Mavzu mazmuni:
Organizmlar irsiyatning moddiy asoslari (genotipi)o ‘zgarishi evolyutsiya jarayoni uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Irsiy o ‘zgaruvchanlikning ikki formasi — mutatsiya va rekombinatsiya mavjud. «Mutatsiya» so‘zi dastlab biologiyaga XVIII asrda A. Dyushen tomonidan kiritilgan. XX asrda golland olimi De Friz bu terminga yana bir bor murojaat etdi va mutatsiya nazariyasini yaratdi.Mutatsiya o ‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning barcha turlariga mansub. Mutatsiyalar asosan 4 xilgaboiinadi. Bular gen, xromosoma, genom va sitoplazmatikmutatsiyalardir. Gen deyilganda, odatda, hujayrada u yoki buoqsil sintezlanishida ishtirok etadigan D N K zanjirining bir qismi tushuniladi. Har bir gen bir nechta nukleotiddan tashkil topgan. Bu o ‘z- o ‘zidan, gen yoki nuqtali mutatsiya nukleotidlarining o'zgarishi bilan bog‘liq; ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi tasawurlarga ko‘ra, gen mutatsiyalari 4 xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ular D N K molekulasidagi: 1) nukleotidlar o ‘rnining almashinishi; 2) bitta yoki bir nechta nukleotidning kamayishi; 3) bir yoki bir nechta nukleotidning DNK zanjiriga qo‘shilishi; 4) gen tarkibidagi nukleotidlar tartibining qayta tuzilishi tufayli vujudga keladi. Gen mutatsiyasining tezligi bir gen uchun har bir bo‘g‘inda 10-4-10-6 ga teng. Har bir tur populatsiyasi genofondida juda ko‘p genlar borligi e ’tiborga olinsa, gen mutatsiyasining o'lchami juda ulkan bo‘lishiga shubha qolmaydi. Mutatsiya ayrim hollarda teskari formada namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda o ‘zgargan gen o'zining asli holatiga qaytadi. Ko‘pgina gen mutatsiyalari retsessiv holatda bo‘lib, fenotipda ro‘yobga chiqmaydi. Bu hodisa juda katta biologik mazmunga ega. Kombinatsion o ‘zgaruvchanlik. Aksariyat o'simliklar va hayvonlar erkak va urg‘ochi organizmlarning jinsiy qo‘shilishi natijasida ko'payadi. Hatto o ‘zini-o ‘zi changlatuvchi 0‘simliklar ham vaqt-vaqti bilan chetdan changlanadi. Chetdan chatishish tabiatda hukmronlik qiladi. U yangi genetik kombinatsiyalarni vujudga keltiradi. Chetdan chatishish duragaylarning ikkinchi va keyingi bo‘g‘inlarida xilma-xillikni yuzaga keltiradi. Har bir tur populatsiyalardan tashkil topgan. Populatsiya deyilganda, izolatsiya — alohidalanishning har xil darajadagi bosimi tufayli qo'shni organizmlardan ajralgan, qiyinchiliksiz u yoki bu darajada urchiy oladigan (panmiksiya), uzoq vaqt ichida ma’lum makonda tarqalgan, bir turga mansub individlar yig‘indisi tushuniladi. Ayrim hollardagina tur yagona populatsiyadan tashkil topgan bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa uyuzlab, hatto minglab mahalliy populatsiyalarni o ‘z ichiga oladi. Populatsiyaga berilgan ta’rifda «uzoq vaqt» tushunchasi mazkur turga qiruvchi organizmlar bo‘g‘inini ifodalaydi. U yoki bu darajada urchiy oladigan (panmiksiya) deganda, populatsiyadagi organizmlarning qo'shni populatsiya organizmlariga nisbatan urchish darajasining yuqoriligi tushuniladi. Bu ta’rif ikki jinsli, chetdan urug‘lanadigan organizmlarga ko‘proq mos keladi. Vaholanki, tabiatda bo’linish, kurtaklanish, spora hosil qilish» partenogenetik yo‘l bilan urchiydigan individlar mavjud. Lekin bunday formalarda ham populatsiyalarga o ‘xshash bo‘lgan individlar majmuasi — klon populatsiya mavjud. Ular bir klon yoki sof liniyalarga (kelib chiqishi tomondan yaqin klon yoki sof liniyalarning aralashmasiga) mansub bo‘lib, ma’lum arealni egallaydi hamda biogeotsenozning boshqa komponentlari bilan munosabatda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |