haroratidan past bo’lsa infraqizil nurning tarqalishi ko’rinishida), badan terisi
179
terisini sovuq havo oqimiga uchrashi yoki sovuq jismlarga tegishi). Bunday
yo’llar orqali issiqlikning uzatilish ahamiyati mikroiqlim sharoitlariga bog’liq
holda turli miqdorlarda o’zgarishi mumkin. Masalan, havo haroratini oshishi, shu
bilan atrofdagi predmetlar yuzasidagi haroratning ko’tarilishi sharoitida
organizmdan nurlanish orqali uzatiladigan issiqlik miqdori pasayadi. Oddiy
sharoitda nurlanish orqali chiqariladigan issiqlik miqdori 50-55% tashkil qiladi.
Ammo bunday sharoitda ya’ni havo namligi pasaygan sharoitda terlash
kuchayadi. Agar bunda havoning harakati tezligi oshsa, o’tkazish yo’li va badan
yuzasi orqali bug’lanish kuchayadi. Va aksincha, havo harorati pasayganda
nurlanish va o’tkazish orqali issiqlikning yo’qotilishi keskin ortadi, buning ustiga
havodagi namlik ham ortib ketsa, o’tkazish yo’li orqali issiqlikning uzatilishi
keskin ortib ketadi (nam havo quruq havoga nisbatan 7 marta ko’proq issiqlikni
oladi). Shunday qilib, odamning issiqlik holati doimiy ravishda mikroiqlim
ta’sirida bo’ladi. Bunday sharoitda maqsadli tarzda mikroiqlimning ayrim
ko’rsatkichlarini o’zgartirish orqali, odamning issiqlik holatini sezilarli darajada
yaxshilash mumkin.
Ammo mikroiqlim faqat issiqlik boshqarilish jarayonigagina ta’sir etmay,
balki juda ko’p organlar va sistemalarning, jumladan yurak qon tomir, nafas olish
organlari, MNS ning funksional holatiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Juda ko’p ob’ektlarda sog’lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish
tadbirlarini o’tkazishda faqat mikroiqlimning absolyut ko’rsatkichlarini hisobga
olibgina qolmay, balki ularning organizmga kompleks ta’sirini ham inobatga olish
talab etiladi. Bunday sharoitda jadvallar, nomogrammalar bo’yicha mikroiqlimni
integral baholash, odamlar organizmida ro’y beradigan o’zgarishlarni hisobga
olishga qaraganda kam ma’lumot beruvchi va kam ahamiyatli ekanligi ma’lum.
Muayyan mikroiqlim sharoitida organizmning holatini baholash, birinchi
navbatda odamdagi issiqlik holatini baholashni nazarda tutadi va u ikki usulda
bajarilishi mumkin: sub’ektiv va ob’ektiv.
180
Issiqlik holatini sub’ektiv baholash usuliga odamlardan so’rov o’tkazish va
Shaxbazyan shkalasi bo’yicha issiqlik holatini baholash kiradi: sovuq, sovuqroq,
normada, issiqroq, issiq; so’rov o’tkazilgandan so’ng, nomuvofiq issiqlik
sezgisini aytgan odamlarning foizi aniqlanadi.
Eng keng tarqalgan usullar qatoriga odamning issiqlik holatini ob’ektiv
usullar bilan baholash kirib, bunda badanning turli ochiq joylaridagi terisi
yuzasining haroratini elektrtermometri yordamida o’lchash orqali baholash
amalga oshiriladi. Bunda eng ko’p ma’lumot beruvchi ko’rsatkich bo’lib,
"peshona - qo’l panjasi terisining tashqi yuzasi" harorati o’rtasidagi farq
(gradient) hisoblanadi. Bu qiymat komfort sharoitda 3 - 6
o
C atrofida bo’ladi.
gradient 3
0
dan past bo’lsa organizmning qizishi, 6
o
dan ortiq bo’lsa
organizmning sovushi haqida fikr yuritish mumkin.
Yetarli darajada ma’lumot beruvchi usul qatoriga terlash jadalligini
aniqlash usulini kiritish mumkin. Bunda Mishuk asbobi yordamida badan
terisining elektr qarshilik qiymati bo’yicha baholash qabul qilingan. Ammo,
terlash qiymati organizmning shaxsiy xususiyatlariga ham bog’liqdir, shuning
uchun bu usulda baholashda tekshirishni bir odamning o’zida va deyarli bir xil
sharoitda o’tkazish talab etiladi (optimal va nomuvofiq mikroiqlim sharoitlarida).
Yurak qon tomir sistemasi, nafas olish organlarining funksional holati
haqida fikr yuritish uchun puls va nafas olish tezligi ko’rsatkichlari, arterial bosim
qiymatlarini aniqlash kerak bo’ladi. Huddi terlash jadalligini aniqlashdagi kabi bu
tekshirishlarni o’tkazish uchun ham komfort va ham muayyan mikroiqlim
sharoitlarida amalga oshirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: