F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

4.1. Havo muhitining fizikaviy

 

tarkibining fiziologik va gigiyenik ahamiyati 

Havo  harorati,  namligi,  harakatining  tezligi  muhim  fiziologik  ahamiyatga 

ega bo’lgan omillar guruhiga kiradi. 

Chegaralangan  hududda  havoning  harorati,  namligi,  harakat  tezligi 

mikroiqlim  ko’rinishida  ta’riflanadi.  Bu  omillarning  o’zgarish  parametrlari  odam 

organizmida  biokimyoviy  va  fiziologik  jarayonlarning  darajalarini  o’zgarishiga 

sababchi bo’ladi. Mikroiqlim sharoitlari eng ko’p miqdorda organizmning issiqlik 

almashinish  jarayoniga  ta’sir  ko’rsatadi.  Masalan,  havo  haroratining  ko’tarilishi 

boshqa  parametrlar  o’zgarmagan  sharoitda  organizmda  issiqlikni  terlash  orqali 

ko’proq  yo’qotilishiga  olib  keladi,  chunki  bunday  sharoitda  konvektsiya, 

konduktsiya va nurlanish orqali issiqlikning uzatilishi nisbatan kamayadi. 

Havo  harakatining  tezligi  oshganda  terlash  jarayoni  yana  ham  ortadi  va 

asosan konvektsiya yo’li orqali amalga oshiriladi. Havo namligining pasayishi esa, 

terlashning  ko’payishiga  sababchi  bo’ladi va terlash uchun  qulay  sharoit  yaratadi. 

Demak, shuni doimo nazarda tutish kerak ekanki, mikroiqlim omillari organizmga 

birgalikda  ya’ni  kompleks  ta’sir  ko’rsatar  ekan,  shuning  uchun  odam 

organizmining  issiqlik  komforti  mikroiqlimning  gigiyenik  me’yorlariga  rioya 

qilingan  holatlardagina  emas,  balki  uning  ayrim  parametrlarini  boshqarish  orqali 

erishish  mumkin  bo’lar  ekan.  Masalan,  havo  harorati  juda  yuqori  bo’lganda 

organizmdan issiqlikning uzatilishi qiyinlashadi, ammo havoning harakat tezligini 

oshirish  bilan  organizmdan  issiqlikning  uzatilishini  oshirish  mumkin  ya’ni 

organizmning qizishi va o’ta qizishini kamaytirish mumkin. 



 

176 


 

       Normal  holda  kiyingan  odam  unchalik  og’ir  bo’lmagan  jismoniy  ishni 

bajarganda,  agar  havo  harorati  20-22

o

  C  (komfort  zonasi),  uning  namligi  40-60% 



bo’lsa  va  havoning  harakat  tezligi  0,1-0,4  m/sek  ni  tashkil  etganda  eng  muvofiq 

issiqlik  holatini  sezadi.  Shuning  uchun  mikroiqlimning  gigiyenik  me’yorlari  ana 

shu  parametrlarga  yaqin  qilib  belgilangan,  biroq  binodagi  xonalarning  qanday 

maqsadlarda  foydalanilishiga  qarab,  yilning  fasllariga  binoan  va  bajariladigan 

ishlarning turiga muvofiq bir-biridan biroz farqlanishi mumkin. Mas., yilning issiq 

faslida  juda  og’ir  jismoniy  mehnatni  bajarishda  havoning  harakat  tezligini  0,5-

1,5m/sek  gacha  oshirish  maqsadga  muvofiqdir,  chunki  bunday  sharoitda  ishchi 

organizmidan  uzatiladigan  issiqlik  terlash  va  konvektsiya  orqali  uzatilishga 

erishiladi. Shuni nazarda tutish kerak-ki, organizmdagi issiqlikni boshqarish uchun 

odamga  yaqin  turgan  jihozlarning  yoki  mexanizmlarning  harorati  ham  katta 

ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Masalan,  agar  xona  devorlarining  harorati  past  bo’lsa, 

hattoki xonadagi havo harorati, namligi va harakatining tezligi optimal miqdorlarda 

bo’lsa  ham,  organizmdan  uzatiladigan  miqdori  ko’p  bo’lib,  u  asosan  nurlanish 

orqali yuqori bo’lishi mumkin, bunday sharoitni sub’ektiv sezgi orqali baholaganda 

inson bu mikroiqlim sharoitini "sovuq" yoki "sovuqroq" deb baholanishi mumkin. 

O’zbekistonning  kontinental  iqlimi  sharoitida  yilning  sovuq  fasllarida 

organizmning  sovushi  yoki  o’ta  sovish  holatlari  kuzatilishi  mumkin,  chunki  juda 

ham  past  bo’lmagan  havo  harorati  ko’pincha  yuqori  namlik  va  yuqori  darajadagi 

harakat  tezligi  bilan  birgalikda  ta’sir  ko’rsatadi.  Yilning  issiq  fasllarida  esa, 

havoning  yuqori  harorati  hamda  yuqori  darajadagi  va  jadallikdagi  infraqizil 

nurlanish  xona  havosining  faqat  haroratigagina  ta’sir  ko’rsatmay,  balki  ichki 

devorlarning  qizib  ketishiga  sababchi  bo’ladi.  Bunday  sharoitda  organizmdan 

issiqlikning uzatilishi keskin kamayadi, bu esa o’z o’rnida organizmning qizishiga 

olib keladi. Ana shu holatlarni turar-joy binolarini qurishda va ularni sanitar-texnik 

jihozlar bilan jihozlashda inobatga olinishi zarur. 

Havo  harakati  xonalarni  shamollatilishida  katta  ahamiyatga  egadir,  chunki 

bu orqali xonalardagi havoning harakat tezligini oshirish orqali ta’minlanadi. 



 

177 


 

Bundan  tashqari  atmosfera  havosining  harakati  gigiyena  nuqtai-nazardan 

aholi  yashash  joylaridagi  u  yoki  bu  ob’ektlarni  to’g’ri  joylashtirishda  muhim 

ahamiyatga  egadir.  Har  bir  geografik  joy  o’zining  hukmron  shamol  yo’nalishiga 

egadir.  Joyning  shamolga  doir  ta’rifini  baholash  uchun  shamolning  dunyo 

tomonlari  (rumb)  bo’ylab  qaytalanishini  grafik  ifodasidan  foydalaniladi  va  uni 

"shamollar  guli"  deb  ataladi.  Atmosfera  havosini  ifloslovchi  har  qanday  ob’ekt 

shamol  yo’nalishiga  nisbatan  qarshi  tarafda  joylashtirilishi  maqsadga  muvofiqdir. 

Bu jihatdan ana shu aholi yashash joyidagi aholining turar-joy binolari, davolash-

profilaktika  muassasalari,  bolalar  muassasalariga  nisbatan  sanoat  korxonalari  va 

ishlab chiqarish muassasalarining to’g’ri joylashtirilishi nazarda tutiladi. 

Atmosfera  bosimi  ham  odam  organizmiga  ta’sir  etuvchi  muhim  omillardan 

biri hisobida ahamiyatga egadir. Normal atmosfera bosimi deb - dengiz sathida 0

o



haroratda kuzatiladigan bosimga aytiladi. Uning qiymati 1013 gPa (760mm simob 

ustuni)  ga  teng  deb  hisoblanadi.  Atmosfera  bosimining  qiymati  joyning  dengiz 

sathidan  qanchalik  balandda  joylashganligiga  bog’liqdir,  chunki  har  10,5m 

balandlikka  ko’tarilish  bilan  atmosfera  bosimi  0,8-1,0mm  simob  ustun  ustuniga 

pasayadi.  Shu  sababli  har  bir  geografik  joy  uchun  o’zining  atmosfera  bosimi 

me’yori  bor.  Masalan,  Toshkent  shahri  dengiz  sathidan  460-480m  balandda 

joylashganligi sababli bu yerning normal atmosfera bosimi 728mm simob ustuniga 

(970 gPa) tengdir. 

Atmosfera  bosimi  doimo  tebranib  turadi,  chunki  yer  sathining  bir  tekisda 

qizimasligi  va  havo  oqimlarining  o’zgarib  turishi  bunga  sabab  bo’ladi,  ammo 

bunday  tebranish  unchalik  katta  qiymatlarda  bo’lmaydi  va  ko’pchilik  odamlar  bu 

o’zgarishlarni  deyarli  sezmaydilar.  Biroq  atmosfera  bosimining  o’zgarishi 

atmosfera  havosining  tarkibiga  kiruvchi  ayrim  gazlarning  organizmdagi 

suyuqliklarda  erish  xususiyatlarini  o’zgarishiga  sababchi  bo’ladi  va  organizmga 

shu nuqtai-nazardan sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday ta’sirlar oqibatida 

kelib  chiqadigan  kasalliklar  haqida havo muhitining  kimyoviy  tarkibiga gigiyenik 

ta’rif berilganda batafsil bayon qilinadi. 



 

178 


 

Bundan  tashqari,  atmosfera  bosimi  ob-havoning  o’zgarishi  natijasida  ham 

o’zgarganligi  tufayli,  ayniqsa  meteolabil  (meteosezgir)  odamlar  organizmida  bir 

qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. 

Havo 

muhitining 



elektrlanish 

holati 


havo 

tarkibidagi 

aero- 

va 


gidroionlarning  bo’lishi  bilan  bog’lanib  baholanadi.  Bunday  ionlar  manfiy  va 

musbat  ionlardan  tashkil  topgan  bo’lib,  ular  havo  molekulasi  va  atomlariga 

ionlantiruvchi  nurlar,  qisqa  to’lqinli  ultrabinafsha  nurlar,  elektr  uchqunlari  kabi 

omillar  ta’sir  ko’rsatganda  hosil  bo’ladi.  Manfiy  ionlar  "engil"  ionlar  hisoblanib, 

ular  o’zlariga  chang  zarrachalarini  biriktirib  olishi  natijasida  "og’ir"  ionlarga 

aylanib qoladi. 

Toza  havo  muhiti  o’z  tarkibida  engil  ionlarni  ko’proq  ushlaydi.  Masalan,  1 

sm

3



 tog’ havosi tarkibida 1000-1500 juft engil ionlar bo’ladi. Havo tarkibida og’ir 

ionlarning  ko’payishi  muhim  sanitar  ahamiyatga  egadir,  chunki  bunday  havoni 

ifloslangan  havo  muhiti  sifatida  baholanadi.  Odam  organizmiga  engil 

aeroionlarning  ta’siri  natijasida  biokiyomviy  reaktsiyalar  stimullanadi,  shuning 

uchun  organizmni  umumchiniqtiruvchi  omil  sifatida  fizioterapiya  amaliyotida 

yengil ionlar bilan davolash amalga oshiriladi.  

Mikroiqlim  ko’rsatkichlari  organizmga  har  doim  kompleks  ta’sir 

ko’rsatadi,  shuning  uchun  mikroiqlimning  u  yoki  bu  parametrini  o’zgartirish 

bilan,  organizmning  issiqlik  boshqarilishi  va  funksional  holatini  yaxshilash 

mumkin. 


Mikroiqlim  sharoiti birinchi navbatda organizmdagi issiqlikni boshqarilish 

mexanizmiga  ta’sir  ko’rsatadi,  Bunda  mikroiqlim  parametrlarining  o’zgarishi 

bilan  organizmda  issiqlikni  hosil  bo’lishi  uning  uzatilishiga  nisbatan  kamroq 

darajada bo’lsa ham, har holda o’zgarishga uchraydi. 

Organizmdan  issiqlikning  uzatilishi  asosan  uchta  yo’l  bilan  boradi: 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish