atmosfera havosi, suv muhiti, tuproq muhiti, oziq-ovqat mahsulotlari, hamda ishlab
chiqarish va insonlarning xo’jalik faoliyatlari kuzatiladigan va inson organizmiga
mujassamlashtirgan muhit nazarda tutiladi. Atrof muhitning asosiy ob’ektlari
qatoriga havo, suv, tuproq, ovqat mahsulotlari, mehnat va turmush sharoitlari,
bolalar va o’smirlarning tarbiyalash va o’qitish sharoitlari hisoblanadi. Bu
ob’ektlarning har biri uchun u yoki bu xususiyatlar xosdir, shuning uchun bu
30
1.Fizikaviy omillar - havo muhitining harorati, namligi, harakati tezligi, atmosfera
bosimi, shovqin, tebranish, havoning changlanganligi, turli tabiatga ega bo’lgan
nurlanishlar, elektromagnit to’lqinlar va h.
Atrof muhitdagi ko’pgina fizikaviy omillar tabiiy hisoblanib, ayrim
sharoitlarda insonning hayoti va faoliyati uchun juda zarurdir; qolgan omillar esa
sun’iy kelib chiqish tabiatiga ega bo’lganligi uchun (lazer nurlari, o’ta yuqori
chastotali elektr maydonlari va b.) inson organizmi uchun zaruriy omil emas. Hoh
tabiiy va hoh sun’iy tabiatga ega bo’lgan fizikaviy omillar ayrim sharoitlarda va
darajalarda organizm uchun zararli ta’sir etish xususiyatiga ega, natijada
organizmda patologik holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
2.Kimyoviy omillar. Insonni o’rab turgan hamma muhitda kimyoviy omillarning
majmuasi mavjuddir. Ular havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga
kiradi. Inson organizmi bilan atrof muhitning birligi tashqi muhit ob’ektlarining
tabiiy kimyoviy tarkibi hamda odam organizmi o’rtasidagi munosabati va
muvozanati bilan bog’liqdir. Shuning atrof muhit ob’ektlarida u yoki bu kimyoviy
elementning yuqori yoki past darajadalarda bo’lishi odam organizmida ham o’z
aksini topadi, ayniqsa atrof muhit ob’ektlarida sun’iy tarzda hosil bo’lgan
kimyoviy birikmalar organizm uchun begona bo`lib, ularning miqdorlari ruxsat
etiladigan miqdorlardan ortib ketganda, organizmda zaharlanish holatlarini keltirib
chiqarishi mumkin.
3.Biologik omillar. Biologik omillar guruhiga bizni o’rab turgan muhitdagi turli
tabiatga ega bo’lgan makro va mikroorganizmlar, viruslar, zamburug’lar,
gelmintlarni yoki ularning ishlab chiqargan mahsulotlarini kiritish mumkin. Atrof
muhitda bo’ladigan ayrim turdagi mikroorganizmlar ijobiy rol o’ynaydi. Chunki
ular suv, tuproq muhitining o’z-o’zidan tozalanish jararyonlarida ishtirok etadi va
ayrim turdagi mikroorganizmlar esa, ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng
ko’lamda foydalaniladi. Mikroblar, viruslar, zamburug’larning atrof muhit
ob’ektlarida muntazam ravishda bo’lishi gigiyenik nuqtai-nazardan nomuvofiq
hisoblanadi.
31
4.Ijtimoiy omillar. Bu omillar qatoriga insonlarning mehnat qilish, dam olish,
kundalik turmush sharoitlari, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish kabilarni kiritish
mumkin. Ijtimoiy omillar o’zining tarkibi bo’yicha juda murakkab bo’lib, ularning
tabiati va optimallik darajasi eng avval ayrim bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlariga bog’liqdir.
Keltirilgan omillarning odam organizmiga ta’sirini o’rganib, gigiyena fani
boshqa tabiiy fanlar bilan yaqin aloqada bo’ladi, jumladan fiziologiya,
toksikologiya, kimyo, fizika, klinik fanlar kabilar. Atrof muhitdagi keltirilgan
omillarning juda ko’pligi va tabiati bo’yicha turlicha ta’sir etish xususiyatlarini
inobatga olinib, ular uchun gigiyenik me’yorlar va reglamentlar o’rnatilgan.
Belgilangan me’yorlar asosan odam organizmi uchun zararli ta’sir ko’rsatadigan
miqdorlari jihatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Mas., yashash joylarining
mikroiqlim parametrlari, xonalarning tabiiy va sun’iy yoritilish darajalari, suv
iste’moli me’yorlari, ovqatlanishning fiziologik me’yorlari va b.
Do'stlaringiz bilan baham: