Fakultet Kengash raisi:______________A.Xurramov
Ishchi o’quv dasturi universitet o’quv-uslubiy Kengashining 2021 yil “28” avgustdagi 1–son yig’ilishida tasdiqlangan.
O‘MB boshlig‘i: _____________ K.Yadgarov
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Organik olam tarixiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari va uni harakatlantiruvchi kuchlarini o’rganuvchi fan evolyutsiya nazariyasidir. Biologik evolyutsiya qaytarilmas jarayon bo’lgan holda, ma’lum darajada tirik tabiatning yo’naltirilgan tarixiy taraqqiyoti bo’lib, yerda xayotning paydo bo’lishi, u moslanishlarning shakllanishi, turlarning paydo bo’lishi kabi jixatlarni yoritib beradi. Genetika soxasida erishilgan yutuqlar irsiy o’zgaruvchanlikni klassifikatsiyalash va uning eng asosiy formalarini o’rganish xamda ularning evolyutsion jarayonning borishidagi rolini aniqlashda evolyutsion nazariyaning o’rni kattadir. Organik olam evolyutsiyasining asosiy omillari - irsiy o’zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish kabi jixatlarni ochib berish uchun evolyutsion ta’limotlarni o’rganish muximdir. Ushbu dastur evolyutsiya- tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi, barcha biologik fanlarning metodologik asosi xisoblanadi. Tirik tabiatning xilma - xilligi va uni bir butunlik sifatida o’rganish, xamda sayyoramiz mikyosidagi xayotiy tizim tuzilishiga tegishli muxim umum-biologik muammolarni xal qilish dolzarb masalalarni qamraydi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga organik olamning rivojlanish qonuniyatlarini, xayotning paydo bo’lishi, uni idora etishning umumiy qonuniyatlari, yangi turlarning paydo bo’lishi va ularning xilma - xilligi. evolyutsiyaning xarakatlantiruvchi kuchlari, tirik organizmlarning moslanish qonuniyatlari va prinsiplari tug’risida bilim berish. Tirik tabiatning xarakatlanishi va rivojlanishida insoniyatning o’rni. Fan xalq xo’jaligi amaliyotida biologiyaning usul va yutuqlaridan foydalanishni yoritib beradi.
Fanning vazifasi talabalarda evolyutsion nazariyaning ilmiy-nazariy asoslarini berish bilan bir katorda, uning zamonaviy tadkikot mstodlarini, tirnk tabiatdagn vokea - xodisalarni bilishi va yeritib berishi, fandagn va xalq xujaligida inson tomonidan amalga oshirilayotgan yutuqlarni taxlil qilishni o’rganishdan iborat.
Evolyutsiya nazariyasi fanini uzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
Evolyutsiya nazariyasining muammoli masalalari, seleksiya va tibbiyotning rivojlanishida evolyutsion ta’limotning axamiyati, xayotning paydo bo’lishi tug’risidagi turli xil qarashlar, kimyoviy va biologik evolyutsiya, Qadimgi Sharq mamlakatlaridagi tabiatshunoslik fanlari. Qadimgi Yunoniston va Rim faylasuflarining tabiat xamda uning o’zgarishi to’g’risidagi qarashlari, Ch.Darvinga qadar evolyutsion g’oyalarning rivojlanishi, mikroevolyutsiya. makroevolyutsiya. O’simlik va xayvonot dunyosining evolyutsiyasi, odamning paydo bo’lishi to’g’risidagi turli xil qarashlar, evolyutsion talimotning amaliy va nazariy axamiyati haqida tasavvurga ega bo’lishi;
Evolyutsiya nazariyasi moxiyatini, evolyutsiya nazariyasida xayot tushunchasi va uning moxiyatini. tabiiy tanlanish. divergensiya va konvergensiya. populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich birligi ekanligini, mutatsion jarayon, populyatsiya tulqini va aloxidalanishni, tur mezonlari, tabiiy tanlanishning asosiy shakllarini. biologik progress va regressni, gomologik va analogik organlarni, odam va xayvon tuzilishidagi farq va o’xshashliklarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Organizmlarning muxitga moslashishi va ularning xillarini belgilash, tur ichida sodir buladigan evolyutsion jarayonlarni taxlil qilish, evolyutsiyani xarakatlantiruvchi va yo’naltiruvchi boy kuchlarini farqlash, yashash uchun kurashda organizmlarning atrof muxit bilan o’zaro munosabatlarini aniqlash. evolyutsion va mavsumiy migratsiyalarni farqlash, o’simlik dunyosining evolyutsion shajarasini tuzish, xayvonot olamining evolyutsion shajarasini tuzish, odam irqlari uchun xos belgilarning mahalliy sharoitlarga mosligini aniqlash, tabiiy va suniy tanlanishdan amaliyotda foydalana olish kunikmalariga ega bo’lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |