati kuniga 25-100 m

3

 tengdir. 



Texnik  vositalardan  va  tibbiy  jarayonlardan  to’g’ri  foydalanilgan  hamda 

to’g’ri  tashkillashtirilgan  tozalash  tizimida  kanalizatsiya  chiqindi  suvlarini 

tozalangandan  so’ng  suv  manbalariga  qo’shib  yuborilishi  yoki  maxsus  ob’ektlar 

bo’lsa,    shu  suvdan  qayta  foydalanish  imkoniyati  yaratiladi.  Masalan,  G’arbiy 

Yevropadagi  ayrim  davlatlarda  bugungi  kunda  yopiq  turdagi  suv  tarqatish 



 

480 


 

tarmog’ini  ishga  tushurish  masalasi  qo’yilgan  (suvni  manbadan  olish  -  suv 

tarqatish  tarmog’i  tizimi  -  tozalash  -  undan  yana  foydalanish  uchun  suv  tarqatish 

tarmog’iga ulash). 

Aholi yashash joylarini qattiq chiqindilardan tozalash (ahlatlar) ham  yetarli 

darajada murakkab jarayondir. 

Bizning  davlatimizda  qattiq  chiqindilarni  to’plash  va  chetlashtirish 

buyurtmasiz muntazam-rejali tizim asosida amalga oshirilishi kerak. Ko’p qavatli 

turar-joylar  qurilgan  tumanlarda  va  shaharlarda  rejali  tarzda  hovlilar  bo’ylab 

tozalash  tizimi  amalga  oshiriladi,  bunday  tizimda  har  bir  xonadonda  hosil 

bo’ladigan ahlatlar maxsus ajratilgan joylarga qo’yilgan ahlat to’plash idishlarida 

to’planadi, so’nga har  kuni  maxsus ajratilgan  transport vositasi  yordamida ularni 

zararsizlantirish  maydonchalariga  chiqarib  tashlanadi.  Kam  qavatli  turar-joylari 

qurilgan  aholi  yashash  joylarida  esa,  ahlatlarni  har  bir  xonadon  o’z  hovlisida 

maxsus  qoplar  yoki  idishlarda  to’playdi,  vaqtinchalik  saqlaydi,  ularni 

chetlashtirish  esa  maxsus  tashkil  etilgan  kunlarda  maxsus  transport  vositalari 

yordamida  chetga  chiqarib  ko’miladi  yoki  boshqa  usullardan  foydalangan  holda 

zararsizlantiriladi. Qoida bo’yicha xonadonlardan chiqadigan qattiq chiqindilar o’z 

tarkibida 

chiqindi 

qog’ozlar,  latta-puttalar,  tunuka  idishlari,  polimer 

materiallaridan  taerlangan  buyumlar  (qopchalar),  shisha  idishlari,  hamda  20% 

gacha organik moddalarni tutadi. Shuning uchun bunday chiqindilar o’g’it sifatida 

foydalanilishi  mumkin.  Hozirgi  kunda  aholi  yashash  joylarida  hosil  bo’ladigan 

barcha  qattiq  chiqindilar  ikkinchi  darajali  xom-ashyo  olish  manbai,  organik 

o’g’itlar  va  issiqlik  manbai  sifatida  foydalanilishi  mumkin  deb  baholanadi. 

Ahlatlarni  zararsizlantirishdagi  ananaviy  usul  -  ahlat  to’plash  joylari  va 

keyinchalik  ularni  ko’mish  usuli  hisoblanadi  (ahlatlarni  tuproq  usulida 

zararsizlantirish), ammo hozirgi kunda ahlatlarni biotermik usulda zararsizlantirish 

ham mavjud bo’lib, ahlatlar maxsus kameralarga joylashtiriladi, natijada ahlat o’z-

o’zidan  qizib,  uning  harorati  50-70

o

  C  gacha  ko’tariladi.  Bunday  sharoitda  ahlat 



tarkibidagi  oqsil  va  organik  birikmalar  aerobli  sharoitda  parchalanib  go’ngga 


 

481 


 

aylanadi,  mikroorganizmlar,  ayniqsa  patogen  mikroblar,  gelmintlar  va  ularning 

tuxumlari o’ladi. Eng zamonaviy usul qatoriga ahlatlarni qayta ishlash zavodlarida 

olib  boriladigan  zararsizlantirish  usulini  aytish  joizdir.  Bunday  zavodlarda 

ahlatlarni  to’plash,  tashish  va  qayta  ishlash  jarayonlari  to’g’ri  tashkil  etilsa,  bu 

korxonalar  katta  qo’shimcha  mablag’  to’plab  rentabelligini  oshirishi  va  ayniqsa 

qishloq  xo’jaligidagi  jamoa  va  fermer  xo’jaliklari  tomonidan  qayta  ishlangan 

ahlat-go’nglardan o’g’it sifatida unumli foydalanishi mumkin. Bunday korxonalar 

chet  davlatlarda  ijobiy  natijalarga  berganligi  uchun  keng  ko’lamda  qo’llanib 

kelinmoqda. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish