F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

207 


 

5-BOB 

SUV - SALOMATLIK OMILI 

        Suv  inson  hayotida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Uning  ahamiyati  faqatgina 

inson va  hayvon hayoti  bilan bog’liq bo’lmay,  balki  o’simlik  dunyosi uchun ham 

juda  muhimdir.  Suv  xalq  xo’jaligida  keng  ko’lamda  qo’llanadi,  jumladan  sanoat 

korxonalari,  texnik  ehtiyojlar,  hamda  qishloq  xo’jaligidagi  sug’oriladigan  qishloq 

xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda ko’plab sarflanadi. 

Suv havzalaridagi suvlardan foydalanishning asosiy turlaridan biri  bu aholi 

yashash joylarini suv bilan ta’minlashdir. 

Aholini  sifatli  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  va  shu  yerdagi  aholining 

salomatlik ko’rsatkichlari, ko’pgina epidemik kasalliklarni bartaraf qilinishi, aholi 

yashash  joylarini  obodonlashtirilishi  va  turar-joy  binolarining  sanitar  komfortini 

ta’minlash masalalari chambarchas bog’liqdir. 

 

2015-yilda,  dunyo  aholisining  91%i  1990  yildagi  76%  bilan 



taqqoslaganda, sifatli ichimlik suvi manbalaridan foydalana oldi. 

•  1990  yildan  boshlab,  sifatli  ichimlik  suvi  manbalaridan  2,6  milliard  kishi 

foydalanyapti. 

•  Hozirgi  kunda  deyarli  4,2  milliard  kishi  suv  tarmog’idan  foydalanmoqda;  2,4 

milliard  aholi  boshqa  sifati  yaxshilangan  suv  manbalaridan,  shu  jumladan 

himoyalangan quduqlaridan foydalanmoqda. 

• 663 million aholi sifatsiz suvdan foydalanmoqda, shu jumladan 159 million aholi 

yuzaki suv havzalaridan foydalanmoqda. 

• Global darajada, eng kamida 1,8 milliard kishi fekal moddalar bilan ifloslangan 

ichimlik suv manbalaridan foydalanmoqda. 

  

Ifloslangan suv diareya, vabo, dizenteriya, ich terlama va poliomielit kabi 



kasalliklar  qo’zg’atuvchilarini  tashuvchi  omil  bo’lishi  mumkin.  Hisob-kitoblarga 

ko’ra,  ifloslangan  ichimlik  suvi  har  yili  500  000  dan  ortiq  o’lim  holatlariga 

sababchidir. 



 

208 


 

• 2025 yilga borib, dunyoning yarim aholisi suv tanqisligi mavjud bo’lgan joylarda 

yashaydi. 

• Kam va o’rta daromadli mamlakatlarda sog’liqni saqlash muassasalarining 38 %i 

hech  qanday  suv  manbalariga  ega  emas, 19%i  sanitariya  holati  past  va 35%i qo’l 

yuvish uchun sovun va suvga ega emas.

 

Ming  yillik  rivojlanishning  ichimlik  suvi  masalasida  (MRM  7)  2010-yilda 



global darajada o’z maqsadiga yerishdi. Bu sifatli suv bilan ta’minlanmagan dunyo 

aholisini deyarli yarmiga kamaytirish  edi. 48 ta eng kam rivojlangan mamlakatlar 

ushbu  vazifani  bajarmadi,  ammo  bu  mamlakatlarda  muhim  siljish  –  1990  yildan 

aholining 42 %i sifatli ichimlik suv manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo’ldi.

 

Dunyoda  hali  aniq  geografik,  ijtimoiy-madaniy  va  iqtisodiy  tengsizlik 



saqlanib qolinmoqda va bu nafaqat qishloq bilan shahar o’rtasida, balki kambag’al 

norasmiy va noqonuniy aholi punktlarida yashayotgan ichimlik suvi manbalaridan 

foydalanish  cheklangan  kichik  va  katta  shaharlardagi  aholi  o’rtasida  ham 

mavjuddir.

 

Ifloslangan suv va sanitariya holatining pastligi vabo, diareya, dizenteriya, 



gepatit  A,  ich  terlama  va  poliomielit  kabi  kasalliklarni  uzatilishi  bilan  bog’liq. 

Suv ta’minoti va sanitar holatni boshqarishning yaxshi tizimga qo’yilmaganligi 

va  ularning  nomuvofiq  ishlashi  yoki  umuman  tashkil  etilmaganligi  inson 

salomatligi  uchun  xavf  tug’diradi.  Bu,  ayniqsa,  suv  ta’minoti  va  sanitariya 

xizmati  mavjud  bo’lmaganda  bemorlar  va  xodimlarning  qo’shimcha 

infektsiyalar  va  kasalliklar    bilan  og’rish  xavfi  bo’lgan  tibbiy  muassasalariga 

taalluqlidir. Global miqyosda 15% bemorlarning yuqumli kasallik bilan og’rishi, 

ularning  kasalxonada  bo’lish  paytida  rivojlanadi,  kam  ta’minlangan 

mamlakatlarda esa, bu ko’rsatkich ancha yuqoridir. 

Shahar,  sanoat  va  qishloq  xo’jaligi  chiqindi  suvlarini  tozalash  millionlab 

odamlar 

tomonidan 

ishlatiladigan 

ichimlik 

suvini 

kimyoviy 

yoki 

mikroorganizmlar  bilan  zararlanishining  xavfli  harakterga  ega  ekanligini 



anglatadi. 


 

209 


 

Bu  842.000  kishi  sifatsiz  ichimlik  suvi,  xavfli  sanitariya  holati  va 

qo’llarning  shaxsiy  gigiyenasiga  rioya  qilmaslik  natijasida  diareyadan  har  yili 

vafot etadi deb baholanmoqda. Biroq diareyani oldini olsa bo’ladi. 

Misol  uchun,  agar  muvofiq  xavf  omillarini  bartaraf  etilganda  har  yili  5 

yoshgacha  bo’lgan  bolalarda  361  000  o’lim  holatining  oldini  olish  mumkin 

bo’lardi.  Qaerda,  suv  bo’lmasa,  odamlar  qo’llarini  yuvish  ahamiyatga  ega 

bo’lmagan  chora  deb  o’ylashi  mumkin  -  bu  diareya  va  boshqa  kasalliklarning 

kelib chiqish ehtimolini oshiradi. 

Diareya  -  bu  ifloslangan  oziq-ovqat  va  suv  bilan  bog’liq  bo’lgan  eng 

taniqli  kasallik  hisoblanadi,  lekin  bu  boshqa  xavf  bilan  ham  bog’liq.  Misol 

uchun  ifloslangan  suv  iste’mol  qilish  ta’siri  natijasida  organizmda  parazit 

gijjalar  ta’sirida  kelib  chiqadigan  surunkali  kasallik  –  shistosomoz  kasalligi 

bilan taxminan 240 million kishi aziyat chekmoqda. 

Dunyoning  ko’pgina  yashash  hududlarida  suvda  yashovchi  va 

ko’payuvchi  hasharotlar  -  Denge  isitmasi  kabi  kasalliklarning  tashuvchilar  va 

tashuvchilar  hisoblanadi.  Infektsiya  tashuvchi  deb  nomlangan  bunday 

hasharotlarning  ba’zilari  iflos  suvda  emas,  balki  toza  suvda  ko’payadi, 

ro’zg’orda foydalaniladigan suv saqlash idishlari ularning ko’payishi uchun joy 

bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Mazkur  idishlarning  qopqoqlaridan  foydalanish 

kabi  bu  oddiy  chora  uy  sharoitida  suvni  najas  bilan  ifloslanishini  oldini  olish 

bo’yicha  qo’shimcha  yordam  berishi  va  infektsiya  tashuvchilarning  ko’payish 

darajasini  kamayishiga  yordam  berishi  mumkin. 

Suvning  salomatlik  omili 

ekanligiga  ta’rif  berilganda  uning  asosiy  3  ta  tutgan  o’rniga  qattiq  e’tibor 

berilishi talab etiladi.

 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish