Muammoli o`qitish, o`qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy
bilimlar mantiqi o`zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an`anaviy, bayon etish o`quv materialining eng
optimal tarkibi qisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi o`quvchini uni
yechishga yo`naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o`qitishni
boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo
bo`lishi individual holat bo`lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan
yondashuvni talab etadi.
Muammoli o`qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o`quv masalalarni
nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun
beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va
malakalar qosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi
echimlar izlashga qaratiladi.
O`quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o`qituvchi
bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o`quvchilar oldiga muammoli masalalar
F.I.O.
Imzo
Sana
Termik krekinglash jarayonini
avtomatlashtirish
Bet
Rahbar:
Usmonov A.U
Talaba:
Ibragimov Sh.R
qo`yadi, ularni yechimining yo`llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo,
yangi bilimlar va harakat usullar sari, o`zi yo`liga boshlaydi.
SHuni qat`iyatlik bilan ta`kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma`lumot uchun
emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An`anaviy
pedagogik usuldagi - bilimlardan muammoga qarab - o`quvchilar mustaqil ilmiy
izlanish ko`nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o`zlashtirish
uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning echimi ijodiy fikrlashni taqozo
etadi. O`zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan boqliq bo`lgan
reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara
bermaydi.
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishga o`rgatilgan
bo`lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so`ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni
"esdan chiqaradi" Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a`lo darajada
namoyon bo`ladi va rivojlanadi.
Muammoli o`qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha
bo`ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma`lum muammoga (muammo - murakkab
nazariy yoki amaliy masala bo`lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning
yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish,
ajablanish holati paydo bo`ladi, "gap nimada" degan savol tug’iladi.
O`quvchi noma`lum echimni topish uchun mustaqil yoki o`qituvchi yordamida
izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo`luvchi, sub`ekt-ob`ekt-sub`ekt
munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
Muammoli o`qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy, o`quv yoki barcha faoliyat turlarida
paydo bo`ladigan zaruriy ob`ektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. Bu esa
barcha sohalarning harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi manbaidir. SHu sababli
muammoli o`qitishni rivojlantiruvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi -
bilimlarni, farazlarni shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir.
Muammoli o`qitishda fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni yechish
maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni echish uchun zarur bo`lgan
fikrlashni shakllantiradi.
F.I.O.
Imzo
Sana
Termik krekinglash jarayonini
avtomatlashtirish
Bet
Rahbar:
Usmonov A.U
Talaba:
Ibragimov Sh.R
Muammoli o`qitish samaradorligining to`rtta bosh sharti mavjud:
muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uyg’otishni ta`minlash;
muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo bo`ladigan ishlarni bajara olish
mumkinligini ta`minlash (ma`lum va noma`lumlar nisbatining maqbulligi);
muammo yechimida olinadigan axborotni o`quvchilar uchun muhimligi;
pedagog va o`quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, ya`ni
o`quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e`tibor va rag’batsiz
qolmasligi zarur;
Muammoli o`qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan
iborat:
talabaning fikrlash doirasini va qobiliyatlarini o`stirish, ijodiy ko`nikmalarini
rivojlantirish;
muammoni mustaqil yechishda va faol izlanish davrida olingan bilim ва
ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va
ko`nikmalar an`anaviy o`qitishdagidan ko`ra ancha mustahkam bo`ladi;
nostanart muammolarni ko`ra oluvchi, qo`ya oluvchi va yecha oluvchi o`quvchining
faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;
kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish - har bir aniq faoliyatda o`zining
xususiyatlariga ega.
Har qanday o`quv materiali ham muammoli bayon etishga mos kelavermaydi.
O`quvchilarga fan tarixini o`rgatishda muammoli vaziyatlarni yaratish oson.
Farazlar, yechimlar fandagi yangi ma`lumotlar takroriy bosqichidagi an`anaviy
tasavvurlarning inqirozi, muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va hokazolar
muammoli bayon etish uchun mos keluvchi mavzular hisoblanadi. Kashfiyotlar
tarixi orqali izlanish mantiqini egallash - muammoli fikrlashni shakllantirishning
asosiy istiqbolli yo`llardan biridir. O`qitishning an`anaviy usulidan muammoliga
o`tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan "muammolik
darajasi"ga bog’liq bo`ladi:
muammoning murakkablik darajasi - mazkur muammo doirasida talaba uchun
ma`lum va noma`lumlar nisbatiga ko`ra aniqlanadi;
F.I.O.
Imzo
Sana
Termik krekinglash jarayonini
avtomatlashtirish
Bet
Rahbar:
Usmonov A.U
Talaba:
Ibragimov Sh.R
muammo yechimida o`quvchilar ijodiy ishtirokining ham jamoaviy ham shaxsiy
qissalari qisobga olinadi.
Muammoli o`qitishning uchta asosiy shakli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |