Populyatsiya to‘lqinining (dinimikasining) evolyutsiya jarayonidagi roli
Tabiatda avloddan-avlodga o‘tgan sari individlar soni doimo o‘zgarib turadi, ular doimiy bo‘lmaydi. M: mart qo‘ng‘izi, chivin, sichqonlar soni turli yillarda ko‘payib yoki kamayib turadi. Bu son o‘zgarishi turli sabablarga ko‘ra ro‘y beradi. Ba’zan abiotik faktorlarning individlar uchun noqulayligi (harorat, shamol), biotik faktorlar: o‘txo‘r hayvonlar yirtqichlar ta’sirida kamayib ketadi.
Tur yoki populyatsiyada avloddan-avlodga o‘tgan sari organizmlar sonini o‘zgarib turishi “hayot to‘lqini” yoki “populyatsiya to‘lqini” deb ataladi.
Muhit sharoitlarining doimiy o‘zgarib turishi voyaga yetgan organizmlar sonini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tabiatda organizmlar tasodifiy qirilib ketishi ham mumkin. Organizmlarni tanlanib (kasallari) qirilishi yoki yashab qolishi esa evolyutsiyaning asosiy faktori-tabiiy tanlanish natijasidir.
Tabiatda populyatsiya to‘lqining quyidagi turlari bor:
1. Qisqa vaqt hayot quruvchi organizmlar sonining davriy o‘zgarishi. Bunga ko‘plab hasharotlar, bir yillik o‘simliklar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar va umurtqasiz hayvonlar kiradi.
Bu hodisa ayniqsa mikroorganizmlarning sonini mavsumiy o‘zgarishida yaqqol ko‘riladi. Mikroorganizmlarning ko‘p soni kasalliklar bahor va yoz oylarda ko‘p tarqaladi. Bu yuqori nafas yo‘llarida yalliqlanishiga olib keluvchi mikroorganizmlarning hayot to‘lqini natijasi hisoblanadi. O‘simlik va hayvonlar sonining yil fasllariga qarab o‘zgarishi populyatsiyadagi turli yoki jinsdagi organizmlarga har xil ta’sir etadi. Fasllarning o‘zgarishi ko‘pincha yosh organizmlarni ko‘plab nobud qiladi.
2. Populyatsiyadagi organizmlarning sonining epizodik (doimiy bo‘lmagan) o‘zgarishi. Bu har xil faktorlarga bog‘liq. Ular birinchi navbatda, tur yoki populyatsiyadagi qulay bo‘lgan oziq zanjirga bog‘liq. M: populyatsiyadagi o‘lja organizmlar uchun yirtqich hayvonlar populyatsiyasi uchun oziq resurslarining ko‘payishi katta ahamiyatga ega. Odatda, organizmlarning soni jihatdan o‘zgarishi biogeotsenozdagi 1-2 ta turga emas, balki ko‘p turlarga xos bo‘lib, ular biogeotsenozning tamomila o‘zgarishiga olib keladi.
3. Yangi arealda tabiiy dushmanlar bo‘lmasligi tufayli individlar sonining o‘ta ko‘payishi. Bunga XIX-XX asrlarda Avstraliya, Yangi Zellandiyada quyonlarning, Shimoliy Amerikada shahar chumchuqlari, Poliartikada Kanada elodiyasi, Yevroosiyoda Markaziy Amerika ondatrasining son jihatdan ortib ketishi hodisasini misol qilib olish mumkin.
XVI-XVIII asrlarda dengiz orqali aloqalarni rivojlanishi tufayli kalamushlar-Rattus norvegicus oziqalar orqali butun dunyoga tarqalib, tezda juda ko‘payib ketganligini aytib o‘tish kerak. Avstraliyada ilonlar uyga kirib kela boshlagan. Odam yashaydigan joylarda chirindilarni ko‘payib ketishi tufayli oddiy pashsha musca domestida son jihatidan ko‘payib ketadi.
4. Tabiiy “halokatlar” bilan bog‘liq holda individlar sonining epizodik o‘zgarishi. Bu hodisa ko‘pincha butun landshaftning buzilshi yoki qurg‘oqchilik, qattiq sovuq bo‘lishi va boshqa tabiatda bo‘lib turadigan halokatlar bilan bog‘liq. M. Chernobil voqeasi.
M: yoz oylarida qurg‘oqchilik tufayli o‘t o‘simliklarni botqoqlikda o‘sishi ro‘y beradi. Bunday sharoitda harakatchan individlar-yirik sut emizuvchilar, hasharotlar, qushlar hamda tuproq tagida yashaydigan harakatchan individlar o‘troq individlarga qaraganda kamroq talofat ko‘radi. Aksincha mollyuskalar, amfibiyalar va o‘simliklar bunday sharoitga ko‘plab nobud bo‘ladi. Ularda hayot to‘lqini salbiy tomonga qarab ketadi. Agar populyatsiyadagi individlar soni birdaniga kamayib borsa xam tasodifan ma’lum qismi saqlanib qoladi. Agar ular bo‘g‘indan bugunga kamayib borsa ham, qisqa vaqtda juda oz sonda qoladi. M: o‘rmondagi tasodifiy yong‘indan po‘stloqxo‘rlar saqlanib qoladi. Bu hodisa tasodifiy hisoblanadi, chunki ular po‘stloq oralarida saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |