Evolyutsiya sintetik nazariyasining shakllanish va rivojlanish davrlari



Download 17,08 Kb.
bet1/4
Sana21.05.2023
Hajmi17,08 Kb.
#941936
  1   2   3   4
Bog'liq
6-seminar mashg\'uloti Evolyutsiya sintetik nazariyasining shakll




Evolyutsiya sintetik nazariyasining shakllanish va
rivojlanish davrlari


Reja:
1. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasining shakllanishi
2. Populyatsiya — evolutsiyaning boshlang’ich birligi.
3. Evolutsiyaning boshlang’ich materiali
4. Evolutsiyaning boshlang’ich hodisasi.
5. Evolutsiyaning boshlang’ich omillari.


1. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasining shakllanishi. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasiga asos solgan asarlardan F. Dobjanskiyning (1901 —1975) «Genetika va turlarning paydo bo`lishi» ni ko`rsatib o`tish o`rinlidir. Unda populyatsiyaning genetik strukturasini qayta qurish mexanizmlari irsiy o`zgaruvchanlik, populyatsiyadagi organizmlar sonining o`zgarib turishi, tabiiy tanlanish, migratsiya, tur ichida yangi formalarning reproduktiv alohidalanishi haqida mulohaza yuritiladi.
Dobjanskiy tur ichida evolyutsion yangilanishning uch bosqichini farqlantirish lozimligini qayd qildi. Birinchi bosqich tur ichida ro`y beradigan gen, xromosoma mutatsiyalari va rekombinatsiyalar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqichda mavjud mutatsiyalar va rekombinatsiyalar tabiiy tanlanish nazoratida bo`lib, ular orasidan muhit sharoitiga moslashganlari tanlanadi. Shu bilan birgalikda tur evolyutsiyasida migratsiya va alohidalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Migratsiya mutant organizmlar tabiatning qulay joylariga tarqalishiga va bir qancha guruhlarga bo`linishiga sabab bo`ladi. Uchinchi bosqichda tur ichidagi guruhlardan mustaqil turlar hosil bo`ladi.
Evolyutsiyaning sintetik nazariyasini yaratishda olimlardan I.I.Shmalgauzen (1884-1963) ham salmoqli hissa qo`shdi. U embriologiya, morfologiya, paleontologiya, genetika dalillaridan ijldiy foydalanib evolyutsion nazariyani boyitdi hamda ontogenez va filogenezning o’zaro munosabati, evolyutsiyon jarayonining asosiy yo`nalishlari haqida ta’limot yaratdi. Uning “Evolyutsiyon jarayonining yo`nalishlari va qonuniyatlari”, “Evolyutsiya omillari” kabi asarlari biologiya fanining turli sohalarida ishlayotgan mutaxassislar uchun dasturul amal bo`lib qoldi. Olim dialektika metodini evolyutsiya jarayoniga qo`llab, tanlashning harakatlantiruvchi va stabillashtiruvchi xillarini kashf etdi. Uning ta’kidlashicha, har bir organizmda ikki – xossa nisbatan o`zgaruvchanlik va nisbatan turg`unlik mavjud. Turg`unliksiz o`zgaruvchanlikning bo`lishi mumkin emas. Stabillovchi tanlashning ijod qilishi Shmalgauzen tomonidan evolyutsion nazariyaga qo`shilgan byebaho hissadir. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasini yaratishda Dj. Geksli (1887 – 1925) chop etgan “Evolyutsiya. Zamonaviy sintez” asari katta o`rin tutdi. Asarda populyatsiya genetikasi, ekologiya, embriologiya, biogeografiya dalillarini tahlil qilish asosida olim yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, adaptatsiya, geografik o`zgaruvchanlik, tur paydo bo`lishi, progressiv evolyutsiya kabi muammolar yoritilgan.
1930 yillar davomida mikroevolyutsiya jarayonlarini o`rganishda klassik darvinizmning genetika va ekologiya bilan hamkorligi 1940 – yillarning boshiga kelib evolyutsiyaning sintetik nazariyasini yaratishga imkon berdi.
Evolyutsion nazariyani rivojlantirishdagi 1955 – yildan hozirgacha davom etib, u evolyutsiyaning sintetik nazariyasi uzil – kesil tarkib topishi bilan xarakterlanadi. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi organik olam evolyutsiyasining boshlang`ich birligi populyatsiya ekanligini isbotladi. Shunga ko`ra, olimlar o`z diqqat – e’tiborini uning genetik va ekologik strukturasini o`rganishga qaratdilar. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar har bir populyatsiya polimorfizm ko`rinishida ekanligini, ya’ni genotip va fenotip jihatdan o`zaro farq qiluvchi bir nechta formadan tashkil topganligini ko`rsatdi. Populyatsiyalarni tadqiq qilish bo`yicha birmuncha yutuqlarga erishilgan bo`lsa ham, evolyutsiya sintetik nazariyaning kelgusi taraqqiyoti tarixiy jarayonda organizmlarda ro`y beradigan anatomik – morfologik, fiziologik – biokimyoviy, etologik xossalarning o`zgarishini o`rganishni taqozo qilar edi. Ontogenez evolyutsiyasini oydinlashtirishda molekulyar genetika, filogenetika muhim rol o`ynadi. Xususan, 1944 – yili O.Evyeri shogirdlari bilan birgalikda bakteriyalarda irsiy axborotni DNK molekulasi bir organizmdan ikkinchi organizmga o`tkazish mumkinligini isbotladi. Shundan so`ng olimlar irsiy axborotni tashuvchi zamin nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasini aniqlashni maqsad qilib qo`ydilar. Oqibatda 1953 – yili Amerikalik Dj. Uotson va F.Krik DNKning molekulyar tuzilishini aniqlashga muvaffaq bo`ldilar. Genetik kod, oqsil biosintezida ishtirok etuvchi i-RNK, t-RNK, r-RNK larning kashf etilishi individual rivojlanishning o`ta nozik tomonlarini aniqlash imkonini berdi.
Evolyutsion nazariya genetika va ekologiya bilan tobora yaqin hamkorlik qilishi natijasida evolyutsiyaning sintetik nazariyasi vujudga keldi va rivojlandi.
Genetiklar populyatsiyaning genetik strukturasi sifat va miqdor jihatdan yangilanishida tashqi muhitning ta’sirini o`rganishda tobora katta ahamiyat berayotgan bo`lsalar, o`z navbatida, ekologlar ham tur ichidagi turlararo munosabatlarni aniqlashga oid o`z tadqiqotlarida ularning genetik boshqarilishiga katta e’tibor berib, ularni evolyutsiyani harakatlantiruvchi sabablar sifatida talqin etmoqdalar. Evolyutsiyaning boshlang`ich birligi bo`lgan populyatsiya albatta, boshqa turga kiruvchi populyatsiyalar, shuningdek, biosenozda ro`y beradigan turli xil jarayonlar bilan bog`lanmasdan turib, tarixan rivojlana olmaydi.
Shuning uchun ham organik olamning evolyutsiyasini o`rganish biogeosenotik darajada tadqiq qilinmoqda. Biogeosenologiya asoslari olimlardan V.N.Sukachev (1880-1970) tomonidan 40-yillardayoq yaratilgan edi. U biogeosenologiyani evolyutsion nazariya bilan birga qo`shishga harakat qildi. Natijada evolyutsion nazariya uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan biosenozdagi organizmlar sonining o`zgarishi, tur ichidagi munosabatlar, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish shakllari, evolyutsiya jarayonini tartibga solish haqidagi bilimlar to`plandi. Bu borada olingan ma’lumotlar biosenoz evolyutsiya jarayoni boradigan maydon ekanligini, unda individlar, populyatsiyalar, turli biogeosenozlar va biosfera evolyutsiyasi amalga oshishini ko`rsatdi. Evolyutsiyani biogeosenotik miqiyosda tadqiq qilish evolyutsion nazariyaga matematik va kibernetik usullarni, ya’ni evolyutsiya jarayonini modellashtirish imkonini yaratdi. Keltirilgan ma’lumotlar evolyutsiyaning sintetik nazariyasi evolyutsion ta’limotning eng yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi.
Mazkur nazariyaning asosiy qoidalari bo`lib,

  1. Evolyutsiyaning boshlang`ich materiali mutatsion va kombinativ o`zgaruvchanlik hisoblanadi.

  2. Evolyutsiyaning boshlang`ich birligi populyatsiya sanaladi.

  3. Evolyutsiyaning boshlang`ich omillari – genetika avtomatik jarayon, populyatsiya to`lqini va alohidalanishdan iborat.

  4. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.

XX asrga kelib, irsiyat va o’zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o’rganila boShlandi.
Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi sohaiari Shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo’shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Evolutsiyaning boshlang’ich materiali — mutatsion va kombinativ, rekombina-tiv o’zgaruvchanlik.
2. Evolutsiyaning boshlang’ich hodisasi — mutatsion jarayon.
3. Evolutsiyaning boshlang’ich birligi — populyatsiya.
4. Evolutsiyaning boshlang’ich omillari — populyatsiya to’lqini, genetiko-avtomatik jarayonlar, alohidalanish.
5. Har bir tur populyatsiyalardan taShkil topgan.
6. Tur — morfologik, biokimyoviy, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuvchi jinsiy jihatdan alohidalashgan organizmlardan iborat.
7. Turlar tarkibida kenja turlar, populyatsiyalar uchraydi.
8. Evolutsiya divYergent, ya’ni bir ajdod turdan bir nechta yangi turlar kelib chiqiShi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yagona yangi tur paydo bo’liShi mumkin.
9. Evolutsiya asta-sekin uzoq muddatli jarayon bo’lib, bunda turlarning kelib chiqiShi bir populyatsiyaning boshqa yangi populyatsiya bilan almaShinishi bilan tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi.
10. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi eotiborga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxShi ifodalanmagan organizmlarga nisbatan tatbiq etib bo’lmaydi.
Mikroevolutsiya tur doirasidagi evolutsion jarayondir. Bu haqda so’z yuritilar ekan, awalo evolutsiyaning boshlang’ich birligi bo’lgan populyatsiyani yoritiSh joizdir.

Download 17,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish