tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tayyor mahsulotlarni sotish
bahosidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bunda yetkazib berilmagan xomashyo yoki butlanishi lozim
bolgan buyumlar qiymati, transport-tayyorlash xarajatlari va
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bogliq bolgan boshqa
xarajatlar qiymati chegirib tashlanadi. Boy berilgan foydani
aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun korilgan choralar
va shu maqsadda korilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi. Òaraflar
shartnomada majburiyatlar bajarilmagan taqdirda aybdor taraf
ikkinchi tarafga qoplashi lozim bolgan zarar miqdorini mustaqil
belgilashlari ham mumkin.
Muddatini otkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini
ozgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan
neustoykani (jarimani, penyani) tolash hamda shartnoma
majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan
zararning ornini qoplash taraflarni majburiyatlarni asl holida
bajarishdan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida va shartnomada
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Demak, qonun
majburiyatni asl holida bajarish shartligi bilan birga asl holida
bajarishdan ozod qilishni ham nazarda tutgan. Masalan, kechiktirib
yuborish oqibatida ozi uchun ahamiyatini yoqotgan (Fuqarolik
103
kodeksi 337-moddasining 2-qismi) ijroni kreditorning qabul
qilishdan bosh tortishi, shuningdek, voz kechish haqi tarzida
belgilangan neustoykani tolash (Fuqarolik kodeksining 342-
moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
Neustoykani qollash shartnomaviy javobgarlikning asosiy
shakllaridan biridir. Neustoyka faqat majburiyatning bajarilishini
taminlovchi vosita bolib qolmay, balki u majburiyat bajarilmay
qolganida yoki lozim darajada bajarilmaganida qarzdorga nisbatan
qollanishi lozim bolgan yuridik chora hamdir.
Neustoyka atamasi rus tilidan olingan bolib, íå óñòîÿë, yani
«âçÿë ñëîâî, îáÿçàòåëüñòâî, íî íå âûïîëíèë» degan manoni
beradi. Ozbek tilida bergan sozing, vadangning ustidan chiq-
mading, yani subutsizlik, degan tushunchani bildiradi. Neustoyka
jarima yoki penya shaklida boladi. Qarzdor majburiyatlarni
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda tolaydigan
va qoida tariqasida, qatiy pul summasida hisoblanadigan neustoyka
jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida
tolaydigan va otkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun
majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisob-
lanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Neustoykani yetkazilgan zarardan farq qiladigan xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
neustoyka qonunda yoki shartnomada oldindan belgilanib,
taraflarga malum bolgan va majburiyat bajarilmay qolgan taqdirda
qollanishi mumkin bolgan huquqiy chora (sanksiya) hisoblanadi;
yetkazilgan zararning hajmi esa avvaldan belgilanmaydi, u
majburiyat buzilganidan keyin malum boladi va belgilanishi
mumkin;
neustoykani undirish uchun qarzdorning harakati qonunga yoki
shartnomaga muvofiq bolmasligining ozi kifoyadir, zararni tola-
tish uchun zarur bolgan talablarni aniqlash shart emas.
Umumiy qoidaga kora taraflarning javobgarligi va qollaniladigan
choralar shartnomada aks ettirilishi kerak, lekin amalda shartno-
mada javobgarlik choralari korsatilmasdan qolishi mumkin.
104
Bunday holatda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bolmasa, xojalik shartnomalarini
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun «Xojalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
togrisida»gi Qonunning 2532-moddalarida nazarda tutilgan
javobgarlik choralari qollaniladi.
Jumladan, qonunda quyidagi holatlar boyicha javobgarlik
belgilangan:
tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yubor-
ganlik, toliq yetkazib bermaganlik uchun;
sifati, assortimenti va navi lozim darajada bolmagan tovar-
larni yetkazib berganlik uchun;
but bolmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun;
tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek, tovarni idishsiz yoki
oralmagan holda yetkazib berganlik uchun;
akkreditivdan foydalanmaganlik uchun;
tolov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik
uchun;
tovarlarni tanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun;
tovarlar haqini tolamaganlik yoki oz vaqtida tolamaganlik
uchun;
mablaglarni akseptsiz hisobdan chiqarganlik uchun.
Shu orinda korsatib otilgan javobgarlikning har biriga alohida
toxtalish lozim, chunki qonunda belgilangan javobgarlik choralari
hozirgi vaqtda sud amaliyotida keng qollanilmoqda.
«Xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi togrisida»gi Qonunning 25-moddasi tovarlarni
yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, toliq yetka-
zib bermaganlik, ishlarni bajarmaganlik yoki xizmat korsatmaganlik
uchun tovar yetkazib beruvchi (pudratchi)ning sotib oluvchiga
(buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya tolash tarzida
javobgarligini belgilaydi, lekin bunda penyaning umumiy summasi
yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki korsatil-
magan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Penyani tolash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni
tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toliq
105
yetkazib bermaslik yoki xizmatlarni korsatmaslik oqibatida
yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Mazkur modda xojalik aloqalarining deyarli barcha sohalarida
(oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, pudrat,haq
evaziga xizmat korsatish va hokazo) yuzaga keladigan shartnomaviy
munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaganlik
uchun javobgarlikni belgilaydi.
Qonun javobgarlik chorasini belgilashda penya miqdorini 0,5
foiz deb belgilagan bolsa-da, uning eng yuqori miqdorini 50
foizdan oshib ketmaydigan miqdorda chegaralagan, biroq taraflar
shartnomada bundan ham yuqori yoki kam miqdordagi javobgarlik
choralarini belgilashlari mumkin. Qonunning 26- moddasi sifati,
assortimenti va navi lozim darajada bolmagan tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.
Bunda, yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifati,
assortimenti va navi boyicha standartlar, texnik shartlar, namuna-
larga (etalonlarga), qonun hujjatlarida yoki xojalik shartnomasida
belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmagan taqdirda sotib
oluvchi (buyurtmachi) quyidagi huquqlarga ega boladi:
tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki korsatilmagan xizmatlarni
qabul qilishdan bosh tortishga;
ularning haqini tolashni rad etishga;
yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assortimenti va
navi lozim darajada bolmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar)
qiymatining 20% miqdorida jarimani undirib olishga;
agar tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi tolab qoyilgan bol-
sa, tolangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab
qilishga.
Jarimani hisobdan chiqarish togrisidagi tolov talabnomasi
yetkazib beruvchi (pudratchi)ga xizmat korsatuvchi bank
muassasasiga lozim darajada emasligi togrisida dalolatnoma
tuzilgandan keyin 10 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
Jarimani hisobdan chiqarish togrisidagi tolov talabnomasi
belgilangan 10 kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan
hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. But
bolmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi
106
(buyurtmachi) tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Yetkazib
beruvchi sotib oluvchining (buyurtmachining) talabini olgan paytdan
boshlab, agar taraflarning kelishuvida ozga muddat belgilangan
bolmasa, 15 kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart:
bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini
tolashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi tolab
qoyilgan bolsa, belgilangan tartibda tolangan summalar
qaytarilishini talab qilishga;
yetishmayotgan qismlar qiymatini qoshgan holda yetkazib
beruvchidan but bolmagan tovarlar qiymatining 20% miq-
dorida jarima undirishga;
tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni
butlab bermasa, but bolmagan tovarlarni qaytarib berish
hamda but bolmagan tovarlarni butlangan tovarlarga
almashtirishni talab qilishga haqli (Qonunning 27-moddasi).
But bolmagan tovarlarni yetkazib berganlik qaysidir jihatdan
tovarlarni toliq yetkazib bermaganlikka oxshab ketadi. Shuning
uchun ham ular ortasidagi tafovutni aniqlashtirish maqsadga
muvofiqdir. Òoliq yetkazib bermaganlik shartnomaning amal
qilish muddati davomida uning tovarlarni toliq yetkazib berish
haqidagi shartlarining bajarilmasligidir.
But bolmagan tovarlarni yetkazib berganlik esa, shartnoma,
davlat standartlari, texnik shartlar va boshqa meyoriy-texnik
hujjatlar bilan nazarda tutilgan ashyolar, ehtiyot qismlar va boshqa
elementlarsiz tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) yoki ular bolgan
taqdirda ham asosiy belgilanishdagi tovarga qoshib bermagan holda
tovarlarni yetkazib berishdir.
Qonunda tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek, tovarni
idishsiz yoki oralmagan holda yetkazib berganlik uchun ham
javobgarlik belgilangan. Unga kora javobgarlik yetkazib beruvchi
tomonidan quyidagi shartlar: marka belgisi qoyilmagan; lozim
darajada markirovkalanmagan; idishsiz yoki oralmagan; tegishli
idishga joylanmagan; lozim darajada oralmagan holda tovarlar
yetkazib berilgan taqdirda kelib chiqadi.
Yetkazib beruvchi tomonidan ushbu shartlar bajarilmagan
taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi) quyidagi huquqlarga ega
boladi: bunday tovarlar qiymatining 5% miqdorida jarimani
107
undirishga; tovar qabul qilingandan keyin yana jonatilishi yoki
saqlanishi kerak bolgan hollarda, jarima undirishdan tashqari oz
kuchi bilan va yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni orash va
idishlarga joylashga; sotib oluvchi (buyurtmachi) bilan yetkazib
beruvchi bir shaharda joylashgan bolsa, undan tovarlarni orab
berishni yoki idishlarga joylab berishni talab qilishga.
Markirovka bu tovarning ozi yoki u joylashtirilgan idishga
tushiriladigan yozuvlar, shartli belgilar va rasmlar bolib, tovar
sifatining oziga xos guvohnomasidir, chunki markirovkaga qarab
tovarning sifati uchun javob beradigan ishlab chiqaruvchini
(tayyorlovchini) aniqlash mumkin. Lozim darajada markirov-
kalamaslik standartlar, texnik shartlar yoki shartnoma shartlarini
buzgan holda tovarlarni markirovkalashdir, jumladan, markirovkada
korsatilishi majburiy bolgan bir yoki bir necha rekvizitlarning
korsatilmaganligi; markirovka yozuvining yoki belgisining noaniq
tushirilganligi va ularni oqish imkoniyatini bermasligi.
Òovarlarning idishi yoki orash vositasi (upakovka) tovar-
larni tashqi muhit tasiridan, shikastlanishdan, kamayib ketishi-
dan saqlanishini taminlaydigan hamda uni tashish, saqlash va
realizatsiya qilish jarayonini yengillashtiradigan vosita yoki vositalar
yigindisidir.
Akkreditivdan foydalanmaganlik uchun qonunda tovar yetkazib
beruvchining (pudratchining) javobgarligi belgilangan.
Akkreditiv naqd pulsiz hisob-kitoblarda qollaniladigan
shakllardan biri bolib, bunda akkreditiv ochgan bank (bank-
emitent) mijoz-tolovchining (xaridorning, buyurtmachining)
topshirigi bilan mablaglarni oluvchiga (yetkazib beruvchiga,
pudratchiga) akkreditivda nazarda tutilgan barcha shartlar bajarilgan
taqdirda tolovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Fuqarolik kodeksining 797-moddasi talablariga kora, akkre-
ditivning amal qilish muddati va u boyicha hisob-kitob qilish tartibi
pul mablaglarini tolovchi bilan oluvchi ortasidagi shartnomada
belgilab qoyiladi. Shartnomada yana quyidagilar korsatilgan bolishi
kerak: bank-emitentning (akkreditiv ochgan bankning) nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli; mablaglarni oluvchini
akkreditiv ochilganligi haqida xabardor qilish usuli; akkreditiv
boyicha mablaglar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim
etiladigan hujjatlarning toliq royxati va aniq tavsifi; tovarlar
108
jonatilganidan (xizmatlar korsatilgan, ishlar bajarilganidan)
keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga
qoyiladigan talablar.
Qonunning 29-moddasiga muvofiq, tovar yetkazib beruvchi
(pudratchi) talabiga binoan qoyilgan akkreditiv u amal qiladigan
muddat ichida foydalanilmasa, yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib
oluvchiga (buyurtmachiga) akkreditivning foydalanilmagan
summasining 5 foizi miqdorida jarima tolaydi. Qonunning 30-
moddasi tolov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktir-
ganlik uchun yetkazib beruvchining (pudratchining) javobgarligini
belgilaydi.
Har qanday holatda ham tolov yoki tovar-transport hujjatlari-
ning nusxasini yuborish va boshqa axborotni taqdim etish tartibi
taraflar ortasida tuzilgan shartnomada belgilanishi va unda quyidagi
shartlar korsatilgan bolishi lozim:
qaysi tolov hujjatlari yuborilishi shartligi;
qaysi tovar-transport hujjatlari yuborilishi shartligi;
bu hujjatlarni yuborish muddati (tovar jonatilgandan keyin
necha kun ichida yuborilishi lozimligi);
tovarlar jonatilganligi togrisidagi axborotga nimalar kirishi
va axborot qanday tartibda (telefonogramma, faks, xat, telegramma
va h.k.) va necha kun ichida berilishi lozimligi;
taraflar ortasidagi aloqa shartlari va aloqa vositalarining
raqamlari bilan kodi.
Òolov yoki tovar-transport hujjatlarining nusxasini yuborish
va boshqa axborotni taqdim etish tartibi taraflar uchun bajarilishi
majburiy bolgan boshqa meyoriy hujjatlar (qaror, yoriqnoma,
davlat standarti yoki texnik shartlar)da belgilangan bolishi mumkin.
Mazkur hujjatlarni vaqtida yubormaganlik yoki boshqa axborotni
taqdim etmaganlik taraflar ortasidagi xojalik aloqalarining izdan
chiqishiga, sotib oluvchining (buyurtmachining) qabul qilib
olingan tovarlarni vaqtida kirim qila olmasligiga, yetkazib
berilayotgan tovarlarni joylashtirish uchun tayyorgarlik korilishi
lozimligi sababli xabarnomasiz kelgan tovarlarni joylashtirishda
muammolar tugilishiga sabab bolishi mumkin.
Shuning uchun ham yetkazib beruvchi sotib oluvchiga axborot
taqdim etmagan har bir holat uchun yetkazib berilayotgan tovar
109
qiymatining 1 foizi miqdorida jarima tolaydi. Qonunning 31-
moddasida tovarlarni tanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun
sotib oluvchining (buyurtmachining) javobgarligi belgilangan.
Òovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek, yetkazib beruvchi
shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda
tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi
yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (oz muddatida olinmagan)
tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar
boyicha esa 10 foizi miqdorida jarima tolaydi. Òovarlar tanlab
olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, yetkazib beruvchi
jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligining
kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (oz muddatida
olinmagan) tovarlar qiymati tolanishini talab qilishga haqlidir.
Demak, qonun quyidagi har ikki holat boyicha sotib oluvchi-
ning javobgarligini belgilagan, yani tovarlarni tanlab olmaslik
uchun, yetkazib beruvchi tovarlarni yetkazib berganda ularni olishni
asossiz ravishda rad etganlik uchun. Òanlab olmaslik sotib
oluvchining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda
yetkazib beruvchining omboridan mahsulotlarni (tovarlarni) olib
ketish (qabul qilib olish) togrisidagi shartnomada nazarda tutilgan
majburiyatini bajarmasligidir.
Har qanday holatda ham sotib oluvchi yoki buyurtmachi, shart-
nomani imzolab, malum bir tovarni qabul qilib olish va haqini
tolash majburiyatini oz zimmasiga olgan bolsa, shartnomada
belgilangan tartibda shu tovarni qabul qilib olishi shart.
Qonun tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchungina
sotib oluvchining javobgarligini belgilaydi va tovarlarni olishni rad
etish asosli bolishi uchun quyidagi shartlar mavjud bolmogi
lozim:
a) yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yetkazib berish-
ning shartnomada belgilangan muddati otkazib yuborilgan bolsa
(basharti, shartnomada tovarlarni yetkazib berish muddati otkazib
yuborilgan taqdirda keyingi davrda ularning ornini toldirish sharti
nazarda tutilmagan bolsa);
b) tovarlar sotib oluvchining (buyurtmachining) roziligisiz
muddatidan oldin yetkazib berilgan bolsa (agarda tovarlar sotib
oluvchi tomonidan qabul qilib olinsa, ular keyingi davrda yetkazib
berilishi lozim bolgan tovarlar miqdoriga kiritiladi);
110
d) tovarlarning shartnoma shartlariga nomuvofiqligi (miqdori
kamligi, sifatsizligi, butlanmaganligi, assortimenti lozim darajada
emasligi, tovarga mansub ashyolar va hujjatlar topshirilmaganligi)
aniqlangan bolsa va yetkazib beruvchi sotib oluvchining ushbu
shartlarni bajarish togrisidagi talablarini belgilangan muddatda,
agar bunday muddat belgilangan bolmasa, oqilona muddatda
bajarmagan bolsa;
e) taraflar shartnomada bajarilishi shart deb belgilagan shartlar
yetkazib beruvchi tomonidan bajarilmagan bolsa va shartnomada
sotib oluvchiga shunday holatda tovarni qabul qilishdan voz kechish
huquqi berilgan bolsa.
Hozirgi vaqtda shartnoma majburiyatlari buzilishining keng
tarqalgan turlaridan biri tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini tola-
maslik yoki oz vaqtida tolamaslikdir. Qonun unga quyidagicha tarif
berib, javobgarlikni belgilaydi.
Òolov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki
qisman rad etganlik, shuningdek, hisob-kitobning boshqa shakl-
larida tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini tolashdan bosh tortganlik
(bank muassasasiga tolov topshiriqnomasi taqdim etmaganlik,
chekni bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo)
uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga
ozi tolashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi
miqdorida jarima tolaydi. Yetkazib berilgan tovarlar haqini oz
vaqtida tolamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib
beruvchiga otkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan
tolov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan
tolov summasining 50 foizidan ortiq bolmagan miqdorda penya
tolaydi.
Qonunning 33-moddasi mablaglarni akseptsiz hisobdan
chiqarganlik uchun quyidagi javobgarlikni belgilaydi:
hisobvaraqdan mablaglarni asossiz ravishda akseptsiz hisobdan
chiqarganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga asossiz ravishda
akseptsiz hisobdan chiqarilgan summaning 10 foizi miqdorida jarima
tolaydi;
akseptsiz shakl boyicha bank tolovchining roziligini olmas-
dan ham tolov talabida korsatilgan summani mablaglarni
oluvchiga tolab beradi.
111
Mazkur moddada belgilangan javobgarlik kelib chiqishining
zaruriy sharti mablaglarni tolov talabi bilan akseptsiz hisobdan
chiqarishning asossiz ravishda amalga oshirilgan bolishidir. Mablaglar
quyidagi hollarda tolov talabi bilan akseptsiz hisobdan chiqarilishi
mumkin:
bildirilgan talabnomaga berilgan yozma javobda qarzdor
talabnomani toliq yoki qisman tan olgan bolsa va talabnomani tan
olish togrisidagi javobda tan olingan summa otkazilishi haqida
malumot bolmasa, javob olingan kundan 20 kun otgach javobda
tan olingan summani;
sifati, assortimenti va navi lozim darajada bolmagan tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun sifati, assortimenti
va navi lozim darajada bolmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
qiymatining 20 foizi miqdorida jarimani, bu haqda dalolatnoma
tuzilgandan keyin 10 kundan kechiktirmay;
kommunal va aloqa xizmatlari (gaz, suv, elektr va issiqlik
energiyasi, oqova suvlarni qabul qilish, telefon aloqasi, pochta va
telegraf xarajatlari, chiqindilarni olib ketish va hokazolar) uchun
hisob-kitob qilishda shu xizmatlar haqini.
Lekin, amaldagi qonun hujjatlariga, jumladan, Fuqarolik
kodeksining 333-moddasiga muvofiq shartnoma majburiyatini
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taraf aybi bolgan
taqdirdagina javobgarlikka tortiladi. Agar, taraf majburiyatni lozim
darajada bajarish uchun oziga bogliq bolgan hamma choralarni
korganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning yoqligi
majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. Basharti,
qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan
bolmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni
bajarishga yengib bolmaydigan kuch, yani favqulodda va muayyan
sharoitlarda oldini olib bolmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli
(tabiiy ofat, harbiy harakatlar va h.k.) imkon bolmaganligini
isbotlay olmasa, javobgar boladi.
Quyidagilar fors-major vaziyati hisoblanmaydi:
qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburi-
yatlarning buzilishi;
majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda
yoqligi;
qarzdorda zarur pul mablaglarining bolmaganligi.
112
Shartnoma majburiyatlari xojalik yurituvchi subyekt mansabdor
shaxsining aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajaril-
magan, uning tomonidan xojalik yurituvchi subyektning pul
mablaglari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydala-
nilganligi aniqlangan, tolov intizomi buzilgan, xojalik yurituvchi
subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari
sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, xojalik
yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi Ozbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 45 va 48-moddalariga muvofiq fuqarolik-
huquqiy javobgarlikka, Mamuriy javobgarlik togrisidagi
kodeksning 175, 176
1
,176, 212 va 214-moddalariga muvofiq
mamuriy javobgarlikka, shuningdek, Jinoyat kodeksining
175,181, 186, 205, 207 va 209-moddalariga muvofiq jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi
Farmoniga muvofiq xojalik sudlariga:
Do'stlaringiz bilan baham: |