«To‘g‘risini tanla» didaktik o‘yini
Bu o‘yin orqali bolalarga ko‘rsatilgan bir necha obyektlar ichidan kerakligini tanlash o‘rgatiladi. Uni matematika, tabiat, tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida qo‘llash mumkin.
Masalan, tabiat mashg‘ulotida — bir necha hayvonlar rasmi kiritilib, ulardan uy hayvonini topish, yil fasllarini topish, kerakli o‘simlik yoki daraxtni topish vazifasini berish mumkin (8.3-rasm).
O‘yin Power Point dasturida yaratiladi. To‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar kerakli slaydga yo‘naltiriladi (giperssilka).
8.3-rasm. Tabiat mashg‘uloti uchun didaktik o‘yinga misol.
Matematika mashg‘ulotida ham bu o‘yindan foydalanish mumkin. Kerakli shaklni tanlash, kerakli rangni tanlash, katta yoki kichigini tanlash variantlarini misol qilish mumkin (8.4-rasm).
8.4-rasm. Matematika mashg‘uloti uchun didaktik o‘yin.
«Alifboni o‘rganamiz» didaktik oyini
Bu o‘yin bolalarni harf o‘rganishlariga yordam beradi. Bolalarga harf o‘rgatishda turli rasmlardan foydalanilsa, bola shu harfni o‘rganishi oson bo‘ladi. Alifboni o‘rganamiz o‘yinini Word va Power Point dasturi yordamida yaratish mumkin.
Unda har bir harfga mos rasm tanlanadi. Bola shu rasmga qarab uning qanday harfligini topadi. O‘yinga shu harfning va rasmdagi predmetning nomini ovozli yozish mumkin.(8.5-rasm).
8.5-rasm. O‘yindagi slaydlarning umumiy ko‘rinishi
Ovoz yozish uchun «Вставка» — «Фильмы и звук» — «Записать звук» bo‘limiga kiriladi. «Запись» tugmasi bosiladi.
Kerakli rasm kopyuterda mavjud bo‘lmasa, uni birorgrafik muharrirda yaratish yoki skaner orqali kiritish mumkin.
Kerakli rasm kompyuterda mavjud bo‘lmasa, uni biror grafik muharrirda yaratish yoki skaner orqali kiritish mumkin. O‘yinni ishga tushirish uchun «Показ Слайдов» — «Начать Показ» bo‘limiga kiriladi.
«Archa yonsin chiroqlaring» didaktik o‘yini
Bu o‘yin orqali bolalarga obyektning harakatlanish holatini ko‘rsatish mumkin. U «Power Point» va «Paint» dasturida yaratiladi. Paint dasturi yordamida oddiy archa rasmi chiziladi (8.6-rasm). Undan nusxa olinadi. Power Point dasturida bir necha slayd yaratilib, toq varaqlarga archa rasmi joylanadi.
8.6-rasm
So‘ng «Paint» dagi archa rasmiga har xil ranglarda chiroqlar chiziladi (8.7-rasm).
8.7- rasm
Chiroqlar chizilgan archadan nusxa olinib, «Power Point»dagi juft slaydlarga joylanadi (8.8-rasm).
8.8-rasm
«Показ Слайдов» — «Смена слайдов» bo‘limida kerakli vaqt belgilanadi. Masalan: 3 sekund. Bolalarga 3 gacha sanash aytiladi va natijada archa chiroqlari yonib, o‘chishni boshlaydi. Bu o‘yin bolalarga sanashni o‘rganishlariga ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |